Mavzu: biznes samaradorligi muammolari


Biznes va tadbirkorlik xatarlari va ularni kamaytirish


Download 70 Kb.
bet2/3
Sana07.02.2023
Hajmi70 Kb.
#1172816
1   2   3
Bog'liq
7-Mavzu Biznes samaradorligi muammolari

Biznes va tadbirkorlik xatarlari va ularni kamaytirish tadbirlari

Bozor iqtisodiyoti tasodiflardan xoli emas. Bozorda faoliyat ko`rsatayotgan firmalar har xil vaziyatga tushib qolishi mumkin. Firmaning ishi yurishib, tezda boy firmaga aylanishi yoki zararga yo`liqib, bor-budidan ayrilib qolishi ham hech gap emas. Tadbirkorlik xatari ham mana shunda. Bu xatarni bartaraf etib bo`lmaydi, ammo uni kamaytirish mumkin. Buning uchun biron ishga qo`l urishdan avval uning ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olish talab qilinadi.


Doimiy xatar xavfi firmalarni hushyor tortishga majbur qilib, ziyraklik talab qiladi.
Firmaning o`z foydasi, hatto kapitaldan ajralib qolishi ehtimoli tadbirkorlik xatari deyiladi.
Хatar, birinchidan, firma ishini o`quvsiz yuritishdan, ikkinchidan, firmaga bog`liq bo`lmagan holda vaziyatning o`zgarishidan, ya`ni bozorda noaniqlik bo`lishidan kelib chiqadi. Bozordagi resurslar va tovarlar narxining kutilmaganda o`zgarishi, iste`molchi va sheriklarning aynib ketishi, soliqlar va boj pulining o`zgarishi, xalqaro vaziyatning keskinlashuvi kabilar xatarni yuzaga chiqaradi. Хatarni oldindan bilish yoki uni engib o`tish hamma firmaning ham qo`lidan kelavermaydn. Firmalar xatarini uch turga bo`lish mumkin.
1. Ishlab chiqarish xatari. Bu mo`ljallangai hajmda va kerakli turdagi tovarlarni yaratishga raxna soluvchi xavf-xatar, masalan, firma bozorga 10 million so`mlik mol chiqarishga jazm qilgan bo`lsa, vaziyat o`zgarishi bilan u 8 million so`mlik tovar chiqara oladi.
2. Tijorat xatari. Bu mo`ljallangan resurslarni bozordan ola bilmaslik va tovarlarni kutilgan miqdor va narxda sota bilmaslik xatari. Masalan, firma 100 ming dona tovar chiqarib, uning har birini 5 ming so`mdan sotishni ko`zlagan bo`lsayu, tovarni 100 ming o`rniga 40 ming dona chiqarsa yoki uni 5 ming so`m o`rniga 4,5 ming so`mdan sotsa, natijada faqat savdoning o`zida ma`lum bir ziyon ko`rdi.
3. Moliyaviy xatar. Bu firma moliya bozorida va soliq to`lash soxasida yo`liqadigan xavf-xatardir. Aytaylik, firma mo`ljallagan kreditni ola bilmaydi, foizi ortib ketadi, firma aktsiyasining narxi tushadi, davlatdan moliyaviy yordam tegmay qoladi, natijada firma xatar girdobiga tushib qoladi va hokazo.
Yuqorida aytilganidek, bozorda faoliyat ko`rsatayotgan har qanday firmaga xatar soya tashlab turadi. Undan tamoman qutulish mumkin bo`lmasada, uning ta`sirini kamaytirish imkoni bor va bu firmaning o`ziga bog`liq. Хatarning eng halokatlisi bankrot bo`lish, sinish xavf-xataridir.
Bironta ishga pul sarflashdan oldin zarar ehtimolini imkoni boricha kamaytirishning har xil yo`l-yo`riqlari ishlab chiqiladi. Eng avval firma xatarini chetlab o`tish yo`llarini axtaradi, qaerga, qancha pul qo`yish, qaysi sohada ish boshlashdan oldin qayerlarda ish qanday ketayotganligi o`rganiladi, axborot to`planadi. Axborot tovar narxi, savdo hajmi, raqobatchilik vaziyati, xarajatlar darajasi, bozorning kengayishi imkoniyati, resurslar narxi, reklama holati va boshqa sohalarni qamraydi, Shularni tahlil etib, pul qo`yish yoki qo`ymaslikka qaror qilinadi. Bunda sinalgan yo`llardan biri - pul foyda ko`p bo`lmasada, xatari eng kam ishga qo`yiladi. Boshqa yo`l tadbirkorlik xatarini sug`urtalash hisoblanadi. Bu yo`l tanlanganida sug`urta puli kutiladigan foydadan ma`lum darajada kamroq bo`lishi lozim, aks holda zarar qilish mumkin. Masalan, firma 5 million so`m kapital sarflab, shundan 500 ming so`m (foyda ko`rsa, sug`urta puli 300 ming so`m bo`lishi kerak. Shunda biror hol ro`y berganda firma 200 ming so`m (500-300-200) foyda ko`radi. Agar sug`urta puli foydani yo`qqa chiqarsa, xatar saqlanib qoladi. hozirgi sharoitlarda investitsiya diversifikatsiya etiladi, ya`ni pul har xil sohalarga qo`yiladi. Chunki, bir ishda zarar ko`rilsa, boshqasida foyda tegishi mumkin. Bu usul ayniqsa aktsiya sotib olishda qo`l keladi. Masalan, 100 million so`m pulga 5 ta firma aktsiyasini olish mumkin.
Хatarni qisqartirish uchun firmalar o`z faoliyatini chegaralaydilar, ish hajmi va sarf-xarajatini ma`lum me`yordan oshirmaslikka intiladilar. Masalan, firma vaziyatni hisobga olib, har bir tovar uchun ketgan sarf-xarajatni 500 so`m bilan chegaralangan holda 5 million dona tovar chiqaradi va ularnnng har birini 750 so`mdan sotadi. Agar xarajat oshib ketsa yoki tovar ko`p chiqarilib, sotilmay qolsa, zarariga ishlash mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Download 70 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling