Xulosa
Kuzatuv institutining joriy etilishidan koʻzlangan maqsad kreditorlar manfaatlarini himoya qilish, qarzdor mol-mulkini talontaroj qilinishini oldini olish va qonunda belgilangan vakolatlarni amalga oshirishdan ibo¬rat. Kuzatuv bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilganda iqtisodiy sudi qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishiga qabul qilingan sanadan eʼtiboran joriy etiladi va bu haqda sud ajrimida koʻrsatiladi. Kuzatuv joriy etilgan paytdan boshlab mulkiy un¬diruvlar boʻyicha ijro hujjatlarini ijro etish qonunda belgilangan tartibda toʻxtatib turiladi; qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) uning tarkibidan chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-mul¬kidan ulushni (payni) ajratish haqidagi talablarini qondirish va emissiya qimmatli qogʻozlari boʻyicha divi¬dendlar va boshqa toʻlovlar toʻlash taqiqlanadi
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi: Rasmiy nashr – Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. – T.: “Adolat”, 2018-y. – 376 b.
2. Ibratov B.I. Tadbirkorlik huquqi. – Toshkent: Moliya, 2001. - 218 b.
3. Tadbirkorlik huquqi. Darslik. 1-2 tom. Sh.N. Roʻzinazarov va boshqalar. – Toshkent: Konsauditinform, 2002.
Internet manbalar
http:// www.lex.uz
http: // www.gov.uz
http:// www.law.uk.edu
http:// www.legislature.ru
http: // www.norma.uz
http: // www.openinfo.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |