Mavzu: biznes va uning turlari


Tavakkalchilikni o‘lchash uslublari


Download 33.11 Kb.
bet4/5
Sana23.03.2023
Hajmi33.11 Kb.
#1290009
1   2   3   4   5
Bog'liq
4. BIZNES VA UNING TURLARI.

Tavakkalchilikni o‘lchash uslublari.
Tavakkalchilikni baholashda taxminiy hisoblar uslubiy asos sifatida qabul qilinadi. Xo‘jalik tavakkalchiligi tavsifiy elementlarining o‘zini namoyon qilish shakllari yaxshi va yomon natijalar kelib chiqishi extimolining bir xilligi bilan belgilanadi. Bu turdagi extimollik me’yorlashgan oraliqda noldan (to‘la muvaffaqiyatsizlik) to birgacha (100% to‘la muvaffaqiyat) o‘zgaradi va aynan u tavakkalchilik darajasini belgilaydi.
Tavakkalchilik darajasining o‘lchovi tavakkalchilik koeffitsiyenti yordamida aniqlanadi1 (tavakkalchilik,indeksi)
bu yerda: M -salbiy noaniqlik ko‘rsatkichlarining kutilgan miqdori ya’ni taxminiy zarar miqdori.
M* - ijobiy noaniqlik ko‘rsatkichlarining kutilgan miqdori, ya’ni ishbilarmonlikning rejalashtirilgan daromadi yoki foyda.
Ijobiy sohada xodisaning yuz berish extimoli oshsa, tavakkalchilik kamayadi, qolaversa, ijobiy sohada daromadlar ko‘paysa yoki salbiy sohada yo‘qotishlar kamaysa ham tavakkalchilik kamayadi. Aks holda tavakkalchilik ortib boradi. Tavakkalchilik koeffitsiyenti bu sohadagi o‘zgarishlarni hisobga olingan noaniqlik chegarasida aks ettiradi.
Tavakkalchilik koeffitsiyentini qo‘llab tavakkalchilikning empirik shkalasini tuzish mumkin. Agar berilganlar yetarli bo‘lsa, unda real iqtisodiy sharoit uchun tavakkalchilik koeffitsiyentining miqdori qanday bo‘lishi kerakligini aniqlash mumkin.
Tavakkalchilikga baxo berishda ko‘p turli statistik, xisob analitik va ekspert uslublariga asoslangan usullardan foydalanadilar. Statistik usul amaldagi hollarda yuz bergan yo‘qotishlar dinamikasini ko‘zatishga imkon yaratadi va ular asosida, yoki zarar ko‘rish extimolligining egri chizig‘i chiziladi, yoki tavakkalchilik harajatlarining miqdor ko‘rsatkichi topiladi. Ekspert usuli ekspert yordamida baholash nomi bilan mashxur. U mutaxassislarni, tajribali ishbilarmonlarni jalb qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar analitik ekspertizani bir necha ekspertlar olib borsa, ularning har biri tavakkalchilik extimoli va yo‘qotish saviyasini o‘zi alohida baholashi kerak. Shundan keyin o‘rtacha miqdorlar hisoblanishi mumkin. Bu ma’lumotlar daromadni yo‘qotish saviyasining ekspertizaviy egri chizig‘ini ko‘rish uchun ishlatilishi mumkin.
Tavakkalchilik elementlari bilan bog‘liq qarorlarni tanlash va amalga oshirishga ta’sir qiluvchi omillar.
Tavakkalchilikda hisobga olinishi zarur bo‘lgan va xavf-xatarni keltirib chiqaradigan muhim omillar quyidagilardir: tadbirkorlik sohasi; tabiiy ofat; o‘g‘irlik; reket; biznes rejani shakllantiruvchi shaxslarning omilkorlik darajasining pastligi, biznes bo‘yicha sheriklarning vijdonsizligi yoki mol-mulksizligi. Shartnomada aldanish xavfi yoki qarzdorning to‘lash qobiliyati yo‘qligi xodisasi bilan duch kelish, qarzni qaytarmaslik va boshqalar haqikatda yuz berishi mumkin bo‘lgan xodisalardir. Yuqorida keltirilgan omillar muqobil taktikaviy qarorlarni tavakkalchilik elementlarini hisobga olgan holda tanlashda so‘zsiz o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu ta’sir ikki xil namoyon bo‘ladi. Birinchidan, xo‘jalik vaziyatining elementlarining o‘zaro ta’sirlashuvi orqali vaziyatning rivojlanish jarayonida taktik qarorlar qabul qilinadi va amalga oshiriladi. Ikkinchidan, ta’sir ishbilarmon va biznesdagi boshqa ishtiroklarning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq elementlar orqali namoyon bo‘ladi. Qaror qabul qilishda salbiy omil bo‘lib vaziyat qo‘ygan masalaning murakkabligi va yangiligi hisoblanadi. Bu ko‘p hollarda ishbilarmonni sarosimaga soladi, ba’zida qo‘rquv samarasini bunyod etadi, ma’lumotlarni ratsional tahlil qilish va amalda to‘g‘ri qaror qilish imkonidan maxrum qiladi. Bu ayniqsa, xavf-xatar yuqori bo‘lgan holda yaqqolrok ko‘zga tashlanadi. Biroq, bir qator hollarda, ishbilarmon tavakkalchilik elementlari bilan bog‘lik bo‘lgan xo‘jalik qarorlarini o‘z xis-tuyg‘ulari bo‘yicha, o‘z bilganicha qabul qiladi, amalga oshiradi va bir qator harakatlar majmuasini bajargandan keyingina o‘z qilmishi va avvalgi vaziyatga baxo beradi.

Download 33.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling