“KORREKTURA” mashqi. O‘quvchiga qog‘ozda yozilgan matn beriladi.
o‘quvchi matndagi xatoliklarni aniqlab tagiga chizadilar.
Masalan: Qirqbo‘g‘im ildizpoyali bir yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, poyasi serqirra,
bo‘g‘imlarga bo‘linmagan.Barglari yirik, poyada ketma-ket o‘rnashgan. Erta
bahorda
dala
qirqbo‘g‘imining
ildizpoyasidagi
kurtaklardan
jigarrang
shoxlanmagan poya o‘sib chiqadi. Uning uchida spora beruvchi ikkita boshoq
etiladi. Spora beruvchi boshoqlarda etilgan sporalar faqat suv yordamida tarqaladi.
Bunday mashqlar 2-3 ta o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhlari o‘rtasida musobaqa
tarzida o‘tkazilishi mumkin.
“UMUMIY TUSHUNCHALARNI ANIQLASH” Umumlashtiruvchi so‘z
bilan mantiqiy bog‘liq bo‘lgan so‘zlarni aniqlang va tagiga chizing.
1. Qiriqbo‘g‘im (urug‘, ildizpoya, ko‘p yillik o‘t, buta, spora, arxegoniy,
urug‘kurtak, endosperm, antiridiy, zigota, spora beruvchi boshoq, sorus).
2. Gul (urug‘chi, changchi, gulkosa, murtak, endosperm, gultoj, gulqo‘rg‘on,
urug‘).
3. Quruq meva (don, qovoq, danakli, qo‘zoq, ko‘sak, dukkak, yong‘oq,
rezavor).
4. Bakteriya (kokk, batsilla, koloniya, mitseliy, spora, gommoz, vertitsill, gifa,
sporangiy).
5.Mitseliy (bakteriya, zamburug‘, gifa, gommoz, vertitsill, penitsill, qo‘ziqorin,
kokk, achitqi, mevatana, vilt, lishaynik).
“TEGISHLI BO‘LMAGAN TUSHUNCHANI RO‘YXATDAN
O‘CHIR”
Berilgan so‘z va atamalar orasidan boshqalariga tegishli bo‘lmagan ortiqcha
so‘zni toping va tagiga chizing.
1. Laminariya, ildiz, tallom, xromatofor, rizoid, tuban o‘simlik.
2. Qirqquloq, ildizpoya, ildizmeva, spora, sorus, arxegoniy.
3. Urug‘chi, changchi, gultoj, gulkosa, ndosperm, urug‘kurtak.
4. Sabzi, turp, rediska, kartoshka, lavlagi, sholg‘om.
5. Kungaboqar, g‘o‘za, o‘rik, bodom, yong‘oq, makkajo‘xori.
Do'stlaringiz bilan baham: |