Biznes-modellashtirish asoslari
Bugungi kunda tashqi muhit omillarining yuqori dinamikasi, tovarlar va xizmatlarning hayotlik tsiklining qisqarishi, shuningdek bozorda mustahkam o’rin egallashga yo’naltirilgan uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqishga nisbatan qisqa davrlarga mo’ljallangan samarali biznes-tuzilmalarni shakllantirishga o’tish, zamonaviy strategik menejmentda biznes-modellashtirish mavzusining har qachongidan ko’ra dolzarb ahamiyat kasb etishiga olib keldi. Biznes-model tushunchasiga berilayotgan ta’riflarda ketma-ketlik va aniqlikning etishmasligi doimiy chalkashliklarni keltirib chiqaradi, bu esa biznes-modellashtirish sohasida yaxlit tizimlashtirilgan tadqiqot yo’nalishining shakllanishiga to’sqinlik qiladi. 1-jadvalda biznes-modelning eng keng tarqalgan ta’riflari keltirilgan.
Umuman olganda, Derek Abella mantig’iga asoslangan holda, biznes-modelni kompaniyag quyidagi uchta savolga bergan javoblarining jamlanmasi sifatida talqin qilishimiz mumkin:
1. Bizning maqsadli mijozlarimiz kimlar?
2. Biz maqsadli iste’molchilarga qanday tovarlar (xizmatlar) ni taklif qilishimiz kerak va ular boshqalardan qanday farq qilishlari kerak?
3. Buni maksimal samaradorlik bilan qanday amalga oshiraman?
Muayyan kompaniya nuqtai nazaridan optimal biznes-modelini yaratish uchta asosiy bosqichdan iborat. Birinchi bosqich biznesning muvaffaqiyati biznes-model haqidagi fikrlardan emas, balki haqiqiy iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari haqidagi fikrlardan boshlanishi lozimligini anglatadi. Ikkinchi bosqich - kompaniyaning yuqorida ko’rsatilgan imkoniyatlarni amalga oshirish orqali rejalashtirilgan daromad darajasiga qay tarzda erishishi mumkinligini tasavvur qilishga imkon beruvchi andoza ishlab chiqishdan iborat bo’ladi.Uchinchi bosqich faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarga taalluqli bo’lgani holda, yuqoridagi ikki bosqichda shakllantirilgan vazifalarni to’la-to’kis amalga oshirish etish uchun mavjud modelni qay darajada o’zgartirish lozimligini anglab etishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |