Mavzu: Ba'zi bir pallali o't o‘simliklar poyasining anatomik tuzilishi. Reja: Kirish


Download 36.33 Kb.
bet3/8
Sana27.01.2023
Hajmi36.33 Kb.
#1132376
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ba\'zi bir pallali o\'t o‘simliklar poyasining anatomik tuzilishi.

Ikki pallali oʻsimliklar, ikki urugʻpallalilar (Dicotyledones) — yopiq urugʻli (gulli) oʻsimliklar sinfi. Ular ikki urugʻpallali murtakka ega (nomi shundan). Barglarining toʻrsimon tomirlanishi, poya va ildizlarida alohida toʻqima-kambiy boʻlishi va koʻpincha, gullari 5 yoki 4 aʼzoli tipdaligi bilan tavsiflanadi, kambiy poya va ildizlarning yoʻgʻon tortishini taʼminlaydi. Ular oʻtlar, daraxtlar, butalardan iborat. I.p.oʻ. gulli oʻsimliklarning 360—370 ta oilasiga mansub 175 mingdan ortiq turini oʻz ichiga oladi. I.p.oʻ.ning hali hamma tomonidan qabul qilingan umumiy sistemasi yoʻq, ularning kelib chiqishi va filogenetik bogʻlanishi aniqlanmagan. I.p.oʻ. tuproq va iqlim sharoiti har xil boʻlgan juda koʻp joylardaoʻsadi. I.p.oʻ.ning katta-kichikligi, shakli, morfologik-anatomik tuzilishi, shuningdek, koʻpayish organlarining tuzilishi nihoyatda xilma-xil.
I.p.oʻ. Yer sharining hamma joyida uchraydi. I.p.oʻ. orasida kartoshka, noʻxat, lavlagi, qovun, tarvuz, uzum, olma, gʻoʻza, kungaboqar kabi muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan oʻsimliklar bor.
Bir pallali oʻsimliklar bir urugʻ pallali oʻsimliklar — yopiq urugʻli oʻsimliklar sinfi; murtagida bitta pallasi borligi bilan tavsiflanadi. Bir pallali oʻsimliklarga boshoqdoshlar, piyozguldoshlar, bardidoshlar, palmadoshlar va boshqalar oilalar kiradi. Koʻpchilik Bir pallali oʻsimliklar, mas, boshoqdoshlar katta xoʻjalik ahamiyatiga ega (qarang GulliIkki pallali o‘simliklar quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: murtagi ikki urug‘ pallali, asosiy ildizi yaxshi rivojlangan. Kambiy qavati bo‘lganligidan tanasi ikkilamchi yo‘g‘onlashish xususiyatiga ega. Naychalar to‘dasi ochiq. Barglarining shakli har xil va nayi xilma-xil o‘yiqli, barg tomirlari to‘r shaklida bo‘ladi. Gullari 5 bo‘lakli tipda.
Gul qo‘rg‘oni ko‘pincha, qo‘sh bo‘ladi.
Biroq bu barcha belgilar emas, ammo ular ikki pallali o‘simliklarni bir pallalilardan farq qilishga imkon beradi. Ikki pallali o‘simliklarning birortasi bir pallalilar bilan chatishmaydi, hatto ular bir-biriga payvand qilinsa,payvand ham tutmaydi.
Xozirgi yopiq urug‘lilardan ko‘p mevalilar (magnoliya-gullilar, ayiqtovongullilar, zirkgullilar) va ba’zi boshqa o‘simliklar eng oddiy o‘simlik hisoblanadi. Ko‘p mevalilarning juda ko‘p oddiy belgilari xos bo‘lgan tipik gulining spetsifik tuzilganligi buning isbotidir. Ularning gul o‘rni konussimon, gultoji ayrim gulbargli, gulbarglari ko‘p, ular spiralsimon joylashgan va hokazo. Changchi va urug‘-chilarining ko‘pligi bu o‘simliklar uchun ayniqsa xarakterli.
Ko‘p mevalilar qabilasi-(Polucarpicae).
Ko‘p mevalilar qabilasi 23 ta oilani o‘z ichiga oladi. Bu qabilaga kiruvchi daraxtlardan magnoliyadoshlar, lavrdoshlar, zirkdoshlar, o‘t o‘simliklardan esa ayiqtovondoshlar eng tipikdir.
Ko‘p mevalilarning gullari xilma - xil bo‘lgani bilan ularning sodda tipda tuzilgan. Guldan, ya’ni oddiy (vegetativ) novda belgilarini radial simmetriy, go‘yo poyaga o‘xshaydigan cho‘ziq gul o‘rni, spiral tartibda joy olgan va bir - biriga qo‘shilmagan notayin sondagi barglarini saqlab qolgani guldan solib chiqqanligini ko‘rish qiyin emas.
Biz faqat magnoliyadoshlar va ayiqtovondoshlarni ko‘rib chiqamiz.
Magnoliyadoshlar oilasi - (Magnoliaceae)
Bu oilaga faqat daraxt va butasimon o‘simliklar kiradi. Ularning 12 avlod 100 ga yaqin turi bor. Barglari oddiy, ko‘pincha yon bargchalari bo‘ladi. Bu oila vakillarining ba’zilari doimo yashil tursa, ba’zilari kuzda bargini to‘kadi. Barglarida efir moy chiqaradigan ichki bezchalar bor. Gullari ko‘pincha ikki jinsli, aktinomorf bo‘lib, gul o‘rni cho‘ziq. Gulqo‘rg‘on bargchalari har xil sonda 6 tadan 12 tagacha va bundan ko‘proq bo‘lib, ba’zi vakillarida spiral holda joy olsa, ba’zilarida doiralar hosil qiladi, ko‘pincha uch bo‘lakli bo‘ladi. 3 tadan doira bo‘lib joylashganlarida tashqisi rangi bilan boshqalardan farq qiladi va kosacha hosil qiladi. Talaygina otaliklar, urug‘kurtaklari tugunchalar chetidan joy oladigan ko‘p a’zoli apokarp genitsey hosil qiluvchi meva barglari sinokarp spiral bo‘lib joylashgan.

Download 36.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling