Mavzu. Bilish metodologiyasi asosiy tushunchalari


partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o‘rin tutadi. Jamiyatni


Download 375.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana28.12.2022
Hajmi375.56 Kb.
#1018541
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-joriy nazorat


partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o‘rin tutadi. Jamiyatni 
boshqarishning siyosiy-xuquqiy jihatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan
siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur o‘zlashtirilishi jamiyatning barqaror 
yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi nazariyalar. Falsafiy tafakkur tarixida
jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan,
nemis faylasufi Gegel jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq
ruhning rivojlanishi bilan, L.
Feyerbax din bilan bog‘lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong
taraqqiyotidan izlagan.
Fransuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat
ma’naviy taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar)
bilan izohlagan. K. Marks jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va 
inqilobiy o‘zgarishlar bilan bog‘lagan, barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy 
nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun’iy ravishda
mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy
inqilobni amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy


amaliyot bunday nazariyaning bir yoqlama va xato ekanini ko‘rsatdi. Jamiyat
taraqqiyoti ko‘p bosqichli jarayon ekani to‘g‘risidagi qarashlar AQSH faylasufi
O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko‘ra jamiyatlar
taraqqiyotiga binoan, agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga 
ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizatsiyali yondashuv 
g‘oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko‘ra har bir xalq o‘zining betakror, 
noyob, o‘ziga xos va o‘ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa xalqlar 
tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos modelini 
yaratadi.
QADRIYAT TUSHUNCHASI va uning umumiy tavsifi.
Qadimgi davrdayoq faylasuflarni qadriyatlar muammosi qiziqtirgan. Ammo
o‘sha davrda qadriyat borliq bilan ayniylashtirilgan, qadriyatga xos bo‘lgan 
xususiyatlar esa uning mazmuniga kiritilgan. Masalan, Zardo‘sht, Moniy, Suqrot
va Platon uchun yaxshilik va adolat kabi qadriyatlar haqiqiy borliqning bosh 
mezonlari hisoblangan. Bundan tashqari, qadimgi faylasuflar qadriyatlarni
tasniflashga harakat qilganlar. Xususan, Moniy zulmat va ziyo dunyosi mavjud, 
birinchi dunyoda adolatsizlik, zulm, zo‘ravonlik, ikkinchisida esa abadiy,
engilmas doimiy qadriyatlar hukm suradi deb hisoblaydi Aristotel o‘ziga to‘q 
qadriyatlarni (ular jumlasiga faylasuf inson, baxt, adolatni kiritgan) va anglab
etish imkoniyati insonning oqilligiga bog‘liq bo‘lgan nisbiy qadriyatlarni 
farqlaydi.
Turli falsafiy davrlar va ularda mavjud bo‘lgan falsafiy maktablar qadriyatlar 
tushunchasining shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Masalan, O‘rta asrlarda
g‘arbda ham sharqda ham qadriyatlar diniy xususiyat kasb etgan va ilohiy mohiyat 
bilan bog‘langan.



Download 375.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling