Mavzu: baxt haqida bahs


Download 54.98 Kb.
Sana24.02.2023
Hajmi54.98 Kb.
#1226259
TuriReferat
Bog'liq
бахт хакида бахс



REFERAT

MAVZU: BAXT HAQIDA BAHS
BAJARDI: S.Rustamova
TEKSHIRDI: U.Shukurova

Samarqand-2022
Baxt — maʼnaviy-axloqiy tushuncha. Kishi oʻz faoliyati natijalaridan, hayotda qoʻlga kiritgan yutuqlaridan toʻla qoniqish, yashash tarzidan mamnunlik, muayyan maqsadga yetganlik, orzu-umidning ushalishi, bearmonlik holati sifatida namoyon boʻladi.
Baxt qadimgi davrda evdemonizm falsafasining asosiy tushunchasi boʻlgan. Uning vakillari Baxtga hayotning asosiy maqsadi, kishilar institutiladigan masrurlikka erishilgan holatning , shod-xurram boʻlishning eng oliy koʻrinishi sifatida qaraganlar. Aristotel, Epikur, Diogenlar ham shunday tushunganlar. Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Saʼdiy, Navoiy kabi olim va mutafakkirlar ijodida bu mavzu muhim oʻrin egallagan. Zamonaviy oʻzbek adabiyotida ham bu mavzuga katta eʼtibor berilmoqda.
Baxt nisbiy tushuncha, mutloq Baxt yoʻq. Baxtni qanday maʼnoda tushunish shaxsning ijtimoiy oʻrniga, bilimi, yoshi, dunyoqarashiga bogʻliq. Baxt haqidagi kishilarning tasavvurlari ijtimoiy tuzum va undagi ijtimoiy munosabatlar majmuasi bilan uzviy bogʻliq. Chinakam Baxtli boʻlish uchun har bir shaxs erkin, teng, oʻz isteʼdod va qatʼiyatini har tomonlama namoyon qilishi, moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega boʻlmogʻi zarur. Shuningdek, Baxtga erishish uchun har bir shaxs jamiyatda, oilada oʻz oʻrnini topgan, burch va masʼuliyatni anglagan boʻlishi lozim. Odam oʻz ongi, tafakkuri, dunyoqarashi, xatti-harakati, xulqi, aql-zakovati bilan Baxtli boʻlish uchun intilishi va kurashishi kerak. Inson oʻz taqdirini xalq, Vatan taqdiri bilan uygʻunlashtirgandagina toʻla Baxtli boʻlishi mumkin.
Kimlar o`zini baxtli his qiladi? Boylarmi? O`zi istagan narsalarga erishgan kishilarmi? Atrofimizda ko`pchilik, narsalar insonni baxtli qiladi, deb hisoblaydi. Lekin haqiqatda baxtli bo`lish yoki bo`lmaslikni o`zimiz tanlaymiz. Siz hech gipnozchining ishini kuzatganmisiz? U tomoshabinlar orasidan bir kishini tanlab oladi-da, gipnoz quvvati bilan uni uxlatib, qo`liga aytaylik piyoz beradi. Keyin esa piyozni juda ajoyib, hali tatib ko`rmagan meva deb ta`riflaydi. Gipnoz ta`siridagi odam piyozni juda ishtaha bilan eydi. Juda yaxshi pishgan, chiroyli shaftolini esa, xom va achchiq shaftoli deya ta`riflaydi. Natijada gipnoz ta`sirida uxlayotgan odam, yuzini burishtirib, uni egisi ham kelmaydi.
Bilsangiz, umrimiz davomida har qanday narsalarga ham salbiy munosabatda bo`lamiz, aynan mana shu salbiy munosabatlar bizning baxtli bo`lishimizga to`sqinlik qiladi. Odamlar ko`pincha yomonlikni o`ylamasang, yaxshilik bo`lmaydi, – deyishadi. Ko`pchilik shunday fikrda bo`ladi. Ular hayotdan yaxshilikni kutib, keyin qattiq tushkunlikka tushib qolmaslik uchun, avvaldan yomonlikni kutishadi. Yomonlik sodir bo`lgach, esa hayron bo`lmaydilar, biroq bu holat ularni baxtli ham qilib qo`ymaydi. Hayotdan yomon narsani kutish kerak, degan fikr xato.
Bir yigitcha ruhshunos huzuriga bordi. Ruhshunos unga xonadan jigarrang tusdagi narsalarni sanab berishini aytdi. yigitcha ancha-muncha narsalarni sanab o`tdi. Keyin esa ruhshunos unga ko`zini yumib, yashil narsalarni sanab berishni so`radi. yigitcha ulardan birortasini ham ko`rmaganini aytdi. Tushunayapsizmi? Biz hayotdan nimani ko`rishni istasak o`sha narsalarni ko`ramiz. Holbuki, ruhshunosning xonasida yashil rangdagi predmetlar juda ko`p edi.
yigitcha ularni ko`rishni istamagani uchun ham ko`rmadi. Hayotda ham shunday bo`ladi. Biz hayotdan yomon narsalarni kutganimiz, o`ylaganimiz uchun ham o`sha narsalar ko`zimizga ko`proq tashlanadi. Oqibatda esa uning yonida yaxshilik borligini ko`rmay qolamiz. Hayotimiz davomida yomonlik bilan birga keladigan yaxshilikni ko`rmay, o`zimizni baxtsiz sanab o`tamiz.
Hammaning umumtasavvuriga qaramasdan, tashqaridan qaraganda pul, mashinalar, jihozlar, shuhrat va omad-barchasi ahamiyatsiz. Baxt hayotimizga o`z munosabatimiz tufayli belgilanadi. Shu bois o`zimizni baxtli deb his etishimiz uchun ko`p pul, katta uy-joy yoki tuzukroq ishga ega bo`lish shart emas. Eng zaruri – o`z munosabatimizni o`zgartirish. Aynan shu bir avtorni quyidagi so`zlarni yozishga undadi: «Mamnunlikning negizi aqlda bo`lishi darkor; kimki baxtga intilayotganda inson tabiatini qanchalik kam bilsa, o`zining fe`l-atvoridan bo`lak hamma narsani o`zgartirmoqchi bo`lsa, o`z umrini bema`ni harakatlarga zavol etadi va qutilmoqchi bo`lgan anduhlarni orttiradi holos. »
Baxtni har kim har xil tushunadi. Kim uchundir baxt to‘kin-sochin yashash bo‘lsa, yana kim uchundir farzandli bo‘lish, ayrimlarga mashina olish, ba’zilar uchun uylanishdir. Odamlar o‘z istaklariga erishishlaridan kelib chiqib baxtni tasavvur qiladilar.
Ishsiz yurib, biror joyda mehnat qilish orzusida yurganlar uchun yaxshi ishga joylashish baxt hisoblanadi.
Uzoq yillardan beri farzand ko‘rmagan er-xotin uchun oilada farzand tug‘ilishi baxtdir.
Shuningdek, xalqlar uchun mushtarak orzular borki, o‘sha orzu ushalganda xalqlarning baxti ro‘yobga chiqqan bo‘ladi. Bu – tinchlik.
Farzandingiz ilk bor maktabga chiqa boshlagani ham baxt.
O‘g‘lingiz oliy o‘quv yurtiga talabalikka qabul qilingani ham baxt.
Ota-onalarimizning borliklari, duo qilib turganlari barchamiz uchun baxt.
Sadoqatli do‘stning borligi baxt.
Vafodor, soliha, itoatli jufti halolning borligi baxt.
Yangi uy sotib olish, o‘sha uyga ko‘chib o‘tish baxt.
Qizi yo‘q uchun qiz farzand ko‘rish, o‘g‘li yo‘q uchun o‘g‘il farzand ko‘rish baxt.
Pulning ko‘pligi, to‘kin-sochin hayot, xorijga sayohat kimlar uchundir baxt.
Xullas, Alloh taolo bergan ne’matlarni his qilish, ularning shukrini ado etish baxt.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning mana bu gaplariga quloq tutsak, tasavvurlarimiz yanada oydinlashadi.
Ul zoti bobarakot: “Kimki tongda uyqudan uyg‘onganda oilasi tinch, tani sog‘ va uyida bir kunlik yeguligi bo‘lsa, bilsinki unda dunyodagi barcha ne’matlar mujassam ekan”, deb ta’kidlaganlar.
Bu hadisda baxt sabablari qisqa va yetuk uslubda bayon qilingan.
Qadimda olimlar shunday deyishgan ekan: “Shayton senga yo‘q narsa haqida orzu qildirib, bor narsani unuttirishga urinadi. Inson o‘zidagi yo‘q narsani izlab, umrini o‘tkazib, bor narsa uchun shukrni unutib qo‘yadi”.
Inson avvalo o‘zidagi bor narsaning qadriga yetsa, uning shukrini ado etsa, ana shunda Allohning fazli bilan orzu qilgan narsalariga erishadi. Agar o‘zida bor narsalarga shukr qilmasa, u holda boridan ham ayriladi.
Inson uyidagi, qo‘lidagi mavjud narsalarni ko‘ra bilishi, ularning ne’mat ekanini his qilishi kerak.
Yuqoridagi hadisi sharifga e’tibor beraylik!
“Kimki tongda uyqudan uyg‘onganda”. 
Ertalab uyqudan turdingiz. E’tibor bering, turdingiz, uyquda o‘lib qolmadingiz. Uyingiz tinch, osuda bo‘lgani uchun ko‘zingizga uyqu keldi. Agar notinchlik, janjal bo‘lganida xavotirdan uxlay olmagan bo‘lardingiz. Alloh taolo sizga gunohlaringizga tavba qilish, qoldirgan namozlaringizning qazosini o‘qish, tuta olmagan ro‘zalaringizning qazosini tutish, xafa qilgan insonlaringizdan kechirim so‘rash, olgan qarzlaringizni egalariga qaytarish imkonini berdi.
“Oilasi tinch”. 
Uyqudan tursangiz oilangiz tinch ekan. Janjal, to‘polon bo‘lmayotgan ekan. Birov eshigingizga kelib, sizni bezovta qilmayapti, qo‘shnilar ozor bermayapti, sizni mahalla orasida sharmanda qilmayapti, farzandingiz axloqsizlik, buzg‘unchilik qilib yuzingizni yerga qaratmayapti.
“Tani sog‘”. 
Kecha tanangiz sog‘ edi. Uyqudan tursangiz ham sog‘ ekan. Uxlayotganingizda biror tana a’zoingiz ishlamay qolmabdi. Hammasi ishlayapti. O‘rningizdan tura oldingiz. Yuzingizni yuvgani bora oldingiz. Nonushta qila oldingiz. Yegan ovqatlaringizni hazm qilib, tanangizga quvvat kirdi. Ishga, o‘qishga borib, kechki payt uyingizga keldingiz.
Do‘stlaringiz orasida bemorlar bor. Ularni ko‘rgani shifoxonaga bordingiz. Ahvollari og‘ir. Ularning qayeridir og‘riyapti. Ushlolmayapti, yurolmayapti, ko‘rolmayapti, gapirolmayapti. Sizda esa bu imkoniyatlarning hammasi bor. Ularning pullari ko‘p. Uylari qasr. Mashinalari so‘nggi rusumda. Ammo salomatliklari joyida bo‘lmagani uchun mazkur to‘kin-sochinlik ularga tatimayapti, ko‘zlariga ko‘rinmayapti. Ularning bitta orzusi bor: sog‘ayish. Tasavvur qilyapsizmi? Ular orzu qilayotgan narsaga siz ega bo‘lib turibsiz. Ular sizga havas qilishyapti.
“Va uyida bir kunlik yeguligi bo‘lsa”. 
Insof bilan ayting, uyingizda hatto ertangi kun uchun ham yegulik bor, shunday emasmi?! Ba’zilarnikida esa bir xaftalik zaxira bor. Hadisda esa “uyida bir kunlik yeguligi bo‘lsa” deyilyapti. Bugun kechgacha barcha oila a’zolaringizga yetadigan yegulik bormi uyingizda? Birovdan non, choy, tuz, pul so‘rashga ehtiyojingiz yo‘qmi? Agar shunday bo‘lsa, bilib qo‘ying, siz boysiz. Uncha-muncha odamlardan boysiz. Chunki, sizda dunyodagi barcha ne’matlar bor. “Qanaqasiga menda dunyodagi barcha ne’matlar bor bo‘ladi?” deysizmi? Hadisning oxirgi qismini o‘qing:
“Bilsinki, unda dunyodagi barcha ne’matlar mujassam ekan”. 
Bu gapni havoi nafsidan gapirmaydigan, balki o‘ziga vahiy qilinganlarni gapiradigan zot aytyaptilar.
Ha, sizda barcha ne’matlar mavjud: xotirjamlik, salomatlik va bir kunlik yegulik. 
Shularni his qiling. O‘zingizning boy ekaningizni, dunyodagi barcha ne’matlar sizga berilganini idrok eting. Hech qachon uyingizda yo‘q narsalarni gapirib, shikoyat qilmang. Borini o‘ylang va unga shukr qiling. Buning nomini QANOAT deyiladi. ALLOHNING BERGAN RIZQIGA ROZI BO‘LISH, QAZOI QADARIGA TASLIM BO‘LISh deyiladi.
Hikmatlarda shunday kelgan: “Baxtdan “Manziling qayerda?” deb so‘ralganda, u “Alloh taoloning qazoi qadariga rozi bo‘lganlarning qalbida” deb javob bergan ekan”.
Demak, eng ulkan baxt Allohning berganiga, qadariga rozi bo‘lishdir!


Download 54.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling