Mavzu. Bitiruv malakaviy ishlarining maqsadi va vazifalari


 Bitiruv malakaviy ishga bo`lgan talablar


Download 393.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.03.2023
Hajmi393.14 Kb.
#1286530
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-maruza-BITIRUV-MALAKAVIY-ISHLARINING-MAQSADI-VA-VAZIFALARI.

 
1. Bitiruv malakaviy ishga bo`lgan talablar- Bitiruv malakaviy ish mustaqil tadqiqot bo`lib, 
bunda talabaning tanlangan mavzu bo`yicha chuqur bilimlarga egaligini, uning mutaxassislik 
bo`yicha umumiy tayyorgarligini, to`plangan materiallami tahlil qila olish ko`nikmasini, turli 
kuzatishlami umumlashtirish, imkon darajasida defektologiya sohasidagi, defektologiya fanini 
umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta'Iimida o`qitish bilan bog`liq muammolar 
yechimlariga chiqa olishini namoyon etishi lozim. BMI mualifning o`qish davrida umumkasbiy 
va mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy va amaliy bilimlarini tizimlashtirishga, 
mustahkamlashga va kengaytirishga bo`lgan qobiliyatini, bu bilimlarni BMI da qaralayotgan 
muammolarni yechishda tatbiq etishi, talabaning mutaxassislik bo`yicha mustaqil ishlashga 
tayyorgariik darajasi haqida dalolat berishi kerak. Bitirav malakaviy ish mavzusi bitiravchining 
bo`lg`usi mutaxassisligiga mos kelishi lozim. Alohida hollarda, defektologiya bo`yicha ilmiy 
tadqiqotlarida mustaqil natijalarga erishgan iqtidorli talabalarga defektologiya fanining 5 
fundamental yo`nalishlaridan BMI himoya qilishga ruxsat beriladi. Bitirav malakaviy ish 
talabaning defektologiya fani yoki umumiy o`rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar 
kollejlarida defektologiya o`qitish bo`yicha dolzarb muammoni tadqiq etish malakasi va qobiliyati 
mavjudligini tasdiqlashi kerak. Bitirav malakaviy ish quyidagj bo`limlardan tashkil topishi shart:
-Kirish, bunda o`rganilayotgan (tadqiq etilayotgan) muammoning dolzarbligi va mohiyati 
ochib berilishi lozim;
- BMI mavzusi bo`yicha adabiyotiar tahlili (tavsiloti), bunda ishda qaralayotgan munozorali 
savollarga turli fikrlarnihg mavjudligi yoritilishi va muallifning bu savollarga munosabati 
shakllantirilishi lozim, muailifning shu savollar bo`yicha fikri asoslanishi lozim;'
- Tadqiqot ob'ekti va predmetining xarakteristikasi;


- Tadqiqot metodlari xarakteristikasi (modellar, statistik hisob-kitoblar);
- Tadqiqot bajarilishi bosqichlarining yoritilishi; - Tadqiqot natijalari xarakteristikasi va 
ularning interpretatsiyasi;
- xulosa, bunda bajarilgan ish bo`yicha konkret natijalar va ularni amalga oshirish bo`yicha 
takliflar aks etishi kerak. BMIni rasmiylashtirish ushbu metodik ko`rsatmaning mos bo`limlarida 
keltirilgan talablarga javob berishi kerak. 

Download 393.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling