Mavzu: Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo‘nalishlari Reja


Download 41 Kb.
bet2/2
Sana12.03.2023
Hajmi41 Kb.
#1262727
1   2
Bog'liq
Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo‘nalishlari

Bilish obyekti. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish obyektlari hisoblanadi. Bilish obyektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Bilish
obyektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bo‘lgan borliqni qamrab oladi. Bilish obyektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi.
Bilish subyekti. Bilish bilan shug‘ullanuvchi kishilar va butun
insoniyat bilish subyekti hisoblanadi. Ayrim ilingan tadqiqotchiolimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish subyektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning o‘ziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obyekti,
ham bilish subyekti sifatida namoyon boladi. Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat
emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan — fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har
tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm sohalarining hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish subyekti, yangi ilmiy kashflyotlar ijodkoriga aylanadilar.
Bilish predmeti subyektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish obyektining ayrim sohalari va tomonlaridir. Fanning o‘rganishsohasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botanika, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa sohalari vujudga kelgandir. Tadqiqot predmeti fanlarni
bir-biridan farqlashga imkon beradigan muhim belgidir. Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy darajaga ajratish rhumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bolib, hissiy bilish deyiladi. Hissiy bilish sezgilar
vositasida bilishdir. Insonning sezgi a’zolari (ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m
bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bolgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muxitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam to‘g‘risida muayyan bilimlar hosil qilishga yordam beradi.
Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bolib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o‘z sezgilariyordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa
sifatida namoyon boladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon boladi. Shu boisdan ham hodisa aldamchi va chalg‘ituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki hodisa to‘g‘risida bergan ma’lumotlari hech qachon uning butun mohiyatini ochib bera olmaydi. Tushuncha, hukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muhim vositalaridir. Bunday bilish insondan alohida qobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va hodisalardan fikran uzoqlashishni, diqqatni bir joyga to‘plashni, ijodiy xayolni talab etadi
Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling