Mavzu: bioreologiya


Download 1.93 Mb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1474154
1   2   3   4
Bog'liq
Bioreologiya

Sirt taranglik

  • Suyuqlik molekulalari suyuqlikning ichki hajmiga tortiladi. Shuning uchun suyuqlikning sirti tarang holga keladi,uni sirt taranglik deyiladi. Bu sirt molekulalarining o’zaro bog’lanishi tufayli yuzaga keladi. Sirt taranglik sirt taranglik koeffisenti bilan xarakterlanadi.
  • Sirt taranglik koeffisenti son jihatdan sirtni chegaralab turuvchi kontur uzunligiga ta’sir etuvchi sirt taranglik kuchiga teng.
  • Sirt taranglik koeffisentiga yana quydagicha ta’rif berish mumkin:Sirt taranglik koeffisenti son jixatdan mоlekulalarning sirtni xosil qilish uchun sarflaydigan ishini shu sirt yuzasiga nisbatiga teng :
  • Temperatura ortishi bilan molekulalar orasidagi masofa ortadi va ular orasidagi bog’lanish kamayadi, sirt taranglik koeffisenti kamayadi. Sirt taranglik koeffisenti va temperatura orasidagi bog’lanish quyidagicha ifodalanadi:
  • Kapillayarlik
  • Suyuqlik ingichka kapilyar naylarda menisk hosil qilib ko’tarilishi yoki pasayishi hodisasiga kapillyarlik deyiladi.
  • Suyuqlikning erkin sirti kapillyar naylarda botiq yoki qavariq sferik shaklda bo’lishi mumkin. Kapilyarlik hodisasi sirt taranglik hodisasiga asoslangan, bunda menisk ostidagi bosim suyuqlikning ustidagi gaz yoki bug’ning bosimidan p ga farq qiladi. ∆p – meniskning ko’tarilishi yoki pasayishiga sabab bo’ladi va u Laplas formulasi yordamida ifodalanadi
  • Bu yerda “+” meniskning qavariqligini belgilaydi va ho’llanmaydigan suyuqlik deyiladi. “-” ishora meniskning botiqligini va suyuqlikni ho’llaydiganligini ifodalaydi. R – menisk radiusining egriligi deyiladi.
  • Ho’llovchi suyuqliklar deb, shunday suyuqliklarga aytiladiki, bunda suyuqlik va idish devori molekulalari orasidagi o’zaro tortishish kuchi suyuqlik molekulalari orasidagi tortishish kuchidan katta bo’ladi. Aks holda ho’llanmaydigan suyuqliklar deyiladi. Menisska o’tqazilgan urinma bilan idish devori kesishiganda hosil bo’ladigan burchak ho’llaydigan suyuqliklar uchun o’tkir bo’ladi. Ho’llanmaydigan suyuqliklar uchun esa o’tmas bo’ladi.
  • Kapillyar naylarda suyuqlik ustining balandligi: Jyuren formulasi
  • Agar kichik diametrli qon tomiriga havo pufakchasi kirib qolsa, uning ikki tomonida menisk hosil bo’ladi. Natijada qo’shimcha bosim ostidagi havo pufakchasi qon harakatini to’sib qo’yadi. Bu hodisa havo emboliyasi deyiladi. Agar havo pufakchasi (masalan bosim keskin o’zgarganda, chuqurlikdan yuqoriga chiqqanda)qonda azot gazi hosil bo’lishi qon xarakatini to’xtab qo’yadi bu xodisaga gaz emboliyasi deyiladi.
  • Yurakning ishi Ayu chap qorincha bilan o’ng qorincha bajargan ishning yig’indisiga teng: Ayu=Ach+Ao’ng . Chap qorincha bajargan ish bosim kuchini yengishga va kinetik energiyagaga yani qonga tezlik berishga sarflanadi:
  • Yurakning quvvati 1sistolik davr uchun:

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling