Mavzu: Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati reja


Download 31.59 Kb.
bet4/7
Sana25.03.2023
Hajmi31.59 Kb.
#1295229
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Biznesn va tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlashning davlat v

Gollandiya. Bu mamlakatda KO'K ni qo'llab-quvvatlash uchun ko'pgina tashkilotlar mavjud:

  • KO'K uchun golland kengashi;

  • KO'K masalalari bo'yicha tadqiqotlar va konsalting;

  • KO'K uchun siyosatning qirollik federatsiyasi;

  • ijtimoiy biznes tashkilotlari tarmoq xususiyatiari bo'yicha ish beruvchilar va xodimlaming hamkorligini ta’minlaydilar;

  • savdo palatasi konsalting xizmatlari ko'rsatadi;

  • KO'K instituti ishchi-xizmatchilami o'qitish, maslahat berish bilan shug'ullanadi;

  • o'qish vaqtida shaxsiy korxonalarini ochgan talabalarga yordam ko'rsatish uchun «Mini-korxonalar fondi» tashkil qilingan;

  • ikkita oliy o'quv yurti KO'K uchun mutaxassislami tayyorlaydi;

  • kechqurunlari qatnash mumkin bo'lgan ko'pgina turli xil kurslar ishlaydi. Bularda ishni endi boshlovchilar shaxsiy ishni ochish, biznes rejalar tuzish, maslahatlar va axborotlar olish maqsadida o'qishlari mumkin.

Fransiya. Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning asosiy maqsadi - bandlikning ko'payishi va raqobatbardoshlikning o'sishidir. Buning uchun quyidagilar qilinadi: to'g'ridan-to'g'ri yordam, axborotlarga kirish, ma’muriy to'siqlami kamaytirish, soliqlami kamaytirish va boshqalar. Fransiyada KO'K ni qo'llab-quvvatlash bo'yicha har xil tashkilotlar tashkil qilingan:

  • KO'K konfederatsiyasi;

  • savdo palatasi;

  • hunarmandlik ishlari bo'yicha palata;

  • qishloq xo'jaligi palatasi,

  • investitsion xavf-xatarni sug'urtalashning franuuz jamiyati;

  • biznesni tashkil qilish markazi va boshqalar.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan mamlakatlarda qo'llaniladigan kichik biznesni qo'llab-quvvatlash mexanizmlari faqat umumiy ko'rinishda bayon qilingan. Yordamning ayrim yo'nalishlarini aniqroq o'rganish va O'zbekiston iqtisodiyoti sharoitlarida ulardan foydalanish imkoniyatlarini belgilash kichik biznesni rivojlantirish uchun shubhasiz foyda keltirgan bo'lar edi.



Download 31.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling