Mavzu: Biznes yurituvchi subyektlar ustidan davlat nazorati. Reja


Download 35.34 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi35.34 Kb.
#1495210
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-Mavzu


Mavzu: Biznes yurituvchi subyektlar ustidan davlat nazorati.
Reja:

  1. Biznes yurituvchi subyektlar ustidan davlat nazorati o’rnatishning zaruriyati.

  2. Biznes yurituvchi subyektlar ustidan davlat nazorat qilish shakllari.

  3. Biznes yurituvchi subyektlar tekshirish turlari.

  4. Nazorat qiluvchi organlar va vakolatlari.

  5. Reja asosida tekshirish. Rejadan tashqari tekshirish asoslari.

Tayanch so’z va iboralar: davlat nazorati, suistemollik, reja bo’yicha tekshirish, tadbirkorik faoliyati, prokratura, department, soliq siyosati, valyuta operatsiyasi, savdo sanoat palatasi.

Nazorat iqtisodiyotni va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish vositalaridan bir xisoblanadi. Davlat nazorati davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi munosabati bilan uni davlat xokimiyatini amalga oshirish


shakllaridan biri sifatida karash lozim. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati ustidan davlat nazorati deganda, tijorat va notijorat tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda normativ-huquqiy xujjatlar talabiga rioya kilinishi ustidan tekshirish va ko’zatish tizimi tushuniladi. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati ustidan davlat nazoratini davlat organlari, shu jumladan prokuratura organlari o’z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat silishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
a) nazorat kiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik, ya’ni boshqa shaxslarning xoxishi va istaklaridan, ularning sub’ektiv irodalaridan kat’i nazar, tekshirishlar nazorat kiluvchi organlar xodimlari tomonidan suiiste’molliklarsiz tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshirishlar utkazishni tartibga soluvchi qonun normalari asosida amalga oshirishlari lozimligi;
b) yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish. v) tadbirkorlik sub’ekti huquqlarining ustuvorligi, unga muvofik qonun xujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan boglik xolda yo’zaga keladigan barcha bartaraf etib bulmaydigan ziddiyatlar va noanikliklar tadbirkorlik sub’ektining foydasiga talkin etiladi;
g) tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashmaslik.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashmaslik deganda
nazorat kiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik sub’ektlarining qonun xujjatlariga muvofik amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga xakli emasligi tushuniladi.
Agar nazorat kiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatida qonun xujjatlari bo’zilganligini aniklasalar, ular o’zlariga berilgan vakolat doirasida va muayyan koidabo’zarlikni bartaraf etish bilan bevosita boglik chora-tadbirlarni kurishlari mumkin. Nazorat kiluvchi organlarning mansabdor shaxslari koidabo’zarlik xolati mavjudligidan tadbirkorlik sub’ektlarining boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishga xaqli emas.
Mahalliy davlat xokimiyati organlari dexkon va fermer xo’jaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ularning agrotexnika usullarini, etishtiriladigan maxsulot turini tanlashiga, ana shu maxsulotning baxosini xamda realizatsiya qilish yunalishini belgilash ishlariga aralashishga xakli emas, davlat extiyojlari uchun muljallangan xaridlar bundan mustasno. Nazorat kiluvchi organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy karorlari yoki boshqa xarakatlari natijasida tadbirkorlik sub’ektiga etkazilgan zararlar, shu jumladan, boy berilgan foyda qonun xujjatlarida belgilangan tartibda koplanadi.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari birlashmalarining a’zosi bulgan tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari suroviga kura mazkur birlashmalar vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish tugrisidagi qonun xujjatlarini bo’zishda aybdor bulgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Download 35.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling