Mavzu: birja ishi mexanizmi. Reja: Birja faoliyati mexanizmi. Birja savdosini tashkil etish


Brokerlik joylari uchta usul bilan sotib olinishi mumkin


Download 133.82 Kb.
bet7/9
Sana18.06.2023
Hajmi133.82 Kb.
#1556826
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdulhamid

Brokerlik joylari uchta usul bilan sotib olinishi mumkin
bevosita fond birjasidan, birja savdolari orqali, birja savdolarisiz
Brokerlik joyini bevosita fond birjasidan sotib olish. Mazkur usul haridor tomonidan brokerlik joyini sotib olish istagi to’g’risidagi arizaning berilishini nazarda tutadi. Birja ushbu arizani 10 kunlik muddatda ko’rib chiqadi. Boshqaruv ijobiy qaror qabul qilgan hollarda birja va haridor o’rtasida shartnoma tuziladi. Shartnomada tomonlarning xuquq va majburiyatlari, bitimning ayrim boshqa shartlari kelishib olinadi. Brokerlik joyi uni harid qilish vaqtida Boshqaruv tomonidan belgilangan narxda sotib olinadi. "Toshkent" birjasining fond bo’limi va "Toshkent" RFBning vujudga kelishi davrida aksariyat ko’pchilik hollarda brokerlik joylari bevosita birjadan sotib olindi.
Brokerlik joyini birja savdolari orqali sotib olish. Bunday holatda brokerlik joyini sotib olishni istovchi shaxs birja savdolariga ruxsat etilgan broker bilan brokerlik joyini birja savdolarida sotib olish to’g’risida topshiriq shartnomasini tuzadi. Broker tomonidan brokerlik joyini harid qilish to’g’risidagi topshiriq bajarilganidan so’ng haridor brokerga (kelishuvlarga ko’ra) va fond birjasiga vositachilik haqini to’laydi.
Brokerlik joylarini birja savdolari orqali sotish umumiy asoslarda "Toshkent" RFBda qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni bajarishning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Brokerlik joyini birja savdolari orqali sotishni xohlovchi shaxs fond birjasiga joyni savdolarga qo’yish haqidagi arizani, uning narxi cho’liq to’langanligini tasdiqlovchi xujjat (brokerlik joyiga sertifikat), mazkur joy zamirida garov majburiyatlarining yo’qligi xaqida kafolatnomani taqdim etishi, shuningdek, fond birjasini o’zining oldidagi biror–bir bajarilmagan majburiyatlarnish (bajarilgan bitimlar bo’yicha vositachilik xaqlari, jarimalar, penyalar va h.k.) yo’qligini tasdiqlashi zarur. Ushbu vaziyatda bro¬kerlik joyining narxi sotuvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda belgilanadi. Brokerlik joyining narxiga qo’shimcha qiymat solig’i ham qo’shiladi.
Brokerlik joyini birja savdolarisiz harid qilish. Agar so-tuvchi va haridor bir–birini mustaqil ravishda topsa, oldi–sotdi bitimini rasmiilashtirish uchun brokerlik joyining birja savdolariga quyilishi talab etilmaydi. Ular o’rtasida birja tomonidan tasdiqlangan namunaviy shakl bo’yicha brokerlik joyini oldi–sotdi shartnomasi tuziladi. Ushbu shartnoma ro’yxatga olish va brokerlik joyini qayta rasmiylashtirish uchun birjaga topshiriladi. Bunda birjaga shartnomani birjada ro’yxatga olish vaqtida birjaning Boshqaruvi tomonidan belgilangan brokerlik joyi kiymatining o’rnatilgan miqdorida ro’yxatga olish yig’imi to’lanadi. Ro’yxatga olish yig’imi birjaga kelishuvlarga ko’ra yo sotuvchi tomonidan, yo bo’lmasa, haridor tomonidan to’lanadi. Ushbu holat shartnomada aks ettiriladi va bunda ro’yxatga olish yigimining summasi brokerlik joyining qymatiga kiritilishi mumkin.



Download 133.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling