Mavzu: Bilishning asosiy turlari va shakllari. Noilmiy bilish shakllari Bilimning asosiy turlari va shakllari


Download 51.54 Kb.
bet1/8
Sana28.01.2023
Hajmi51.54 Kb.
#1135012
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bilishning asosiy turlari va shakllari


Mavzu: Bilishning asosiy turlari va shakllari.Noilmiy bilish shakllari

Bilimning asosiy turlari va shakllari.Bilim nima? Bilim tushunchasiga aniq ta’rif berish qiyin, balki hatto mumkin ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi, umumiy tushunchalarga esa doim aniq ta’rif berish qiyin. Ikkinchidan, bilimning juda ko’p turlari mavjud va ularning hammasini yonma-yon qo’yib bo’lmaydi. Shuni e’tiborga olib, bilim nima ekanligini aniqlashga harakat qilib ko’ramiz. Odatda, biz nimanidir bilishimiz haqida gapirganimizda, o’zimiz bu «nimadir» haqida ancha to’g’ri tasavvurga egamiz, deb hisoblaymiz. Shuningdek, bizning tasavvurimiz xom xayol yoki faqat o’z shaxsiy fikrimiz emasligiga ham ishonchimiz komil bo’ladi. Nihoyat, biz bu ishonchni mustahkamlovchi qandaydir dalillar keltirishimiz mumkin. Shunday qilib, o’z shaxsiy hayotimizda biz amaldagi holatga mos keladigan va ma’lum asoslarga ega bo’lgan ishonch, e’tiqodni bilim deb hisoblaymiz.
Teran ma’no bilan sug’orilgan bu bilim talqinining umumiy ruhi gnoseologiyada ham saqlanib qolgan. Ayni vaqtda, gnoseologiya bu talqin zamirida mujassam ba’zi bir holatlarni aniqlaydi va ularga oydinlik kiritadi. «S subyekt qandaydir P predmetni biladi» degan standart gnoseolgik talqin quyidagi uch shartni o’z ichiga oladi:

    • haqiqiylik (muvofiqlik) sharti – «agar P haqiqiy bo’lsa, u holda S P ni biladi». Biz Chimyon Toshkentdan shimolroqda joylashganligini bilaman, basharti Chimyon chindan ham Toshkentdan shimolroqda joylashgan bo’lsa. Agar biz Amudaryo Tinch okeaniga quyiladi, deb aytsak, bizning bu fikrimiz bilim emas, balki yanglish fikr, xato bo’ladi.

    • ishonchlilik (e’tiqod, maqbullik) sharti – «agar S P ni bilsa, u holda S P ga ishonadi (uning mavjudligiga e’tiqodi komil bo’ladi). Masalan, agar biz O’zbekistonda dengiz bor desak, biz uning amalda mavjudligiga ishonamiz. Odatda bilim shunday ishonch yoki shunday e’tiqod hisoblanadi va ularni ajratish mumkin emas. Shunday bir vaziyatni tasavvur qiling: siz oyna oldiga kelib, tashqarida yomg’ir yog’ayotganini ko’rasiz. Siz: «Yomg’ir yog’yapti, lekin men bunga ishonmayman», deysiz. Bu iboraning anoto’g’riligi bilimimiz bizning e’tiqodimiz ekanligini ko’rsatadi.


    • Download 51.54 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling