Mavzu: baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish
Download 16.36 Kb.
|
Анваров
MAVZU: BAXTSIZ XODISALAR VA KASB KASALLIKLARINI TEKSHIRISH. R E J A :
Baxtsiz hodisalar haqida umumiy ma’lumotlar. Kasb kasalliklari haqida tushunchalar va jarohatlanish sabablarini taxlil qilish 1).Baxtsiz hodisa – inson organizmi ish qobiliyatini yo‘qotishga olib Keladigan to‘satdan jarohatlanishidir. Baxtsiz hodisalarga jarohatlar, tok urishi, Shikastlanishlar, sinish, kuyish, issiqlik urishi, sovuq urishi, kuchli zaharlanishlar Kiradi. Baxtsiz hodisalar ishlab chiqarish bilan, ish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab Chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan, ishdan tashqari yuz bergan (maishiy) baxtsiz Hodisalarga bo‘linadi. Baxtsiz hodisa quyidagi xollarda ishlab chiqarish bilan bog‘liq Bo‘ladigan hisoblanadi: Tashkilot xududida sodir bo‘lsa; Tashkilot topshirig‘ini bajarayotgan vaqtda tashkilot xududidan tashqarida, Shuningdek, tashkilotlarga tegishli bo‘lgan transportda ishchi va xizmatchilarni ish Joyiga olib borish vaqtida va boshqa xollarda sodir bo‘lsa; v) ish vaqti davomida, ish boshlanishidan oldin va tugallanganidan so‘ng, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlarni bajarishda, dam olish va bayram kunlarida; g) ish vaqti mobaynida korxona yaqinida yoki boshqa ish o‘rnida, ya’ni bunga ko‘zda tutilgan tanaffuslar kiradi. Baxtsiz quyidagi xollarda ish bilan bog‘liq deb hisoblanadi: Davlat va jamoat vazifalarini bajarishda, shuningdek, kasaba uyushma yoki Boshqa jamoat tashkilotlarining maxsus topshiriqlarini bajarish vaqtida, inson Hayotini qutqarishda, davlat mulki va jamoat tartib-intizomini muhofaza qilish Bo‘yicha fuqarolik burchini bajarishda;
Ishga borish va ishdan qaytish yo‘lida. Baxtsiz hodisa quyidagi xollarda ishlab chiqarish bilan bog‘liq emas Deb hisoblanadi: Ma’muriyatning ruxsatisiz shaxsiy maqsadlarda kandaydir buyumlar tayyorlash Yoki korxonaga tegishli transport vositalaridan foydalanishda; Tashkilot xududida sport o‘yinlari vaqtida; v) material, asbob-uskuna yoki boshqa buyumlarni o‘g‘irlash vaqtida; g) mast bo‘lish natijasida yuz berganda. 4.Yuqorida sanab o‘tilgan toifalarga kirmaydigan barcha boshqa baxtsiz Hodisalar ishdan tashqari yuz bergan ya’ni maishiy baxtsiz hodisalar hisoblanadi. O‘lim bilan tugagan, og‘ir jarohatlanish va guruh bilan baxtsiz hodisaga uchragan Xollardan tashqari hamma baxtsiz hodisalarni tekshirishnissex boshlig‘i, xavfsizlik Texnikasi muxandisi va jamoat inspektori tarkibida tuzilgan komissiya tomonidan Tekshiriladi. Bir kundan kam bo‘lmagan ish kunini yo‘qotgan baxtsiz hodisalar 24 soat Davomida tekshirilib, maxsus shakl bo‘yicha (N – 1) to‘rt nusxadan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada baxtsiz hodisaga uchragan inson haqidagi axborotdan Tashqari, aniqlangan baxtsiz hodisaning sabablari keltirilishi va bunday baxtsiz Hodisalar qaytarilmasligi uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilganligi haqida axborot Beriladi. Dalolatnomani korxonaning bosh muxandisi tasdiqlaydi. Uning bir Nusxasissex boshlig‘iga yuboriladi va u bosh muxandis belgilagan muddat Davomida dalolatnomada ko‘rsatilgan mehnatni muhoaza qilish masalalarini Amalga oshirishi kerak, ikkinchi nusxasi kasaba uyushmaga, uchinchisi tegishli Kasaba uyushmaning texnik inspektoriga va turtinchisi mehnatni muhofaza qilish Bo‘limiga nazorat o‘rnatish uchun yuboriladi. Ma’muriyat baxtsiz hodisaga Uchragan insonga aktning tasdiqlangan nusxasini berishi shart. Baxtsiz hodisaning Asoratlari keyinchalik ham kelib chiqishini hisobga olib, aktlar 45 yilgacha Saqlanishi kerak. Baxtsiz hodisaga uchragan insonni hisobga olib, unga ma’lum davolanish Kursi belgilanadi. Agar zarur bo‘lsa kasb kasalligiga uchragan xodimni vrachlar Tibbiy ekspert komissiyasi (VTEK) ga yuboriladi va unda uning kasb kasalligining Oqibati natijasida nogironlik guruhi aniqlanadi. Xodimlarga zararli mehnat sharoitlari ta’sir etishi natijasida yuzaga kelgan kasallik Kasbiy kasallik deb ataladi. Kasbiy zaharlanish – kasbiy kasallikning xususiy Xolidir.
2). Jarohatlanish va kasbiy kasallanishlarni taxlil qilish baxtsiz hodisa va Kasallanishlarni yuzaga keltirgan qonuniyatlarni ilmiy jihatdan asoslashga imkon Beradi. Jarohatlanish sabablarini taxlil qilishning statistik, topografik, monografik, Iqtisodiy uslublari bor. Statistik uslub – baxtsiz hodisalar haqidagi akt ma’lumotlarini statistik Ishlashga asoslangan. Bu metod baxtsiz hodisalarni ma’lum belgilari: kasblari Bo‘yicha, jarohat olish vaqtida bajarilayotgan ishlar turi bo‘yicha, jarohatlangan Kishining ish staji, jarohatning xarakteri, uning sabablari bo‘yicha guruhlashga Asoslangan. Topografik uslub – bu uslub shunga asoslanganki, unda uchastka,ssex Planida baxtsiz hodisalar yuz bergan joylarga shartli belgilar qo‘yiladi. Topografik Uslubning majburiy sharti barcha baxtsiz hodisalarni (xattoki, jaroxatlangan Kishining 1 kundan kam vakqga o‘z mehnat qobiliyatini yo‘qotishiga olib kelgan Mikrojarohatlarni ham) sistematik ravishda va darxol qayd qilishdir.Iqtisodiy uslub – shunga asoslanganki, bunda ishlab chiqarishda va ayniqsa Katta korxonalarda baxtsiz hodisalar va kasbiy kasallanishlar oqibatida etkazilgan Moddiy zarar hisoblanadi. Iqtisodiy yo‘qotishlar quyidagi harajatlardan yig‘iladi: Kasallik varaqalariga haq to‘lash va jarohatlanuvchiga etkazilgan zararni to‘lash, Ishdan ketgan ishchilar o‘rniga yangi qabul qilinganlarini o‘qitishga qilingan Harajatlar, buzilgan qurilmalar, asbob-uskunalar narxi. Taxlilning iqtisodiy uslubi Mehnat muhofazasi uchun ajratilgan mablag‘larni ancha samarali sarflashga imkon Beradi.
Monografik uslub – shundan iboratki, bunda barcha ishlab chiqarish sharoiti Batafsil tekshiriladi hamda butunssex yoki uchastkadagi baxtsiz hodisalarning Sabablari o‘rganiladi. Bu holda texnologik va mehnat jarayonlari, mashinalar, Asbob-uskunalar, individual ximoya vositalarining yoritilishning holati va boshqalar Tekshiriladi. Baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklar profilaktikasining barcha sistemalari Faqat ularning sabablarini chuqur analiz qilishga asoslanishi mumkin. Lekin, ishlab Chiqarishda jarohatlanish (travmatizm) sabablari turlichadir, shuning uchun baxtsiz Hodisa va kasbiy kasalliklari sabablarining biron-bir toifasini tavsiya qilish ancha Qiyin.
Kasbiy kasalliklarning oldini olish uchun tashkilotlarda quyidagi texnik va Tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish kerak Download 16.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling