Mavzu: Bilimlarni boshqarish va sun’iy intellekt


Download 1.93 Mb.
Sana14.04.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1357062
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint (2)

Mavzu:Bilimlarni boshqarish va sun’iy intellekt

Fan:AXBOROT TIZIMLARI ASOSLARI


Tayorladi: Xudoynazarov Shahobiddin Madiyorova Ruhsora

Reja:

  • Bilimlarni boshqarish tizimlari
  • Sun’iy intellekt insoniyatga nima beradi?

Sun’iy intellekt insoniyatga nima beradi?
Bilimlar boshqarish tizimi bu – asosan bilimlar bazasidir. Bilimlar bazasi biror sohada oldindan belgilangan shart-sharoitlarga javob bera oladigan ma'lumotlar bazasini yaratish va undan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimlar bazasini shakllantirish turli uslublar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Bunda muammolarning aksariyati bilimlar bazasining umumiy tuzilishi va uni tashkil etuvchi elementlarning o'zaro bog'lanish usuliga taalluqli bo'ladi. Umumiy bilimlar bazasini yaratish dasturlar tizimini yaratishga o'xshash bo'ladi. Bilimlar bazasi - bu ayrim predmet sohalari murakkab vazifalar yechimini topish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuidir. Bilimlar bazasi jamiyatning ajralmas qismi bo'lib, uning o'tmishi, bugungi kuni va kelajagi haqidagi bilimlarni o'zida mujassamlashtiradi. 
Bilimlar bazasida jamlanadigan ma'lumotlar matn, belgi, raqam, jadval, grafik, rasm va boshqa ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Ma’lumotlar bilimlar bazasining berilgan qismlariga joylashtiriladi va bu qismlar sektorlar deb ataladi. A B C D Har bir sektorda ma'lum qoidalarga ko'ra ishlatiladigan bilim (ma'lumot)lar bo'laklari joylashadi. Har bir sektordagi ma'lumotlardan yakka holda foydalanish, ya'ni sektorlarni boshqarishni avtonom holda olib borish mumkin. Sektorlarni quyidagicha taqsimlash mumkin: A- matnli axborotlar, В - grafikli axborotlar, С - jadvallar, D - diagrammalar.
Bilimlar bazasidan foydalanish tartibi turlicha bo'lishi mumkin va uni belgilash foydalanuvchining xohishiga bog'liq. Qoidalar ketma-ketligi esa iyerarxik tuzilishda bo'ladi. Bilimlar bazasi qoidalar tarmog'i sifatida tasvirlanadi. Tarmoqning har bir holatdagi o'tish yo'li muloqot jarayonidagi foydalanuvchining javobiga bog'liq bo'ladi. Muloqot quyidagi tarzda olib boriladi: ¬dastur foydalanuvchiga tizimga qanday savollar berish mumkinligi haqida yo'nalish beradi.
Berilgan sohadagi bilimlar bazasidan foydalanish har bir foydalanuvchidan ma'lum darajadagi ko'nikma va malakalarni talab qiladi. Bunday ko'nikmalarga turli shakldagi aqliy faoliyat turlari: tahlil, sintez, umumlashtirish, qiyoslash, modellashtirish, strukturalash, o'xshashlik darajalarini o'rnatish va boshqalar kiradi.
Sun’iy intellekt insoniyatga nima beradi?
Odatda, robotlar deganda, ko‘pchilikning ko‘z oldiga insonlardek gaplasha oladigan, ularning o‘rniga barcha yumushlarni bajara oladigan yordamchilar keladi. Ammo bu nisbatan kengroq tushuncha. Aslida, mobil qurilmangizdagi dasturlar: google-tarjimon, lug‘atlar, turli xil o‘yinlar va hokazolar ham sun’iy intellektga yaqqol misol bo‘la oladi. Faqat ularning qamrovi kichikroq bo‘lib, ma’lum bir yo‘nalishdagina sizga yordam bera oladi. Ya’ni, bajarmoqchi bo‘lgan amallaringiz turiga qarab tegishli dasturdan foydalanasiz.
SUN’IY INTELLEKT O‘ZI NIMA?
Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi..
Hozirda SI turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.
FOYDAMI YoKI ZARAR?
SI haqidagi bahs-munozaralar qariyb 50 yildan beri davom etib kelmoqda. Mutaxassislar hanuzgacha bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Ba’zilar ularning ommalashib odamlar o‘rnini egallab borayotgani natijasida ommaviy ishsizlik ko‘rsatkichlari oshib ketishi mumkinligidan tashvishdalar. Mutaxassislarning boshqa bir guruhi esa SIga ijobiy munosabatda bo‘lish kerakligini uqtirishmoqda. Hatto IT- sohasidagi milliarderlar orasida ham turli qarashlar mavjud
https://youtu.be/7OG_LL6oisA
Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling