Mavzu: Bayram tadbirlarini tashkil etish metodikasi. Mundarija: I. Kirish


Download 41.39 Kb.
bet1/13
Sana18.12.2022
Hajmi41.39 Kb.
#1027936
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kurs ishi



Mavzu: Bayram tadbirlarini tashkil etish metodikasi.


Mundarija:
I.Kirish
Bayram tadbirlari haqida umumiy tushuncha.
II.Asisiy qism
1.Bayram tadbirlarining turlari.
2.Tadbirni o’tkazish qonun qoidalari.
3.Bayramlarni tashkil etish maqsadi.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Avvalo har bir bayramni tashkil etishdan oldin ma’lum bir g’oya tanlanadi.O’sha g’oya asosida senariy tuzilish boshlanadi. Senariy asosidagi ishlarni amalga oshirishda va ijodiy yo’nalishlarni belgilashda ishtirok etuvchi badiiy jamoalar muhim o’rin tutadi. Senariydagi har bir blokning tuzilmasiga qarab jamoalarning dasturlari o’rganiladi va tavsiya qilinadi. Senariyda g’oyalar asosida mavzular tuziladi va ular orasidagi bog’liqlik senariy oxirigacha davom etadi. Ommaviy bayram va tomoshalar dramaturgiyasining asosini ssenariy tashkil etadi.
Senariy tadbir mazmunini adabiy tasvirlash bo’lib, bunda jiddiy ketma-ketlik asosida harakat elementlari bo’lmish mavzu va g’oya, bir bo’lakdan ikkinchisiga o’tish, bloklar, bezaklar, matnlar to’liq ko’rsatiladi. Tadbirlar bir kunda o’tib ketsa ham uni “san’at” darajasiga kelgunicha ularning ancha ter to’kib mehnat qilishlariga to’g’ri keladi. Bitta bayramni tayyorlaguncha oylab vaqt ketadi. Tadbirning ssenariysini yaratish, ijodiy jamoalarni yig’ish, boshlovchilar bilan ishlash, sahna ko’rinishlarini tayyorlash, ansambllarni jalb qilish, sahnani bezash, repitisiyalarni o’tkazish va boshqa tashkiliy ishlar tadbir tashkilotchisini bir zumga ham bo'sh qo’ymaydi.
Ommaviy bayram va tomoshalar senariysi tomoshabinga ko’p tomonlama emotsional ta’sir qilishi bilan birga tomoshabinlarni bayramning faol ishtirokchisiga aylantirib, tomoshabinni, qahramonlar o’rtasidagi u yoki bu qarama-qarshiliklarga bo’lgan munosabatlari, kechinmalarida birga bo’lishni talab qilmaydi. Shuning uchun ommaviy bayram va tomoshalar senariysida doimo qaramaqarshilikning bo’lishi talab qilinmaydi. Masalan, «Navro’z», «Mehrjon», «Birinchi qadam» bayramlari, xalq sayillari. Bunday bayram va sayillarda teatrlashtirish janrlaridan foydalanilmasa umuman qarama-qarshilik bo’lmasligi mumkin. Bayramlar xalqning xursandchiligi, shodu xurramligini o’zida aks ettiruvchi tadbirlar turiga kiradi.



Download 41.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling