Mavzu: birja ishi mexanizmi. Reja: Birja faoliyati mexanizmi. Birja savdosini tashkil etish
Qimmatli qog’ozlar narxining kotirovkasi
Download 133.82 Kb.
|
Abdulhamid
Qimmatli qog’ozlar narxining kotirovkasi
Ekspert-kotirovka komissiyasi ishining muhim qismi qimmatli qog’ozlar narxini kotirovkalash sanaladi. Fond birjasida kotirovkalash – bu birjada tuzilgan bitimlar, shuningdek, bozor kon’yukturasini tavsiflovchi boshqa bozor axborotining (talab va taklifning o’zaro nisbati) narxini aniqlash va belgilashdir. Kotirovka birja kunining natijalari bo’yicha hamda savdo jarayonida (joriy yoki oraliq kotirovka) amalga oshirilishi mumkin. Bu birja savdolarining tezligiga, qimmatli qog’ozlar aylanmasining hajmiga bog’liq. Bitimlar kam tuzilganda faqat yakuniy kotirovka amalga oshiriladi, yirik birja savdolari bajarilganda esa, narxlar darajasini birja kuni mobaynida aniqlashga zarurat tug’iladi. Fond birjasida kotirovkaning roli bitimlarning turiga qarab har xil bo’ladi. Bitimlar, yuqorida ta’kidlanganidek, kassa bitimlariga yoki muddatli bitimlarga bo’linadi. Hozirgi kunda "Toshkent" RFBda real qimmatli qog’ozlar bilan savdolar qilinmoqda. Bunda ushbu qimmatli qog’ozlar narxini kotirovkalash ma’lumotnoma xususiyatiga ega bo’lib, birja savdolari ishtirokchilari uchun sotilayotgan va xarid qilinayotgan qimmatli qog’ozlar narxi darajasini aniqlashda mo’ljal bo’lib xizmat qiladi. Kotirovka fond birjasining Ekspert–kotirovka komissiyasi tomonidan avvalgi birja savdosining (masalan, kechagi kunning) natijasiga ko’ra amalga oshiriladi. Shunday qilib, kotirovka narxi mazkur birja savdosi uchun oldindan belgilanmagan bo’lib, bozorning kechagi holati haqida axborot beradi. Bu sotuvchilar va xaridorlarning birjadagi bozor holatini (sotilayotgan va xarid qilinayotgan qimmatli qog’ozlar narxi darajasini) to’g’ri aniqlash uchun juda zarur Ya’ni, agarda biz o’tgan birja kunining narxlari va ular shakllangan sharoitlar to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lsak, u holda bugungi narxlarning taxminiy darajasini etarli darajada aniq belgilashimiz mumkin bo’ladi. bunday bitim uchun belgilangan narx bo’lib qoladi. Shuni nazarda tutish kerakki, narxlar kotirovkasi tushunchasiga nafaqat talab va taklifning ta’siri ostida yuzaga keladigan bozor narxini aniqlash kiradi (tor ma’nodagi kotirovka). Kotirovka tushunchasi unga talab narxi, taklif narxi, birja kuni boshidagi narx va birja kuni yakunidagi narx, muayyan davrdagi narxlarning eng yuqori hamda eng past darajasi va shu kabilarning kiritilishini nazarda tutadi. Fond birjalaridan tashqari qimmatli qog’ozlar narxlarining kotirovkasi dilerlar tomonidan birjadan tashqari bozorda amalga oshirilishi mumkin. Qimmatli qog’ozlar kotirovkasi birja faoliyatining har bir kunida narhlarni aniqlash va belgilash hamda bu narhlarni birja byulletenlarida majburiy e’lon qilish mexanizmini ifodalaydi. Birja tomonidan ro’yhatga olingan shartnomalar bo’yicha qimmatli qog’ozlarni qo’ldan qo’lga o’tishi narhi birja kursi deyiladi. Narxlarni emitentlarning o’zlari tomonidan kotirovka qilinishi taqiqlanadi. Download 133.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling