Mavzu: biogen elementlar va ularning ahamiyati


Hujayraning kimyoviy tarkibi


Download 18.75 Kb.
bet3/3
Sana25.01.2023
Hajmi18.75 Kb.
#1119316
1   2   3
Bog'liq
biogen elementlar va ularning ahamiyati

Hujayraning kimyoviy tarkibi
Hujayra tarkibiga jonsiz tabiatda uchraydigan kimyoviy ele mentlardan 70 taga yaqini kiradi. Ular ko‘pincha biogen element lar deb ataladi. Bu tirik va jonsiz tabiatni umumiyligini ta’kidlov chi dalillardan biridir. Biroq tirik va jonsiz tabiatdagi kimyoviy ele mentlarning o‘zaro nisbati turlicha bo‘ladi. Tirik organizm tarkibiga
kiruvchi kimyoviy elementlar miqdoriga qarab bir necha guruhga
bo‘linadi. Bular: makroelementlar (S, O, H, N, P, C, K, Na, Ca, Mg,
Cl, Fe) va mikroelementlar (Zn, Cu, J, F, Co, Mo, Sr, Mn, B)dir.
Hujayra massasining 98 % ini to‘rtta element: vodorod, kis lorod, uglerod va azot tashkil qiladi. Bu elementlar barcha organik birikmalar
ning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Bulardantashqari biologik polimerlar (yunonchada: “poli” – ko‘p, “meros” –
qism) hisoblangan oqsil va nuklein kislotalar tarkibida yana fos for va oltingugurt ham uchraydi. Hujayra tarkibidagi P, S, K, Na,
Ca, Mg, Cl, Fe kabilar 1,9 % ni tashkil etadi. Ularning har biri
hujayrada muhim vazifalarni bajaradi. Masalan, Na, K va Cl hu jayra membranalari orqali turli xil moddalarni o‘tkazishni ta’min laydi. Nerv hujayralarida hosil bo‘ladigan qo‘zg‘alishlarini o‘tishi
ham shu elementlar yordamida amalga oshiriladi. Ca va P suyak
to‘qimalarini hosil qilishda ularning mustahkamligini ta’minlashda
ishtirok etadi. Bundan tashqari Ca qonning normal ivishini ta’min lovchi omildir. Fe elementi eritrositlar oqsili – gemoglobin tarkibi ga kiradi va kislorodni o‘pkadan to‘qimalarga olib borishda ishtirok
etadi. Mg elementi o‘simlik hujayralarida fotosintezda ishtirok
etuvchi pigment – xlorofill tarkibiga kiradi, hayvonlarda esa, bio logik katalizatorlar tarkibida biokimyoviy reaksiyalarni tezlashti rishni ta’minlaydi.
Barcha qolgan elementlar (rux, mis, yod, ftor, kobalt, mar ganes, molibden, bor va boshqalar) hujayrada juda kam miqdor da uchraydi, ya’ni hujayra massasining 0,02 % ga yaqin qismini
tashkil etadi. Mikroelementlar biologik faolligi yuqori bo‘lgan mod dalar – gormonlar, fermentlar, vitaminlar tarkibiga kiradi. Masalan,
qalqonsimon bez tomonidan ishlab chiqariladigan tiroksin gor moni tarkibiga yod elementi kiradi. Uning yetishmasligi tiroksinni
hosil bo‘lishini kamaytiradi, natijada bez gipofunksiyaga uchraydi
va buqoq kasalligi rivojlanadi. Rux bir qator fermentlarning tarkibi da, jinsiy gormonlarning faolligini oshiradi. Kobalt B12 vitaminining
zaruriy tarkibiy qismi bo‘lib, qon hosil bo‘lishida muhim ahamiyat
kasb etadi.
Hujayra tarkibiga kiruvchi suv va
anorganik moddalar
Suv – tirik organizmlar tarkibida uchraydigan va tabiatda keng
tarqalgan anorganik modda. Hujayrada suv qancha ko‘p bo‘lsa,
uning hayot faoliyati shuncha jadal bo‘ladi. Turli hujayralarda suv ning miqdori har xil. Masalan, tish emali hujayralarida 10 % ga
yaqin, o‘simlik hujayralarida esa 90 % dan ko‘proq suv bo‘ladi.
Odam va hayvonlarning tez o‘sayotgan hujayralarida qariyib 95 %
suv bor. Ko‘p hujayrali organizmda suvning o‘rtacha miqdori 80 %
ni tashkil etadi.
Hujayrada suvning ahamiyati juda katta. Hujayraning fizik
xossalari – hajmi, tarangligi suvga bog‘liq bo‘ladi. Tirik orga nizmlar uchun suv nafaqat ular hujayrasining zaruriy tarkibiy qis mi, balki yashash muhiti hamdir. Suvning vazifalari ko‘p jihatdan
uning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlari bilan aniqlanadi. Bu xusu siyatlar asosan suv molekulasining kichikligi va ularning qutb lanishi hamda bir-biri bilan vodorod bog‘lar hosil qilib bog‘lanishi orqali amalga oshiriladi. Qutblanish deganda molekuladagi zaryadlarning notekis
taqsimlanishi tushuniladi. Suv molekulasining bir chekkasi kuchsiz musbat zaryadga ega bo‘lsa, ikkinchisi manfiy bo‘ladi. Bunday molekula dipol deb ataladi. Kislorodning elektromanfiy atomi
vodorod atomining elektronlarini o‘ziga tortishi tufayli elektrostatik o‘zaro ta’sir vujudga keladi va suv molekulalari “yopishganday”
bo‘ladi.
Bu o‘zaro ta’sir ion bog‘lariga nisbatan odatda ancha kuchsiz
bo‘lib, vodorod bog‘lar deb ataladi. Suv qutblangan moddalar
uchun juda yaxshi erituvchi hisoblanadi.
Suv erituvchi sifatida hujayra moddalarining parchalanishini ta’minlaydi. Suv toza kimyoviy modda sifatida ham o‘ta muhim
ahamiyatga ega. Bir qator katalizatorlar ta’sirida suv gidroliz reaksiyalarini amalga oshiradi. Bu reaksiyalarda suvning OH-va H+guruhlari turli xil molekulalarning erkin valentligiga birikadi. Natijada yangi xususiyatga ega bo‘lgan yangi modda hosil bo‘ladi.
Mineral tuzlar. Hujayradagi anorganik moddalarning katta qismi tuzlar sifatida uchraydi. Ular ion holatida yoki qattiq erimaydigan tuz ko‘rinishida bo‘ladi. Ion holda uchraydiganlar orasida K+, Na+, Ca2+ tuzlari muhim ahamiyatga ega. Chunki ular tirik organizmlarga xos bo‘lgan xususiyat qo‘zg‘aluvchanlikni amalgaoshirishni ta’minlaydi. Suv dipollari orasida kimyoviy bog‘larning hosil bo‘lish sxemasi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, hujayra anorganik va organik moddalardan tashkil topgan. Organik moddalarga oqsil, yog’, uglevodlar kiradi. Anorganik moddalarga esa suv va mineral tuzlar kiradi. Ularning har birining hujayrda o’z o’rni va vazifasi bor. Hujayra tiriklikning eng kichik funksional birligidir.
Download 18.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling