Mavzu: bir soatlik to’garak mashg’uloti reja: kirish I bob. Yoshlar tarbiyasida musiqa san’atining ahamiyati i-1 To’garak haqida umumiy ma’lumotlar i-2 To’garak ishini tashkil etish va uning maqsadi II bob
II-2 To'garak rahbarining ish hujjatlari nimalardan iborat bo'lishi
Download 149 Kb.
|
1-SOATLIK to\'garak g\'ulomov
II-2 To'garak rahbarining ish hujjatlari nimalardan iborat bo'lishi
kerak To'garak jurnali. O'quv reja, mashg'ulot ishlanmalari va nazorat ishlari yig'ma jildi. Ommaviy tadbirlar yig'ma jildi. Mashg'ulot tahlillari yig'majildi. To'garak jurnali To'garak mashg'ulotlari jurnali muayyan to'garak guruhlarida o'tkaziladigan ta'lim-tarbiya ishlari va to'garak a'zolari kontingenti haqidagi ma'lumotlarni hisobini yuritishga mo'ljallangan o'quv pedagogik hujjatdir. Unda to'garakning nomi, o'tish joyi, vaqti, o'quv rejasi, madaniy-ommaviy ishlar rejasi, to'garak a'zolari haqida ma'lumotlar, o'quv ishlari hisobotlari, to'garak rahbarining hisoboti va bir qator muhim ko'rsatgichlar o'rin oladi. To'garak jurnalining saqlanish muddati 20 yil. "Barkamol avlod" bolalar markazi direktori va direktor o'rinbosari jurnallarning saqlanishini ta'minlaydilar hamda ularning to'g'ri yuritilishini muntazam nazorat qilib boradilar. 3 hatto 4 tagacha bo'lgan guruhlar uchun 1 ta jurnal tutish mumkin, buning uchun bu to'garaklarning rahbari bir kishi bo'lishi lozim. O'quv reja, mashg'ulot ishlanmasi va nazorat ishlari yig'majildi O'quv reja - namunaviy o'quv dastur asosida, hududning tabiiy geografik sharoiti hamda mahalliy aholining talablari, istaklari va milliy mentaliteti asosida ishlab chiqilgan, mavzularning ro'yxati va hajmi, ularni o'tish ketma-ketligi hamda nazorat qilish shakllarini o'zida mujassamlovchi asosiy ta'limiy hujjat. Mashg'ulot ishlanmasi (konspekt daftari) to'garak mashg'uloti mavzusiga oid ma'lumot va bilimlarni, shuningdek ilmiy va ta'limiy fikrlarning qisqa yozib olingan mazmuni, bayoni yoki ma'ruza matni hisoblanadi. Hozirgi kunda axborot kommunikasiya texnologiyalarining rivojlanib ketganligi, ularni hayotimizning har bir jabhasiga kirib kelganligini inobatga olib, konspekt daftari tutmaslik mumkin. Konspekt daftari o'rniga, har bir mashg'ulotga mo'ljallangan ishlanmalar jildini yuritish lozim. Buning uchun alohida papka ochiladi va o'tiladigan har bir mavzu bo'yicha ishlanma tayyorlanib, huddi konspekt daftari singari mashg'ulotdan oldin direktor o'rinbosari yoki o'quvchilarni ijodiy kamol toptirish guruhi rahbari tasdiqlashi lozim. Nazorat ishlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 11 maydagi 130-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 17-band ikkinchi xatboshisida "Markaz o'quv yili natijalari bo'yicha to'garak a'zolari bilim, ko'nikma va malakalarining maktabdan tashqari ta'limga qo'yilgan Davlat talablariga mosligini so'rovnomalar, seminarlar, ko'rik-tanlovlar, musobaqalar, testlar va boshqa shakllarda muntazam nazorat qilib boradi" deb ta'kidlangan. Demak to'garak a'zolari bilimlarining Dttlariga mosligi nazorat ishlari orqali aniqlanadi. Ya'ni ixtiyoriy faoliyati maktab va universitetlarida qo'shimcha, rivojlanish soatlar yoki alohida fanlar, so'rov bo'yicha tashrif buyurgan bo'ladi. repetitorlik bir analog. belgilangan muddat farqli o'laroq, bet muntazam maktab bir xil tarzda, guruh shaklida bo'ladi. normal ish vaqtidan tashqarida amalga oshiriladi. Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling