Mavzu: birja ishi mexanizmi. Reja: Birja faoliyati mexanizmi. Birja savdosini tashkil etish


Toshkent RFBsi tarkibiy tuzilishi


Download 133.82 Kb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi133.82 Kb.
#1556826
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdulhamid

Toshkent RFBsi tarkibiy tuzilishi

  • Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi

  • Taftish komissiyasi

  • Kuzatuv kengashi

  • Boshqaruv

Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi boshqaruvi a’zolari investitsiya muassasalari bo’ladi
"Toshkent" Respublika fond birjasi ochiq aktsiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilganligi tufayli uni boshqarish organlarining tarkibi o’ziga xos xususiyatga ega. Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi boshqaruvning oliy organi hisoblanadi, bu faqat investitsiya muassasalari bo’lishi mumkin. Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishlari oralig’idagi davrda birjani boshqarish bilan Kuzatuv kengashi shug’ullanadi. Kengashning a’zolari Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan saylanadi. Birjaning joriy faoliyatini boshqarishni birja a’zolaridan tarkib topgan Boshqaruv amalga oshiradi, unga Rais boshchilik qiladi. Boshqaruv faoliyatini tekshiruvchi organ Taftish komissiyasi bo’lib, uning xulosalarisiz aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi Boshqaruvning yillik hisobotini tasdiqlash xuquqiga ega emas.
Qimmatli qog’ozlarning listing tadbirlari uchun hujjatlar
1. Listing tadbirini o’tqazish haqida ariza.
2. Ta’sis hujjatlari (o’zgartirish va qo’shimchalar bilan).
3. Korxonaning davlat ro’yxatiga olinganligi haqidagi guvohnomaning tasdiqlangan nusxasi
4. Davlat mulki qo’mitasining buyrug’i (agar AJ davlat korxonasining negizida tashkil etilgan bo’lsa).
5. Litsenziyani talab etadigan ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish uchun litsenziya.
6. Qimmatli qog’ozlarning qo’shimcha nashri to’g’risida qaror qabul qilinganligi haqida aktsiyadorlar umumiy yig’tlishi bayonnomasidan ko’chirma.
7. Depozitar xizmatlar ko’rsatilishi haqidagi shartnomaning nusxasi.
8. Qimmatli qog’ozlarning ro’yxatga olingan emissiya risolasi va avvalgi nashrlar qimmatli qog’ozlarining emissiya risolalari.
9. AJ qimmatli qog’ozlarining avvalgi emissiyalari to’g’risida ma’lumotnoma.
10. So’nggi uchta tugallangan moliya yili uchun yoki tashkil etilgan yildan boshlab har bir tugallangan moliya yili uchun izohli yozuvlar bilan buxgalterlik balanslari.
11. So’nggi uchta tugallangan moliya yili uchun yoki tashkil etilgan vaqt boshlab har bir tugallangan moliya yili uchun maoliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2–shakl).
12. So’nggi moliya yili uchun asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot (3–shakl).
13. So’nggi moliya yili uchun pul oqimlari to’g’risida hisobot (4–shakl).
14. So’nggi moliya yili uchun o’z sarmoyasi to’g’risida hisobot (5–shakl).
15. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumotnoma – so’nggi moliya yili uchun va ariza berilgan yildagi holatiga ko’ra balans (2–shakl)ga ilova.
16. Birja rasmiy ro’yxatiga kiritish haqida arizani berish oldidan so’nggi chorakning yakuni holatiga buxgalterlik balansi (1–shakl).
17. Birja rasmiy ro’yxatiga kiritish haqida arizani berish oldidan so’nggi chorakning yakuniy holatiga ko’ra moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2–shakl).
18. So’nggi tugallangan moliya yili va joriy yilning hisobot davri uchun auditorlik xulosalari.
19. Qimmatli qog’ozlarni joylashtirish yo’li bilan safarbar etiladigan mablag’lardan foydalanishning yo’nalishlari haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan biznes–reja yoki texnik–iqtisodiy asos loyixasi (qo’shimcha emissiya hollarida).
20. Reestr saqlovchi haqida ma’lumotlar.
21. Aktsiyadorlar reestri haqida umumiy ma’lumotlar.
22. Aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi organlariga kiruvchi shaxslarning ustav sarmoyasidagi ishtirokining ulushi ko’rsatilgan ro’yxati.
23. Eng yirik aktsiyadorlar ro’yxati (ustav fondining 5 foizidan ortiq ulushiga egalik qiluvchi).
24. Davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan qimmatli qog’ozlarni chiqarish yakunlari haqida hisobot.
25. Davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan so’nggi moliya yili uchun qimmatli qog’ozlar bo’yicha yillik hisobot.
26. Taqdim etilgan xujjatlarni ekspertizadan o’tkazish bo’yicha ko’rsatilgan xizmatlarning xaqi to’langanligi to’g’risida to’lov topshiriqnomasining nusxasi.
27. Emitentning xoxishiga ko’ra boshqa xujjatlar va ma’lumotlar.
28. Birjaning ekspert–tahlil boshqarmasiga ko’rib chiqish uchun amalda taqdim etilgan xujjatlar ro’yxati.
Qimmatli qog’ozlar listingi tadbiri qimmatli qog’ozlarni birja savdolariga kiritilishi tadbirlari ichida muhim o’rin tutadi. Qimmatli qog’ozlar birja rasmiy ro’yxatiga listing korxonalari toifasi bo’yicha kiritish uchun emitent yoki u vakolat bergan vositachi Listing komissiyasiga listing to’g’risida belgilangan shakl bo’yicha ariza beradi. Doimiy faoliyat ko’rsatuvchi Listing komissiyasi listing korxonalarining qimmatli qog’ozlarini tanlab olish va listingga kiritish uchun maxsus tashkil etilgan. Ariza birlamchi listingga ham, shuningdek, qo’shimcha emissiya listingiga ham berilishi mumkin. Birlamchi listing haqidagi arizaga emitent birja tomonidan tasdiqlangan ro’yxatga muvofiq hujjatlar va axborotlarni ilova qilishi zarur.
Qimmatli qog’ozlar listingi va unga ilova qilinadigan xujjatlar birjaning Listing komissiyasi tomonidan 30 taqvim kunida ko’rib chiqiladi. Komissiya birjaning xodimlaridan tarkib topgan bo’lib, unga Boshqaruv a’zolari safidan saylangan rais etakchilik qiladi. Listing komissiyasi emitentning moliyaviy ahvolini ekspertiza qiladi va qimmatli qog’ozlarni u yoki bu toifa bo’yicha birja rasmiy ro’yxatiga kiritish mumkinligi haqida xulosa chiqaradi.
Listing komissiyasi unga kelib tushgan xujjatlarni birinchi marta tekshirib chiqqandan so’ng, ularni ekspertizadan o’tkazish uchun ekspert – tahlil boshqarmasiga topshiradi. Ushbu boshqarma emitentning moliyaviy – xo’jalik faoliyatini tahlil qiladi. Ekspertiza birjaning ekspertlari tomonidan o’tkaziladi, ammo zarur hollarda tashqi ekspertlar, shuningdek, mustaqil auditorlik tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin. O’tkazilgan ekspertizalar asosida emitentning moliyaviy ahvoli to’g’risida rasmiy xulosa tayyorlanadi va u ko’rib chiqish uchun Listing komissiyasiga topshiriladi.
Listing komissiyasi rasmiy xulosani ko’rib chiqadi va birjaning Boshqaruviga mazkur emitentning qimmatli qog’ozlarini birja rasmiy ro’yxatiga kiritilishi mumkinligi haqida tavsiyalar beradi. Listing komissiyasi Boshqaruvga emitentning qimmatli qog’ozlarini birja rasmiy ro’yxatiga listing, listing arafasi, listingdan tashqari toifalar bo’yicha kiritish yoki ularni birja rasmiy ro’yxatiga kiritishdan bosh tortishni tavsiya qilishi mumkin. Listing komissiyasining tavsiyalari asosida Boshqaruv bir hafta ichida mazkur masala bo’yicha yakuniy qaror qabul qiladi.
“Toshkent" Respublika fond birjasining yig’ma fond indeksi Tashkent Aggregate Stock Exchange – Index (“TASIX” – “Taciks”)
2000 yilning boshida "Toshkent" Respublika fond birjasi (RFB), "Toshkent" RFB yig’ma fond indeksi to’g’risidagi nizomni ishlab chiqdi va qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat etish markazi bilan kelishgan holda tasdiqladi.

Download 133.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling