Mavzu: baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish


Download 16.36 Kb.
Sana19.11.2021
Hajmi16.36 Kb.
#175613
Bog'liq
Анваров


MAVZU: BAXTSIZ XODISALAR VA KASB

KASALLIKLARINI TEKSHIRISH.

R E J A :


  1. Baxtsiz hodisalar haqida umumiy ma’lumotlar.



  1. Kasb kasalliklari haqida tushunchalar va jarohatlanish sabablarini taxlil

qilish

1).Baxtsiz hodisa – inson organizmi ish qobiliyatini yo‘qotishga olib

Keladigan to‘satdan jarohatlanishidir. Baxtsiz hodisalarga jarohatlar, tok urishi,

Shikastlanishlar, sinish, kuyish, issiqlik urishi, sovuq urishi, kuchli zaharlanishlar

Kiradi.

Baxtsiz hodisalar ishlab chiqarish bilan, ish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab

Chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan, ishdan tashqari yuz bergan (maishiy) baxtsiz

Hodisalarga bo‘linadi.



  1. Baxtsiz hodisa quyidagi xollarda ishlab chiqarish bilan bog‘liq

Bo‘ladigan hisoblanadi:

    1. Tashkilot xududida sodir bo‘lsa;



    1. Tashkilot topshirig‘ini bajarayotgan vaqtda tashkilot xududidan tashqarida,

Shuningdek, tashkilotlarga tegishli bo‘lgan transportda ishchi va xizmatchilarni ish

Joyiga olib borish vaqtida va boshqa xollarda sodir bo‘lsa;

v) ish vaqti davomida, ish boshlanishidan oldin va tugallanganidan so‘ng, asosiy

ish vaqtidan tashqari ishlarni bajarishda, dam olish va bayram kunlarida;

g) ish vaqti mobaynida korxona yaqinida yoki boshqa ish o‘rnida, ya’ni bunga

ko‘zda tutilgan tanaffuslar kiradi.



  1. Baxtsiz quyidagi xollarda ish bilan bog‘liq deb hisoblanadi:



    1. Davlat va jamoat vazifalarini bajarishda, shuningdek, kasaba uyushma yoki

Boshqa jamoat tashkilotlarining maxsus topshiriqlarini bajarish vaqtida, inson

Hayotini qutqarishda, davlat mulki va jamoat tartib-intizomini muhofaza qilish

Bo‘yicha fuqarolik burchini bajarishda;


    1. Ishga borish va ishdan qaytish yo‘lida.



  1. Baxtsiz hodisa quyidagi xollarda ishlab chiqarish bilan bog‘liq emas

Deb hisoblanadi:

    1. Ma’muriyatning ruxsatisiz shaxsiy maqsadlarda kandaydir buyumlar tayyorlash

Yoki korxonaga tegishli transport vositalaridan foydalanishda;

    1. Tashkilot xududida sport o‘yinlari vaqtida;

v) material, asbob-uskuna yoki boshqa buyumlarni o‘g‘irlash vaqtida;

g) mast bo‘lish natijasida yuz berganda.

4.Yuqorida sanab o‘tilgan toifalarga kirmaydigan barcha boshqa baxtsiz

Hodisalar ishdan tashqari yuz bergan ya’ni maishiy baxtsiz hodisalar hisoblanadi. O‘lim bilan tugagan, og‘ir jarohatlanish va guruh bilan baxtsiz hodisaga uchragan

Xollardan tashqari hamma baxtsiz hodisalarni tekshirishnissex boshlig‘i, xavfsizlik

Texnikasi muxandisi va jamoat inspektori tarkibida tuzilgan komissiya tomonidan

Tekshiriladi.

Bir kundan kam bo‘lmagan ish kunini yo‘qotgan baxtsiz hodisalar 24 soat

Davomida tekshirilib, maxsus shakl bo‘yicha

(N – 1) to‘rt nusxadan dalolatnoma tuziladi.

Dalolatnomada baxtsiz hodisaga uchragan inson haqidagi axborotdan

Tashqari, aniqlangan baxtsiz hodisaning sabablari keltirilishi va bunday baxtsiz

Hodisalar qaytarilmasligi uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilganligi haqida axborot

Beriladi.

Dalolatnomani korxonaning bosh muxandisi tasdiqlaydi. Uning bir

Nusxasissex boshlig‘iga yuboriladi va u bosh muxandis belgilagan muddat

Davomida dalolatnomada ko‘rsatilgan mehnatni muhoaza qilish masalalarini

Amalga oshirishi kerak, ikkinchi nusxasi kasaba uyushmaga, uchinchisi tegishli

Kasaba uyushmaning texnik inspektoriga va turtinchisi mehnatni muhofaza qilish

Bo‘limiga nazorat o‘rnatish uchun yuboriladi. Ma’muriyat baxtsiz hodisaga

Uchragan insonga aktning tasdiqlangan nusxasini berishi shart. Baxtsiz hodisaning

Asoratlari keyinchalik ham kelib chiqishini hisobga olib, aktlar 45 yilgacha

Saqlanishi kerak.

Baxtsiz hodisaga uchragan insonni hisobga olib, unga ma’lum davolanish

Kursi belgilanadi. Agar zarur bo‘lsa kasb kasalligiga uchragan xodimni vrachlar

Tibbiy ekspert komissiyasi (VTEK) ga yuboriladi va unda uning kasb kasalligining

Oqibati natijasida nogironlik guruhi aniqlanadi.

Xodimlarga zararli mehnat sharoitlari ta’sir etishi natijasida yuzaga kelgan kasallik

Kasbiy kasallik deb ataladi. Kasbiy zaharlanish – kasbiy kasallikning xususiy

Xolidir.


2). Jarohatlanish va kasbiy kasallanishlarni taxlil qilish baxtsiz hodisa va

Kasallanishlarni yuzaga keltirgan qonuniyatlarni ilmiy jihatdan asoslashga imkon

Beradi.

Jarohatlanish sabablarini taxlil qilishning statistik, topografik, monografik,

Iqtisodiy uslublari bor.

Statistik uslub – baxtsiz hodisalar haqidagi akt ma’lumotlarini statistik

Ishlashga asoslangan. Bu metod baxtsiz hodisalarni ma’lum belgilari: kasblari

Bo‘yicha, jarohat olish vaqtida bajarilayotgan ishlar turi bo‘yicha, jarohatlangan

Kishining ish staji, jarohatning xarakteri, uning sabablari bo‘yicha guruhlashga

Asoslangan.

Topografik uslub – bu uslub shunga asoslanganki, unda uchastka,ssex

Planida baxtsiz hodisalar yuz bergan joylarga shartli belgilar qo‘yiladi. Topografik

Uslubning majburiy sharti barcha baxtsiz hodisalarni (xattoki, jaroxatlangan

Kishining 1 kundan kam vakqga o‘z mehnat qobiliyatini yo‘qotishiga olib kelgan

Mikrojarohatlarni ham) sistematik ravishda va darxol qayd qilishdir.Iqtisodiy uslub – shunga asoslanganki, bunda ishlab chiqarishda va ayniqsa

Katta korxonalarda baxtsiz hodisalar va kasbiy kasallanishlar oqibatida etkazilgan

Moddiy zarar hisoblanadi. Iqtisodiy yo‘qotishlar quyidagi harajatlardan yig‘iladi:

Kasallik varaqalariga haq to‘lash va jarohatlanuvchiga etkazilgan zararni to‘lash,

Ishdan ketgan ishchilar o‘rniga yangi qabul qilinganlarini o‘qitishga qilingan

Harajatlar, buzilgan qurilmalar, asbob-uskunalar narxi. Taxlilning iqtisodiy uslubi

Mehnat muhofazasi uchun ajratilgan mablag‘larni ancha samarali sarflashga imkon

Beradi.


Monografik uslub – shundan iboratki, bunda barcha ishlab chiqarish sharoiti

Batafsil tekshiriladi hamda butunssex yoki uchastkadagi baxtsiz hodisalarning

Sabablari o‘rganiladi. Bu holda texnologik va mehnat jarayonlari, mashinalar,

Asbob-uskunalar, individual ximoya vositalarining yoritilishning holati va boshqalar

Tekshiriladi.

Baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklar profilaktikasining barcha sistemalari

Faqat ularning sabablarini chuqur analiz qilishga asoslanishi mumkin. Lekin, ishlab

Chiqarishda jarohatlanish (travmatizm) sabablari turlichadir, shuning uchun baxtsiz

Hodisa va kasbiy kasalliklari sabablarining biron-bir toifasini tavsiya qilish ancha

Qiyin.


Kasbiy kasalliklarning oldini olish uchun tashkilotlarda quyidagi texnik va

Tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish kerak
Download 16.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling