Mavzu: Bemorlaning yoshi, jinsi va ijtimoiy holatiga bog’liq holda suhbatlashishning uziga xos tomonlari
Download 1.5 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bemorlar bilan muloqot qilish qoidalari
Mavzu:Bemorlaning yoshi, jinsi va ijtimoiy holatiga bog’liq holda suhbatlashishning uziga xos tomonlariReja:
Bemor bilan munosabatda so’z orqali (verbal) va so’z yordamisiz (noverbal) muloqot ko’nikmalari mavjud.So’z orqali muloqot (verbal muloqot) o’zaro munosabatning asosiy ko’rinishidir ,bunda quyidagilarga rioya qilishlik maqsadga muvofiq:Bemorlar bilan muloqot qilish qoidalari-Tushunarli tarzda so’zlang; -So’z oxangingiz bosiq va mayin bo’lsin; -O’rinsiz savollar bilan bemor g’ashini keltirmang; -Ikki yo ko’p ma'noli so’zlarni ishlatmang; -Ko’rsatmalarni aniq bering; -Ilojsiz muolaja dori darmonlarni va'da qilmang; -Bemor sizni tushunmay qolsa erinmasdan so’zlaringizni yana takrorlang; -Siz bilan suxbatda bemor o’zida tug’ilgan savollarga javob topganiga ishonch xosil qiling; -Zarurat bo’lganda bemorga tegishli mutaxassisni tavsiya eting;Bemorga zarurat paydo bo’lganda o’z telefon raqamlaringizni bering va telefon orqali so’zlashuvdan qochmang - bemorga tekshiruv natijalarini muntazam ravishda aytib turing; -Tavsiyalaringizni, ko’rsatmalaringizni nazorat qilib turing; -Punktual bo’ling (punctual (fransuzchadan) - nuqta ya'ni aniq saramjon sarishta va'dasini vaqtida bajaruvchi). -Qabul vaqtiga kech qolsangiz bu xaqda telefon orqali ogoxlantiring; -Davo ijobiy natija bermasa kerakli mutaxassisga yuboring; -Zarur bo’lsa shifoxona (stasionar) da davolanish ni qat'iyan talab qiling.Muloqotning ikkinchi kurinishi noverbaldir ya'ni so’z yordamisiz muloqot. Bunday muloqot asosan xatti- xarakat , imo -ishoralar bilan yuzaga keladi. Bunda: -Mimikalarga ayniqsa noxush tuyg’uni ifodalovchi mimikalarga e'tibor qiling va ularni nazorat qiling; -Qo’lning beo’xshov xatti xarakatlarini qilmang; -Chuqur "ux" tortmang; -Ko’z qarashlaringizni nazorat killing; -Burun jiyirmang, qosh chimirmang, tish kavlamang, quloq qichimang, saqich chaynamang (aks xolda bemor xamiyati ozor chekishi mumkin); -Bexuda kulavermang; -Vaziyat taqozosidan kelib chiqib eng ma'qul masofada turing;Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling