Mavzu: behbudiyning padarkush dramasida davr illatlarining fosh etilishi


XX asr adabiyoti. Mahmudxo’ja Behbudiy. “Padarkush” dramasi. Behbudiy o’zbek dramaturgiyasining asoschisi


Download 0.78 Mb.
bet3/5
Sana10.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1764031
1   2   3   4   5
Bog'liq
Behbudiyning padarkush dramasida davr illatlarining fosh etilishi oo

1.2.XX asr adabiyoti. Mahmudxo’ja Behbudiy. “Padarkush” dramasi. Behbudiy o’zbek dramaturgiyasining asoschisi.
Ma’rifatchilik adabiyoti, ta’lim sohasi, teatr ishlari, ilk o’zbek dramasi, asarning asosiy g’oyasi va ahamiyati, milliy va insoniy qadrni anglash, XX asr adabiyotida o’zlikni anglash, ma’rifatga intilish va milliy ozodlik harakati tasviri. Behbudiyning hayoti va ijodi. “Padarkush” dramasi o’zbek dramaturgiyasining dastlabki namunasi. Dramada ma’rifat va jaholat, ezgulik va yovuzlik timsollari.
Ijtimoiy-siyosiy hayot XX asrga kelib, Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hayotda jiddiy o’zgarishlar sodir bo’la boshladi. Mustamlakachilik siyosati yanada kuchaydi. Turkistonning arzon ishchi kuchidan foydalanish va xom-ashyosini o’zlashtirish evaziga Rossiyaning jahon bozoriga chiqish va taraqqiy etgan mamlakatlar bilan raqobatlashuv harakati o’lkada kapitalistik munosabatlarning jonlashishiga olib keldi. Bu jarayonga yerli xalq ichidan etishib chiqayotgan sarmoyodorlarning faollashuvi o’z ta’sirini ko’rsatgan bo’lsada, iqtisodiy turmushda, ishlab chiqarishda, sanoatda taraqqiyot aytarli ko’rinmadi. Chunki mustamlakachilik siyosati Turkistonda tayyor mahsulot ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishidan manfaatdor emas edi. Turkiston Rossiyaga, asosan, xom-ashyo xazinasi sifatida kerak bo’lib, tayyor mahsulot masalasida unga doim qaram bo’lib turishi lozim edi.Rossiyadagi 1905-yilgi inqilobiy harakatlar sadosi Turkistonga ham etib keldi. Toshkent, Samarqand, Qo’qondagi zavod-fabrikalar va temir yo’l ishchilari orasida ish tashlash, mitinglar bo’lib o’tdi. Aholi o’rtasida mustamlakachi amaldorlar va mahalliy boy-mulkdorlardan haq – huquqni talab qilish, og’ir ish sharoiti, yetishmovchiliklar, nohaqliklarga norozilik bildirish hollari ro’y berdi.Asr boshi Turkistondagi siyosiy harakatlar, da’vatlar Rossiyadagi kabi siyosiy tuntaruv emas, balki undan farqli ularoq, mustamlaka va istibdoddan norozilik hamda milliy-ozodlik harakati tarzida namoyon bo’ldi. S. Qosimxujaev, D. Ustaboev kabi xalq rahnamolari shu yo’nalishda faollik kursatdilar. Samarqand atrofida adolatsizlikka qarshi birlashgan Namoz kabi xalq kasoskorlarining isyoni milliy-ozodlik harakatining o’ziga xos kurinishi edi. Rossiyaning 1914 yildagi jahon urishiga tortilishi (unda 70 dan ortiq mamlakat qatnashgan) Turkiston xalqi boshiga ham musibatlar keltirdi. Ikki yil ichida yer solig’I va xunarmandlardan olinadigan soliq deyarli 2.5 barobar oshdi, salkam 100 ming ot, tuya, qoramol tekinga olindi. Xalqning 19 yoshdan 43 yoshgacha bo’lgan minglab farzandlari Nikolay podshoning amri bilan mardikorlikka yuborilib, ko’pdan – ko’p oilalar boquvchisiz qoldi. Natijada juda ko’p joylarda g’alayonlar, quzg’alonlar bo’ldi. Bu davrda Turkistonga Rossiya ta’sirida ilm – fan, madaniyat, san’at, adabiyot, matbuot sohasida qator ilg’or zamonaviy yangiliklar (telefon, telegraf) ham kirib keldi. Biroq ularning askari missionyerlik maqsadlari bilan yugrilgan edi.Shunday sharoitda milliy uyg’onish, uzlikni anglash, ozodlik harakatlari kuchaydi. Bu harakat 1916 yilda avj pardasiga kutarildi. Samarqandda xalq harbiy gubernator uyi atrofida katta g’alayon ko’tardi. Toshkentda Beshyog’och dahasi aholisi Eskishahar polisiya boshqarmasi idorasiga xujum qildi. Tuytepa, Pskent, Yangibozorda dekonlarning chor askarlari bilan tuqnashuvi ruy berdi. Natijada chor hukumati 1916 yilning iyulida Turkistonda harbiy holat e’lon qilishga majbur bo’ldi.1917 yildagi fevral’ inqilobi Turkistonda ham kuchli aks-sado berdi. Xalq bu tuntarishga katta umidlar bog’ladi, biroq yanglishdi. Shunga qaramay, 1917 yil oktyabr, tuntarishigacha bo’lgan muddatda Turkistonda milliy uyg’onish, uzlikni anglash, istiqlolga yerishishning qonuniy va siyosiy uyushgan bir qator harakatlari sodir bo’ldi.Shunday sharoitlarda hayotdagi o’zgarishlar, yangiliklar, murakkabliklar, ziddiyatlar, kurashlarni hozirjavoblik bilan aks ettuvchi o’ziga xos tafakkur charog’i badiiy adabiyot bo’ldi.Shakl, mazmun, g’oya, janr, muammo, usul jihatidan bu davr adabiyotida xilma-xil yo’nalishlar hukm surdi. Xalqning ma’rifatga chorlovchi, jadidchilik g’oyalarini ilgari suruvchi asarlar bilan bir qatorda hetishdan nariga o’tmasdilar. Millatparvar va jonkuyar asarlar davr hayotidagi illatlarni, va mustamlakachilik siyosatidagi narasoliklarni hajv etib, ularga qarshi kurashga chorlasalar ayrim zamonasoz shoirlar imperator hazratlari, uning turlarini madh etadilar.An’anaviy aruz vazni qatoriga barmoq vazni kelib kushildi. Og’ir zamonadan va chor istidodidan norozilik ruhidagi folklor namunalar, xalq kushiqlari ko’paydi.
Sahna asarlari paydo bo’ldi. Xalq sahnada o’z dardi, muammolari, orzu umidlari, ideallari badiiy talqini bilan yuzma –yuz uchrasha boshladi. Bu o’zbek madaniyati uchun yangilik edi. Adabiy tankid jonlandi. Dastlabki e’lon qilingan maqollarning ta’sir kuchi va doirasi kengaydi.Davr adabiyotida realistik, romontik, satirik yo’nalishlar paydo bo’ldi.Zamon, tuzim, mustamlaka siyosatidan norozilik kuchaya borib, hayotni o’zgarishiga chorlovchi asarlar ko’zga tashlanadi. Inqilobiy (ya’ni mavjudidan boshqa hayotni yaratishga davat etuvchi) adabiyotning tugilishi shu davrga tugri keladi. Qilib hurriyat-u erklik taloshin.Ko’ring, yurt erlari so’ng bo’ldi badnom, - deydi Rusiyadagi xodisalar haqida Nozimaxonim 1907 yilda yozgan “Bayon et” nomli she’rda.Shoirlar ijodida boshqacha hayotni qo’msash ruhi kuchli bo’lgani bilan yangi, ozod, baxtli turmushga qanday qilib yerishish mumkinligi haqida ularning bu davrdagi asarlarida aniq javob ham yo’q edi. Bu holatning aniq ifodasiga Abdulla Avloniyning “Nodir, bilmam” radifli g’azalida (1912) duch kelamiz.Dunyoning o’zi, bilmam, bulg’usi, qachon barbod.Bu g’am uyidur xijron, ijrosi nadur, bilmam.Jadidchilik harakatining natijalari ularoq Turkiston hayotida jiddiy ilg’or madaniy jarayonlar kechdi. O’lkada teatr vujudga keldi, fan – texnika qizikish kuchaydi, milliy til kadriga axamiyat ortdi, tor bikiklikdan chiqib, farzandlarni jahon ma’naviyatiga, ta’limiga oshno etish tamoyili mustaxkamlandi, uy – joy tutush muomala – munosabat kiyim – kichak, tabobat, me’morchilik matbaa, aloqa masalalari jahonning ilg’or tajribalari uzlashtirish boshlandi, ommaviy kutubxonalar ochildi va hoqoza.Turkistonda milliy uygonish, uzlikni anglash g’oyalari targib etishda, “Sadoyi Turkiston” (1914-1915) gazetasi katta ishlarni amalga oshirdi.
Behbudiy 1875-yilda (ayrim ma’lumotlarga ko’ra-1874 yilda) Samarqandda tug’ildi. U yoshligidanoq arab, fors, turk tillarini mukammal o’rgandi. Bolalikda unga tog’alari – muftiy Odilqori va qozi Muhammad Sodiqning ta’siri kuchli bo’ldi. Muhammadxo’ja qozi tog’asi yonida mirzolik qildi. O’z davrining peshqadam gazetasi ham muftiy darajasiga ko’tarilishida va fa’ol ijtimoiy siyosiy ishlar bilan mashg’ul bo’lishida bu muhit katta rol’ o’ynadi.Turkiston sharoitidan farqlanuvchi maktab, oliy ta’lim ma’tbuot, teatr, ishlarini, jamiyatni boshqaruv tizimini imkon boricha yaqindan o’rganishga intildi.Natijada zamon talabi va ijtimoiy ehtiyoj tufayli tugilgan “Bolalar uchun kitob” “Rossiyaning qisqacha jug’rofiyasi”, “Aholi jug’rofiyasiga kirish” singari qo’llanmalarida uning shu davr ma’rifatparvarlik g’oyalari namoyon bo’ladi. Bolalarni millat ehtiyojlariga moslab o’qitishni orzu qilgan Behbudiy Samarqandda bir qator yangi usuldagi maktablar ochadi. Xalqning dunyoqarashi milliy ongini yuksaltirishga matbuotning o’rni nihoyatda muhim ekanini bosh-qosh bo’ladi. U o’zbek dramaturgiyasining asoschisidir.Yoshlarni Rossiya, Yevropaning markaziy shaharlariga, Arabiston va Turkiyaning mashhur oliy o’quv yurtlariga yuborish kerak deydi Behbudiy. Shundagina Turkiston qoloqlikdan qutila oladi. Agar diqqat bilan e’tibor bersak, Behbudiy bundan yuz yil oldin aytgan bu fikrlar xuddi shubugun aytilganidek jaranglab turadi.Behbudiy uzoqni ko’ra biluvchi, xalq hayotini, dardini chuqur anglay oluvchi, uning og’irini engil qilishni hayotining mazmuni deb bilgan arbob edi. Behbudiy qarashlarida, ayniqsa, jamiyat taraqqiyotiga to’sqinlik qilib kelayotgan eskicha urf-odatlarni akidalarni islox qilish takliflari islom axloqini mustaxkamlash goyalari bilan chirmashib ketdi. Biroq ko’p utmay mudxish davrlar boshlandi. Bexbudiyga ashaddiy millatchi, sosialzm dushmani tang’asi yopishtirildi. Uzoq yillar davomida uning nomi faqat salbiy ma’nolarda tilga olindi.“Padarkush” dramasining asosini ma’rifatvarvarlik g’oyasi tashkil etadi. Xalq o’qish, ma’rifat, ilm egallash bilangina qoloqlikdan chiqishi mumkin; turmushni yaxshilash natijasida jaxanning taraqqiy etgan xalqlari darajasiga kutarilishi mumkin.Bu drama yozilgash, uni nashr etish oson bulmadi. Yerli xalqni ezib, uning taraqqiy, etishiga, o’z g’ururini anglash, o’z milliy adabiyoti, tili, madaniyatini rivojlantirishga tushqinlik qilib kelgan chorizm, uning Turkistondagi mustabidlari bu asrni o’z vaqtida kitob xolida bosib chiqarishga quymadilar. Asar matbuotda ilk bor “Turon” ruznomasida 1912-yilda bosildi.Drama 1913-yilda kitob xolida kam nusxada nashr etildi. Biroq uning muqovasida rus tilidagi “Rusiyaning fransuz istibdodida kutilishi va mashhur Borodino muxorabasi xotiralari yubileyga bag’ishlayman” degan yozuv bor edi. Chor senzuriyasidan o’tish uchun muallif shunday qildi.Drama Domulla timsoli ham berilgan. U boyning bu fikrlariga qarshi chiqib bolani albatta o’qish zarur, degan fikrni aytadi. Xulosa chiqarsak bulmaydimi axir, yigirma-o’ttiz yildan beri barcha yirik savdo ishlari yerli xalq emas chetdan kelganlar qulida. Agar o’zimiz bolalarimiz o’qigan, savodli, ilmli bulsak edi. Shu quyga tushmasdik, deydi domulla. Lekin, boy bu fikrlarni loaqal bir uylab qurish urniga, uning egasi ustidan taxriromus kuladi va “o’qiganning biri siz, yermoqqa noningiz yuk” javob beradi.
Umuman olganda ushbu asar xalqning kuzini ochishda o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan asrlardan biri bo’lgan va eng yaxshi asr bo’lgan deyilsa aslo mubolaga bulmas edi.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling