Mavzu: Biogetsenoz, biotsenoz va ekotizimlarning tuzilmalari va xususiyatlari Reja: Biogeotsenoz (V. N. Sukachev) va ekotizim (A. Tensli) kabi tushunchalar nisbati


Ekotizimlarning biologik maxsuldorligi


Download 22.21 Kb.
bet2/2
Sana10.02.2023
Hajmi22.21 Kb.
#1186248
1   2
Bog'liq
Biogetsenoz tushunchasi

Ekotizimlarning biologik maxsuldorligi.
Jamoaning hayot faoliyati natijasida organik moddalar to’planadi va sarf bo’lib turadi. Demak, har bir ekotizim malum darajada maxsuldorlikga ega. Biomassaning hosil bo’lish tezligi - biologik mahsuldorlikdeyiladi.

Ekotizimning asosiy yoki birlamchi maxsuldorligi yashil o’simliklar tamonidan fotosintez jarayoni natijasida vaqt birligida to’plangan maxsulot hisoblanadi. Masalan, fotosintez natijasida o’rmondagi o’simliklar 1 ga maydonda 5 t. organik modda hosil qilsa, bu umumiy yoki yalpi birlamchi mahsuldorlik deb qaraladi.


Ammo o’simlikning hayoti uchun ham hosil bo’lgan moddalar sarf bo’ladi. Shuning uchun vaqt va maydon birligiga to’g’ri keluvchi biomassa bir oz kam bo’ladi.
Biomassa deganda - jamoadagi barcha tirik organizmlar umumiy og’irligining yig’indisi tushuniladi.
Oziq zanjiridagi hamma oziqalar o’sish uchun, yani biomassa to’planishi uchun sarflanmaydi. Balki uning yarimi organizm energiya sarflanishini qoniqtirish uchun: nafas olishga, harakat qilishga, ko’payishga,tana haroratini saqlab turishga sarflanadi. Bunda bitta zvenoning biomassasi keyingi zveno tamonidan to’liq qayta ishlab chiqilmaydi.
Oziq zanjirining har bir keyingi zvenosida - oldingisiga qaraganda biomassaning kamayib borishi ro’y beradi. Masalan: 1 t. o’simlikdan o’rta hisobda 10 kg o’txo’r hayvon gavdasi massasi hosil bo’lishi mumkin.Oziq zanjirining asosi hisoblangan o’simlik massasi o’txo’r hayvonlarning umumiy massasidan doimo bir necha barobar ko’p bo’ladi. Shunday qilib, tabiatda ekologik piramida hosil bo’ladi.
Hosildorlik piramidasi - energiyaning ozuqa zanjirlarida sarflanish qonuniyatini ifodalaydi.
Yuqorida bayon etilgan oziq zanjirida biomassaning kamayib borishi qoidasi grafik xolila chizilsa, u piramidani eslatadi. Bunday holat birinchi marta 1927 yil Ch. Elton tamonidan o’rganilib, Elton piramidasi yoki o’simliklar biomassasi piramidasi deyiladi.
Piramidaning asosini o’simliklar - produtsentlar hosil qiladi. Yuqorisini esa - yirik yirtqichlar konsumentlar hosil qiladi.
Piramidaning balandligi oziq zanjiri uzunligiga teng keladi.
Download 22.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling