Mavzu: Biologiyaning dolzarb muammolari faniga kirish Asosiy savollar
Download 47.7 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- J. B. Lamark. G.R.Treviranus
- Botanika, Zoologiya, Mikrobiologiya,Gidrobiologiya, Poleontologiya, Ekologiya
- K.Linney
- Ch. Darvinning nomi bilan bog`liq
- BIOLOGIYA FANINING AHAMIYATI . Insonlarning oziq-ovqati. Kiyim kechagi. O`simliklardan olinadi.
- Insonning salomatligi bilan aloqador
- Hujayra strukturasi va funksiyasii o`rganish ham umumiy Biologiyaning muhim vazifasidir.
- BIOLOGIYA FANINING MUAMMOSI.
- MUSTAXKAMLASH UCHUN SAVOLLAR.
Mavzu: Biologiyaning dolzarb muammolari faniga kirish Asosiy savollar 1.Biologiya fanining paydo bo’lishi 2.Fanni o’rganish metodlari 3.Fandagi dolzarb muammolar Biologiya atamasi 1802 yilda bir-biridan mustasno tarzda fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Treviranus tomonidan fanga kiritilgan Biologiya yunoncha bios-hayot,logos-fan, ya`ni hayot to`g`risidagi fan degan ma`noni anglatadi J. B. Lamark. G.R.Treviranus Biologiya fani tirik bo`lgan barcha organizmlarni o`rganadigan fandir ya`ni tirik organizmlarni tuzilishi,funksiyasi,xilma-xilligi,rivojlanishi,yashash muhiti bilan o`zaro munosabatlarini o`rganadi.Yerda hayot paydo bo`lgandan beri organik olam doimo rivojlanib borayapti,hech qachon to`xtab qolmaydi. Biologiya fanlar sistemasi hisoblanadi, chunki Biologiya fanining sohalari juda ko`p. Masalan:Botanika, Zoologiya, Mikrobiologiya,Gidrobiologiya, Poleontologiya, Ekologiya. Biologiya fani tirik organizmlarning ayrim jixatlari bo`yicha ham turli fanlarga ajratiladi.Chunonchi, Anatomiya- organizmlar,Fiziologiya-funksiyani, Embriologiya-murtak rivojlanashini, Sistematika- organizmlarning sistematik guruxlarini,o`zaro qarindoshlik munosabatlarini o`rganadi. Biologiya fanining ba`zi sohalari tabiiy fanlar hamkorligida paydo bo`lgan.Masalan: Biofizika, Biokimyo fanlari shular jumlasidandir. Biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy tadqiqot metodlaridan keng foydalaniladi.
Kuzatish Taqqoslash Tarixiy Kuzatish metodi- Organizmlar va ularning atrof muhitida ro`y beradigan xodisalarni tasvirlash va taxlil qilish. Bu metod, Botanika,Zoologiya,Biologiyaning ko`pgina sohalarida keng qo`llaniladi.Tirik organizmlarni miqdor va sifat ko`rsatkichlarini ta`riflashda ko`p qo`llaniladi.Turlarni aniqlashda ham keng qo`llaniladi. Taqqoslash metodi- Tirik organizmlarning tuzilishi, funksiyasi, tarkibiy qismlaridagi o`xshashlik va farqlarni taqqoslash metodi yordamida o`rganiladi.Bu metoddan Embriologiya, Poleontologiya, Anatomiya, Morfologiya fanlarida foydalaniladi. Shu usul yordamida 18 asrda K.Linney o`simliklar va hayvonlar sistematikasiga asos soldi. Tarixiy metod- Tirik tabiatni rivojlanish jarayonlarini aniqlaydi,hayotiy xodisalarni o`rganadi. Bu metod orqali organik olamning evolyutsion ta`limoti yaratilgan.Tarixiy usulni biologiyada qo`llanilishi Ch. Darvinning nomi bilan bog`liq.Bu metod yordamida tirik tabiatning rivojlanish jarayonlarini aniqlash mumkin. Masalan: Hozirda suvdan iborat bo`lgan yerlar,keyinchalik tekslikga aylanishi, teksliklar o`rnida suv paydo bo`lishi. Eksperimental metod- ma`lum maqsadni ko`zlab barpo etilgan sharoitda tirik organizmlar tuzilishi, hayot jarayonlarini kuzatish.Mikroorganizmlar, o`simliklar, hayvonlarning yuqori maxsuldor navlari va zotlarini yaratishda katta ahamiyatga ega.Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish,tuproq unumdorligini saqlash va uni oshirish,tibbiyotda ishlatiladigan dori darmonlarni olishda ,rangli metallar va radiaktiv metallar hamda rudalarni boyitish bu eksperimental metod hisoblanadi. Limuzin buqasi. BIOLOGIYA FANINING AHAMIYATI. Insonlarning oziq-ovqati. Kiyim kechagi. O`simliklardan olinadi. Dori- darmoni. Hayvonlardan olinadi. BIOLOGIYA FANINING VAZIFASI. 1) Insonning oziq-ovqatga bo`lgan ehtiyojini qondirish .Har bir kishi normal hayot kechirishi uchun 100-120 gr oqsil iste`mol qilishi kerak.Vaholanki kunlik oqsil 50-60gr dan oshmaydi. Bu sohada seleksiyada ko`p yillardan beri qo`llanilib kelinayotgan duragaylash, genetik injineriya, genlarni sintez qilish, ko`chirib o`tkazish metodlaridan foydalanish samarali natija beryapti. (11-rasm) 2) Insonning salomatligi bilan aloqador. Olimlarning e`tirof etishicha 4000 dan ortiq irsiy kasalliklar mavjud. Ular asosan xromosoma va genlar tuzilishi va ularning o`zgarishi bilan bog`liq.Insonlardagi irsiy kasalliklarni o`rganish ularni oldini olish choralarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda eng xavfli xodisalardan biri tabiatning tobora kambag`allashib borayotganligidir. O`simlik va hayvon turlarining yildan –yilga kamayib ketayotganligi ko`zga yaqqol tashlanadi. Faqat O`zbekistonning o`zida 400 dan ortiq o`simlik turi 400 ta hayvon turining noyobligi buning yorqin dalilidir. 3.Hujayra strukturasi va funksiyasii o`rganish ham umumiy
1) Hayotning paydo bo`lishi. 2) Odamning paydo bo`lishi. 3) Bosh miya faoliyati mexanizmini o`rganish. 4) Odam umrini uzaytirish muammolari. Tabiatni muxofaza qilishda qishloq xo`jaligida o`z-o`zidan bargini to`kadigan g`o`za navlarini yaratish, almashlab ekishni joriy etish,parazit va zararkunanda hasharot boshqa organizmlarga qarshi kurashning , shuningdek suv, havoning ifloslanishi,tuproq eroziyasi,sho`rlanishning oldini olish biologik usullarini izlab topish nihoyatda dolzarb vazifalardan biri edi.Hozirda bular o`z yechimini topdi. Hozirgi kunda Biologiya tez rivojlanayotgan fan bo`lib u erishayotgan yutuqlar insoniyatning kelajagi uchun nihoyatda muhimdir. 5-bosqich:Mustaxkamlash uchun savol javoblar. MUSTAXKAMLASH UCHUN SAVOLLAR. 1. Biologiya so`zining ma`nosi nima? 2. Biologiya atamasini fanga kim kiritgan? 3. Biologiya fanining sohalarini ayting? 4. Bioloiya fanining vazifasi nima? 5. Biologiya fanining maqsadi nimadan iborat? 6. Biologiya fanining ahamiyatini ayting? 7. Tirik organizmlar deganda nimani tushunasiz? 8. Tirik organizmlarga nima kiradi? 9. Morfologiya fani nimani o`rganadi? 10 Anatomiya fani nimani o`rganadi? 11. Fiziologiya fani nimani o`rganadi? 12 Sistematika deganda nimani tushunasiz? 13. O`simlik geografiyasi deganda nimani tushunasiz? 14. Hayot so`zini izoxlang? 15. Tirik organizmlar tashqi muhitsiz yashay oladimi?Nimaga? 16 Organizmlar bilan muhit o`rtasida qanday o`zgarishlar yuz berib turadi? 17. Biosenoz nima? 18 Biologiya f anining tadqiqot usullarini ayting? 19. Biologiya fanining muammosi nima? 20. Biologiya fanining tabiatni muxofaza qilishdagi va tibbiyotdagi ahamiyati niimada? Download 47.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling