Mavzu: Birlamchi diagnostika (tashxis)
Massajga tayyorgarlik Massajni oʻtkazish uchun logoped quyidagi materiallarga ega boʻlishi kerak
Download 10.66 Kb.
|
Masaj slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Massajning asosiy usullari
Massajga tayyorgarlik Massajni oʻtkazish uchun logoped quyidagi materiallarga ega boʻlishi kerak:Himoya maskasi(infeksiyalarni yuqtirmaslik maqsadida taqiladi): Bolaning terisi massaj paytida toza boʻlishi kerak. Logopedning qoʻllari toza, tirnoqlari olingan boʻlishi va massajdan oldin krem bilan barmoqlar yumshatiladi. Sterillangan tibbiy rezinali qoʻlqoplar (ogʻiz boʻshlig’ini massaj qilishda ishlatiladi); Nashatir spirti va 3 % li pereks vodorodi (tez yordam koʻrsatish lozim boʻlganda ishlatiladi); Tibbiy spirt (shpatel va zontlarni dizinfeksiya qilish uchun) Sterillangan salfetkalar 30x30 sm (artikulyatsion apparat muskullari tonusi xolatini tekshirish uchun); Massajdan soʻng ogʻiz boʻshligʻi muskullarini bola aralashmada chayish Bola teks joyda toʻgʻri yotadi, qoʻllari gavda boʻylab choʻzilgan, oyoqlari egilgan. Boshi tagida katta katta boʻlmagan tekkis yostiq. Logoped bolaning bosh tomonida turadi. Bola teks joyda toʻgʻri yotadi, qoʻllari gavda boʻylab choʻzilgan, oyoqlari egilgan. Boshi tagida katta katta boʻlmagan tekkis yostiq. Logoped bolaning bosh tomonida turadi. Massaj vaqtida gavda holati Massajni boshlashdan oldin bolaning gavdasi toʻgʻri holatda boʻlishi, muskullarning boʻshashiga, erkin nafas olishiga yordam beradi. Logopedik massaj davomida quyidagi xolatlarda boʻlishi maqsadga muvofiqdir: Massajning asosiy usullariUqalash Silash: yuzaki, chuqur silash, barmoqlar bilan silash. Ezish Tebratish Kuchli bosish Silash – bu asosiy usul boʻlib, har bir muolajada silashdan oldin boshlanadi. Silash usuli massaj davomida boshqa usullar bilan almashtirib boriladi va yana silash bilan tugatiladi. Silash davomida qon aylanish yaxshilanadi. Muskullar tonusi pasayadi, nafas toʻgʻirlanadi. Logopedik massajda asosan 3 ta silash usuli qoʻllaniladi: Yuzaki, chuqur, barmoqlar tirnab silash. A) Yuzaki silash – bu bir muncha murakkab usul hisoblanadi. Bu usul yuz muskullari va artikulyatsion musullar tonuslarini pasaytirishga qaratiladi. Bajarish texnikasi: Logopedning barmoqlari (panjasi) teri boʻylab yumshoq harakat qiladi. Qoʻlning teri bilan bogʻliqligi muloyim boʻlib, bola bu harakatni arang sezadi. Bu harakat bola terisida qizarish kabi reaksiyani keltirib chiqarmasligi kerak. Yuzaki silashni sekin va ritmik holda bajarish lozim. B) Chuqur (ilib oluvchi) silash intensiv usullardan boʻlib, chuqur joylashgan muskul va tomirlar retseptorlariga taʼsir etish uchun qoʻllaniladi. Maʼlum darajada markaziy nerv sistemasiga qoʻzgʻatuvchi taʼsir etadi. Bajarish texnikasi: Qoʻl panjalari massaj qilinayotgan boʻyin va yuz qisimlarida zich, teks holda harakatlanishi kerak. Harakat uzluksiz va sekin davom etadi. V) Barmoqlar bilan tirnashli silash. (Grableobraznoye) – bu usul boshning soch qismini massaj qilishda oʻtkaziladi. Bajarish texnikasi: Bu xarakatni bajarishda barmoqlar keng ochilgan boʻlishi kerak. Massaj zich – aylana shakllarida oʻtkaziladi. Download 10.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling