Mavzu: Biologik xilma-xillikni saqlab qolish muammolari


Biologik xilma-xillik haqida umumiy ma’lumot


Download 104.5 Kb.
bet3/5
Sana26.01.2023
Hajmi104.5 Kb.
#1127758
1   2   3   4   5
Bog'liq
Biologik xilma-xilligini muhofaza qilish

1. Biologik xilma-xillik haqida umumiy ma’lumot.
To’qaylar Markaziy Osiyoning qurg’oq cho’llari va tekisliklardagi noyob qayir o’rmonlari hisoblanadi. O’rmonlardan tashqari to’qay ekotizimlarida ochiq suv havzalari, qalin qamishzorlar, butalar mavjud. 
Yashash muhitning shunday rangbarangligiga faqatkina to’qaylarga xos bo’lgan rangbarang fauna va flora, shuningdek, yo’qolip borayotgan Buxoro bug’usi (Cervus elaphus bactrianus) kabi endemic turlar mosdir. 
Lekin Аmudaryoning gidrologik rejimining o’zgarishi, suv tanqisligi va uning sho’rlanishi, kuchli antropogen omillar (o’rmonlarni kesish, mol o’tlatish, yong’inlar, aholining o’rmon resurslaridan beparvo foydalanishi) to’qay maydonlarining keskin kamayib ketishiga olib keldi. Bugungacha saqlanib qolgan to’qay uchastkalarining umumiy maydoni 30000 ga atrofida va Qoraqalpog’istonda joylashgan. Bu esa Amudaryo deltasidagi to’qaylarning ilgarigi maydonlarining taxminan 10% ni tashkil qiladi va hududiy jihatdan bir-biridan ajralib qolgan, lekin ayni paytda ular O’zbekiston hududida saqlanib qolgan hamma to’qay o’rmonlarining 75% ni va butun Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan shunday o’rmonlarning 20% ni tashkil qiladi. 
Amudaryo deltasidagi tez su’ratlar bilan yo’qolib borayotgan va global ahamiyatga ega ekotizimlar hisoblangan to’qaylar milliy muhofazalanadigan hududlar tizimida etarli darajada aks ettirilmagan. To’qaylar nafaqat tirikchilik muhitining va turlarning xilma-xilligi sifatida muhim, ayni paytda ular mahalliy aholi uchun tirikchilik manbai hamdir. Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Global Ekologik Jamg’arma (GEJ) hamkorligida amalga oshirilayotgan «Amudaryoning quyi qismi Qoraqalpog’iston Respublikasida to’qaylarni saqlash va muhofazalanadigan hududlar tizimini mustahkamlash» loyihasi ushbu noyob va qimmatga ega biologik xilma-xillik manbai hisoblangan va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan to’qaylarni asrab qolishga va qayta tiklashga yo’naltirilgan
Suv resurlari ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolari
Garchi yer sharining 3/4 qismi, ya'ni 71 foizi suv bilan qoplangan bo'lsa ham chuchuk suv, umumiy suv miqdorining 2 foizga yaqinini tashkil etadi. Suv bu yerdagi eng aziz ne'mat hisoblanib, tabiat boyliklari orasida alohida o'rin tutadi. Chunki suv, barcha tirik jonzotlar hayotining asosiy manbaidir.
Avvalombor, y er yuzida hayot davom etishi uchun suvni, yerdagi suv manbalarini, ayniqsa chuchuk ichimlik suvlari zahiralarini ehtiyot qilishimiz, ularni ifloslantirishga y o ' l qo'ymasdan, oqilona foydalanishimiz lozim.
Birlashgan M illatlar T ashkilotining 1992 yil Rio de Janeyro shahrida "Atrof muhit va taraqqiyot" mavzusida bo'lib o'tgan konferensiyasida jahon jamoatchiligining e'tibori suv muammosiga jalb qilindi. Unda ichimlik suvidan tejamkorlik bilan va uni isrof qilmasdan foydalanish masalalarini y o 'lga qo'yish yuzasidan takliflar qabul qilingan. Chunki, 6 milyard aholining 1,2 milyardi toza ichimlik suviga muhtoj, 2,3 milyard aholi esa sanitar talab darajasiga mutlaqo javob bermaydigan suvni ichishga majbur bo'lmoqda.
Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Janubiy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida suv y etishmasligi doimiy jarayonga aylangan. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda jahon aholisining har 10 tadan 4 tasi toza ichimlik suvi y etishmaydigan joylarda yashashga majbur bo'lib, bunday holat 2025 yilga kelib, har 10 odamdan 6 tasi yoki 5,5 milyard aholi toza ichimlik suv tanqisligiga uchrash ehtimoli bor.
Kelgusida Respublikamizda shunday ayanchli muammolarga duch kelmaslik maqsadida, yer usti va yer osti chuchuk ichimlik suv zahiralarini muhofaza qilish, ulardan samarali foydalanish borasida O ' z bekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi sa'yi harakati bilan bir muncha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, yer osti suvlari hosil bo'ladigan zonalarga alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomini berish va suvni muhofaza qilish zonasini va qirg'oqboyi polosasini, transchegaraviy daryolar bo'lmish Amudaryo va Sirdaryo daryolarining respublika hududidan oqib o'tuvchi qismlariga suvni muhofaza qilish mintaqalari va qirg'oqbo'yi polosalari belgilash t o 'g'risida Hukumat qarorlari qabul qilinib, ularda tegishli vazirliklar, qo m italar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, shuningdek, korxona va tashkilotlar bajarishlari lozim bo'lgan vazifalar belgilab berildi.
Respublikada chuchuk yer osti ichimlik suvlari asosan 77 ta manbada mavjud bo'lib, ularning umumiy zahirasi 57,6 mln.m3/sutkani tashkil etadi. Yer osti suv zahiralarining 34,5% Farg'ona vodiysida, 24,6% Toshkent viloyatida, 18% Samarqand viloyatida, 9% Surxondaryo viloyatida, 5,5% Qashqadaryoda, 7% atrofida qolgan viloyatlarda hosil bo'ladi.
19 ta chuchuk yer osti suvlari hosil bo'ladigan jami 407,36 ming gektar maydonga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomi belgilangan.
Ushbu chuchuk yer osti suvlari hosil bo'ladigan respublika ahamiyatiga ega 11 ta va viloyat ahamiyatiga ega bo'lgan 8 ta ichimlik suv zahira manbalarini muhofaza qilish bo'yicha joylarda tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Ushbu hududlarda yer osti ichimlik suvlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarish ob'ektlari faoliyati nazoratga olingan.
O'zbekiston Respublikasining yer osti suvlari umumiy suv resurslarining ajralmas qismi bo'lib, iqtisodiyotning rivojlanishida, shaharlar va qishloqlar aholisining xo'jalik-ichimlik suv ta'minoti, sanoat va qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning asosiy suv ta'minoti manbasi hisoblanadi.
Ta'kidlash joizki, Hukumat qarorlariga ko'ra, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy va Buxoro hokimliklariga Qashqadaryo va Zarafshon daryolarining qirg'oq bo'yi yerlarini belgilangan tartibda, yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan olib, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining suv xo'jaligi tashkilotlariga berish, Surxondaryo, Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklariga esa Surxondaryo, Norin va Qoradaryo daryolarining qirg'oq bo'yi yerlarini Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining o'rmon xo'jaligi tashkilotlariga yerlardan doimiy egalik qilish va foydalanish uchun davlat dalolatnomalarini berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Respublika hududidagi 6 ta daryoning (Qashqadaryo, Zarafshon, Chirchiq, Surxondaryo, Qoradaryo va Norin) suvni muhofaza qilish maydonlari jami 73,12 ming gektarni, qirg'oq bo'yi polosalari esa 9,85 ming gektarni tashkil etadi. Ushbu 6 ta daryoning suvni muhofaza qilish mintaqasida joylashgan 126 ta ekologik potensial xavfli ob'ektlar mazkur mintaqalardan chiqarildi.
Suv resurslarini chegaralanganligini inobatga olib, suvdan samarali foydalanish va joylarda tuzilayotgan Suvdan foydalanuvchilar uyushma (SFU)lari faoliyatini yanada jonlantirish, ulardan unumli foydalanish, suv ota tanqis bo'lgan yillarda sug'orma suvlarga minerallashgan zovur suvlarini zarur nisbatda aralashtirgan holda hamda tashlama suvlari bilan qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orishda ishlatishdek uslub, kelajakda keng qo'llanilishini hozirda vujudga kelgan vaziyat taq o zo etmoqda.
O'zbekiston Respublikasining asosiy suv oqimlari manbalari bo'lib, Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzalari hisoblanadi, ularning kop yillik o'rtacha umumiy oqimi 115,6 km3ni tashkil qiladi, shu jumladan Amudaryo havzasida - 78,46 km3 va Sirdaryo havzasida 37,14 km3 atrofida suv hosil bo'ladi.
Markaziy Osiyo Davlatlari rahbarlari va Hukumatlarining siyosiy hohish-istaklari ko'p sonli Kelishuvlarda (1993 yil mart, 1994 yil yanvarb, 1999 yil aprelb, 2002 yil avgust) aks etgan bo'lsada, 2000-2001 suv tanqis yillari, Amudaryoda, hamda sersuv ikki yildagi tajriba, ayniqsa Sirdaryo bo'yicha mavjud tizimning mukammal emasligini ko'rsatdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro k o 'llarni muhofaza qilish hamda foydalanish bo'yicha Konvensiya"ga (1992 yil 17 mart, Xelsinki) va "Xalqaro ochiq suv oqimlaridan kemalar qatnamaydigan turda foydalanish t o 'g'risidagi Konvensiya"ga (1997 yil 21 may, Nbyu-York) O'zbekiston Respublikasining q o 'shilishi bo'yicha "Xalqaro shartnomalarga q o 'shilish to g 'grisida"gi 2007 yil 9 avgustdagi PQ-683-sonli qarori qabul qilindi.
Mintaqada suvlarni transchegaraviy boshqarishda, daryoning quyi oqimida oqimida joylashgan hududlarda suv taqchilligi sezilmoqda. Suvlarni transchegaraviy boshqarishda yuqorida joylashgan mamlakatlar hatti-harakatlarining kelishilganligiga bog'liq bo'lgan holda, xalq xo'jaligini rivojlanishiga, gidroenergetik inshootlarning ish rejimiga, yuqorida joylashgan sug'orish inshootlarining sug'orma yerlarga suvni y etkazisn rejimiga rioya etilishiga, daryo oqimi bashorati t o 'g'riligiga bog'liq holda o 'z ta'sirini ko'rsatadi.

Download 104.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling