Mavzu: Biomaromlar va tirik organizmlarning xayotiy shakllari
Download 10.18 Kb. Pdf ko'rish
|
MavzuEkalogiya
Mavzu:Biomaromlar va tirik organizmlarning xayotiy shakllari 1Ekologik vakt omili: .Tabiatdagi barcha tirik organizmlar ma’lum muhit sharoitlarida hayot kechiradilar. Tashqi muhit bilan jonli organizmlar o‘rtasida doimiy ravishda modda almashinuvi sodir bo‘lib turadi, bu esa organizmlarning hayotiy faoliyatini saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Jonli tabiatning fundamental xususiyatlaridan biri, undagi hayotiy jarayonlarning davriyligi bilan tavsiflanadi. Yerdagi barcha hayotiy jarayonlar hujayradan tortib biosferagacha ma’lum ritmga bo‘ysunadi. Tabiatdagi biologik ritmlar barcha jonli organizmlar uchun ichki (o‘zining hayotiy faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan) va tashqi xususiyatlarga bo‘linadi. Organizmlarda sodir bo‘ladigan biologik ritmlar ma’lum bir omillar Ta’sirida vujudga keladi. Shuning uchun ham biz ana shu omillar ustida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.Ichki davriylik. Bu organizmlarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlardir. Tirik organizmlarda kechadigan barcha fiziologik jarayonlar uzluksiz davom etmaydi.Tashqi (ekzogen) ritmlar. Tabiatda doimiy ravishda takrorlanib turadigan ana shunday muhim o‘zgarishlar jumlasiga, avvalo, Yerning quyosh atrofida, oyning esa yer va o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida kelib chiqadigan mavsumiy hamda sutkalik davriylik kiradi.Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida sayyoramizdagi ekologik omillar — harorat, bosim, namlik, yorug‘lik rejimi, havo, atmosferadagi elektromagnit maydoni, okeanlarning toshishi va qaytishi qonuniy ravishda o‘zgaradi, Bundan tashqari jonli tabiatga koinotdagi ritmlar, ya’ni quyosh faolligining davriy o‘zgarishlari ham ta’sir ko‘rsatadi2 Usimlik va xayvonlardagi sutkalik , oylik va yillik maromlar:Sutkalik ritmlar — yerning‘ o‘z o‘qi atrofida harakatlanishi natijasida hosil bo‘lgan mikroiqlim sharoitlari kompleksining qonuniy almashinib turishiga javoban organizmlarning o‘ziga xos adaptatsiyasidir. Sutkalik davriylikning xususiyati tinch holat va faol faoliyat davrining navbatlanib turishidan iborat. Ayrim tirik organizmlarda faol faoliyat kunning yorug‘ vaqtiga to‘g‘ri kelsa, boshqa jonli . individlarda kechkurunga to‘g‘ri keladi.Organizmdagi sutkalik ritm bir kecha-kunduzda davriy ravishda o‘zgarib turadigan muhit omillariga, ya’ni havo harorati va namlikka, shamol, yorug‘lik va shunga o‘xshash ko‘pgina murakkab omillarga moslashishdan iboratdir. Shuningdek, sutkalik ritm oziq topish sharoitlariga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biroq xuddi mavsumiy ritmda bo‘lgani kabi, sutkalik ritmda ham yorug‘lik asosiy signal (ogohlantirish) omili vazifasini o‘taydi. Shu bilan birga yorug‘ va qorong‘i paytlarning navbatlanib turishi ham alohida rol o‘ynaydi. Bu yorug‘lik tartibi sun’iy yo‘l bilan o‘zgartirish orqali isbotlanishi mumkin. Download 10.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling