Mavzu: Bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalgan kuchlarni qo‘shish. Statika aksiomalariga oid masalalar echish


Download 315.95 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi315.95 Kb.
#1225094

Mavzu: Bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalgan kuchlarni qo‘shish. Statika aksiomalariga oid masalalar echish.


Nazariy mexanika kursi statika, kinematika va dinamikadan iborat uch qismga bo’linadi.
Statikada jismlarning muvozanati, ularga qo’yilgan kuchlarni sodda holga keltirish kabi masalalar bilan shug’ullanadi.
Kinematikada jismlarning harakati geometrik nuqtai nazardan, ya’ni harakatni vujudga keltiruvchi sababga bog’lamay o’rganiladi.
Dinamikada moddiy jismlarning harakati o’nga ta’sir etuvchi kuchlarga bog’liq ravishda tekshiriladi.
Tushuncha va tayanch iboralar
Absolyut qattiq jism, moddiy nuqta, kuchning yo’nalishi va miqdori, kuchning ta’sir chizig’i, kuchlar sistemasi, ekvivalent kuchlar sistemasi, teng ta’sir etuvchi kuch, muvozanat holat, muvozanatlashgan kuchlar sistemasi, statika aksiomalari, bog’lanish.
1-aksioma.Absolyut qattiq jismga qo’yilgan ikkita kuch muvozanatlashishi uchun bu kuchlar miqdor jihatdan teng, yo’nalishi esa kuchlar qo’yilgan nuqtadan o’tuvchi to’g’ri chiziq bo’ylab qarama-qarshi tomonga yo’nalgan bo’lishi zarur va yetarlidir.
2-aksioma. Berilgan kuchlar sistemasining absolyut qattiq jismga ta’sirini o’zgartirmay, bu kuchlar sistemasi qatoriga muvozanatlashgan kuchlar sistemasini qo’shish yoki undan ayirish mumkin.
3-aksioma. (parallelogramm aksiomasi). Jismning biror nuqtasiga qo’yilgan, bir to’g’ri chiziqda yotmagan ikki kuchning teng ta’sir etuvchisi miqdor va yo’nalish jihatdan shu kuchlarga qurilgan parallelogrammning kuchlar qo’yilgan nuqtadan o’tuvchi diagonali bilan ifodalanadi.
4-aksioma (Nyutonning uchinchi qonuni). Ikkita jism bir-biriga miqdor jihatdan teng va bir to’g’ri chiziq bo’ylab qarama-qarshi tomonga yo’nalgan kuchlar bilan o’zaro ta’sir etadi.
5-aksioma (qotish prinsipi). Agar deformasiyalanadigan jism muvozanat holatida absolyut qattiq jismga aylansa, uning muvozanati o’zgarmaydi
Masala: 1.1
Birining o’g’irligi 10 N, ikkinchisiniki 5 N bo’lgan ikkita tosh yuqori uchi qo’zg’almas nuqtaga biriktirilgan arqonning ikki nuqtasiga kattasi kichigidan pastroq qilib osilgan. Arqonning tortish kuchlari aniqlansin.
Masala: 1.2
Buksir ketma-ket ulangan katta-kichik uchta barjani tortmoqda. Buksir vintining tortish juchi shu paytda 18 kN ga teng. Suvning buksir harakatiga qarshiligi 6 kN ga teng; suvning birinchi, ikkinchi va uchinchi barjalar haraktiga qarshiligi, mos ravishda 6 kN, 4 kN va 2 kN. Barjalar bir-birlariga va buksirga ulashish uchun olingan arqon 2 kN cho’zuvchi kuchga xavsiz chidaydi, Agar buksir va barjalar to’g’ri chiziqli va teng o’lchovli harakat qilsa, buksirning birinchi barjaga, birinchi barjadan ikkinchi barjaga va ikkinchi barjadan uchinchi barjaga nechtadan arqon tortish kerak
Masala: 1.3
Og’irligi 640 N bolgan odam shaxtaning tubida turibdi; qo’zg’almas blokdan o’tkazilgan arqon yordami bilan 480 N yukni ushlab turadi. 1) Odam shaxta tubiga qanday bosim ko’rsatadi? 2) Bu odam arqon yordamida ko’pi bilan qancha yukni ushlab tura oladi?
Masala: 1.4
Poezd to’g’ri chiziqli gorizontal yo’lda o’zgarmas tezlik bilan harakatlanadi; poezdning elektrovozdan tashqari og’irligi 12 000 kN. Agar poezdning harakatiga bo’lgan qarshilik uning relisga ko’rsatadigan bosimining 0,005 qismiga teng bo’lsa, elektrovozning tortish kuchi qancha?
Download 315.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling