Mavzu: Biznes huquqi munosabatlarida javobgarlik. Reja: Biznes munosabatlaridagi javobgarlik tushunchasi
Download 40.22 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Naf keltirmaydigan bitim
Bitim tuzish – bu bitimning barcha shartlari bo`yicha shaxs (taraf)ning o`z erkini qonunda nazarda tutilgan tarzda ifodalashidir.
Quyidagi ikki shartga rioya qilgandagina bitim to’zilgan hisoblanadi: - bitimning barcha shartlari bo`yicha erk-iroda ifodalangan bo`lishi kerak; - erkning ifoda etilish shakli bitimlarga qo`yilgan barcha talablarga javob berishi kerak. Bitim to’zish natijasida davlatning iqtisodiy manfaatlariga katta zarar yetkazadigan har qanday bitim naf keltirmaydigan bitim deb hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi manfaatlariga xilof ravishda bitim to’zish natijasida ko`p miqdorda zarar yetkazish jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanadi. Ko`p miqdordagi zararni aniqlashda «zarar» tushunchasi jinoyatkorona qilmishdan ko`rilgan zararnigina o`z ichiga olishini nazarda tutmoq lozim. Zarar miqdorini aniqlashda O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim to’zish tufayli boy berilgan naf etiborga olinmaydi. Ammo bitim to’zish davlat manfaatlariga ko`p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo`lsagina, qilmish O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175-moddasi bilan javobgar qilishga asos bo`ladi. Agarda yetkazilishi mumkin bo`lgan zarar ko`p mikdorni tashkil qilmasa, ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni tashkil etmaydi. Zarar eng kam oylik ish haqining yo’z baravaridan uch yo’z baravarigacha bo`lsa ko`p miqdor hisoblanadi. Har bir ish bo`yicha zarar miqdori tergov organi yoki sud tomonidan belgilanadi3 va modda mazmuniga ko`ra: haqiqiy zarar, yani davlat o`zining bo’zilgan manfaatlarini tiklashi uchun qilgan yoki kelajakda qiladigan xarajatlariga; boy berilgan foyda, yani fuqarolik oborotidan olinmay qolgan daromadga asoslanishi lozim. Ushbu jinoyat faqat to`g`ri qasd bilan sodir etiladi. Mansabdor shaxs bitim to’zilgunga qadar uning Respublika manfaatlariga naf keltirmasligini bilishi kerak. Naf keltirmaydigan bitim deganda, shartlari davlat manfaatlariga zid keluvchi bitimni tushunish zarur (masalan, mahsulot yetkazib berish bahosining aniq pasaytirilganligi yoki mahsulotni olish, uni transportda tashish narxlarini aniq oshirib ko`rsatish; davlat mulkini tasarruf qilishda past narxlash, O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy sanksiya qo`llagan rezidentlar bilan savdo operasiyalarini amalga oshirish va hokazolar). Bitimning O`zbekiston Respublikasi manfaatlariga zid to’zilganligi ishga tegishli mutaxassislar jalb qilinib aniqlanishi lozim. Agar mansabdor shaxs o`zining sovuqqonligi orqasida shunday bitim to’zsa, uning hatti-xarakati Jinoyat Kodeksining 207-moddasiga binoan mansabga sovuqqonlik bilan qarash deb baholanadi. Jinoyatning motiv va maqsadi uning kvalifikasiyasiga tasir qilmaydi. Davlat organi, mulkchilik shaklidan qatiy nazar korxona, muassasa, tashkilot yoki jamoat birlashmasining mansabdor shaxsigina ushbu jinoyatni sodir qilishda aybdor deb topilishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175-moddasi 1-qismiga ko`ra, davlat organining, mulkchilik shaklidan qatiy nazar, korxona, muassasa, tashkilotning, jamoat birlashmasining mansabdor shaxsi tomonidan naf keltirmasligi ayon bo`lgan bitimni to’zish respublika manfaatlariga ko`p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo`lsa, eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha ahloq to’zatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi. O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim to’zishda aybdor bo`lgan mansabdor shaxs qilmishni: a) takroran, b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, v) juda ko`p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etgan bo`lsa, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175-moddasi 2-qismi bilan javobgarlikka tortiladi hamda eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yo’z baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorda qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo`llanilmaydi. Download 40.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling