Mavzu: Bb harf-tovushi bilan tanishtirish. Maqsad


Download 43.15 Kb.
bet11/18
Sana07.05.2023
Hajmi43.15 Kb.
#1439895
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
bosma harflar

Quvnoq daqiqa
Kapalaklar”
O‘yinning mazmuni: Bolalar stulchalarda o‘tirishadi.
Tarbiyachi bolalarga: «Bolalar qaranglar-a, qanday chiroyli kapalaklar; ko‘k, sariq, qizil!» Ular xuddi jonli kapalaklarga o‘xshaydi. Ko‘raylikchi, ular ucha oladilarmi? (ularni puflaydi). Qaranglar, uchib ketishdi. Qani sizlar ham puflab ko‘ringlar-chi. Kimniki uzoqqa uchar ekan?
Tarbiyachi har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turg‘azib qo‘yadi, bolalar kapalakka qarab puflaydilar.
O‘yin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalarning to‘g‘ri turishiga, nafas olganlarida yelkalarining ko‘tarilmasligiga ahamiyat berib borish kerak. Bolalar bir nafas chiqarishda, havo olmasdan turib, biron narsani puflashlari kerak. Lablar biroz cho‘chchaygan bo‘ladi. Har bir bola biror narsani 10 soniyadan (orasidan tanaffus qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak
Amaliy ish.
Tarbiyachi bolalargakatta bosma D harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar rangli iplardan katta D harfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga D harfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin.
Oyijonim olmani-
To‘rt bo‘lakka bo‘ldilar:
Bir bo‘lagin ko‘rsatib,
D”ga o‘xshar, dedilar.
Amaliy masq.
Tarbiyachi D undosh ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (daftar, do‘ppi, don, deraza, dutor,doira, do-ri, da-la ) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda D undosh tovush ishtirok etgan bo‘lsa D harfni baland ko‘taradilar.
Ish daftari bilan ishlash.
Topshiriqlar: 
1.“D” harfini yozishni o‘rganamiz. Namunaga qarab yozamiz.
2.So’zlarni bog’inlarga bo’ling. “D” harfi o‘rnini ko‘k rangga bo‘yang.
3.Harflarni qo’shib o’qiymiz.
4. Bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish.
5. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish.So‘zlarning tagiga bo‘g‘in andozasini chizish.
6. Tuzilgan so‘zlardan gap tuzdirish: Doniyor dutor chaldi.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.

Download 43.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling