Mavzu: Biznesni rejalashtirish va loyihalashtirish


Download 0.79 Mb.
Sana09.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1472240

MAvzu:Biznesni rejalashtirish va loyihalashtirish

Bajardi:Do’stmurodov.Toshpo’lat

Biznes reja — bu sizning biznes g’oyangizni amalga oshirish uchun foydali dastakdir. Biznes Reja bu – Siz amalga oshirmoqchi bo’lgan tadbirkorlik faoliyatini kelajakdagi barcha soxalarini o’rganib chiqqan xolda tuzilgan xarakatlar rejasidir. Biznes reja quyidagilarga kerak: Kompaniya egalariga; Boshqaruv jamoasiga; Kreditorlarga; Investorlarga;


Biznes reja nima uchun kerak?
Loyixa tashabbuskori tomonidan taklif etilayotgan qarorlarning samaradorligiga baho berish
Biznes reja loyihasini amalga oshirish ketma ketligini nazorat qilish
Biznes rivojlanishini boshqarish imkonini beradi va rejalashtirishning majburiy elementi sifatida qaraladi
Joriy amaliyot va olingan natijalarni nazorat qilishda foydalaniladi
Biznes-reja real kutilayotgan foydaning va loyiha tashabbuskori, hamda kreditor uchun bo’lishi mumkin bulgan xatarlar tahlilini o’z ichiga olishi kerak.
Yodingizda tuting
Biznes-reja alohida xujjat ko’rinishida tayyorlanishi lozim.
Biznes rejani shakllantirish jarayoni, tashkil etilayotgan faoliyatning barcha tarafidan batafsil tahlil qilish, atrofdan tanqidiy ko’z bilan qarash va barcha holatlarni xisobga olish imkonini beradi.
Biznes rejani yaratish jarayonida barcha mavjud qiyinchiliklar va xatarlarni oldindan ko’rish, shuningdek ularni bartaraf etish yullarini aniqlash mumkin.

Biznes rejani tayerlashda nimalarga ahamiyat berish lozim? Odatda biznes-reja bir necha yillar oldinga mo’ljallab tuziladi, lekin yiliga kamida 1 marotaba to’g’irlanadi. 3-5 yil biznes rejani tuzish uchun eng maqbul muddat sanaladi. Aynan shu muddatda biznes rivojlanishi istiqbollarini ko’rish mumkin. Detallashtirish maqsadida ko’rsatkichlarni kvartallar bo’yicha, keyingi yillarda yil bo’yicha bo’lib chiqish tavsiya etiladi. Biznes rejaning maqsadi–mablag’ jalb etish bo’lib, Kredit mablag’larni jalb etish maqsadida biznes reja kredit berilayotgan muddatga mos ravishda tuziladi. Shu bilan bir qatorda korxonaning biznes rejasiga har bir o’zgartirish kiritilganidan so’ng uni korxona kreditoriga taqdim etishi shart. ,


biznesni loyihalashtirish uchun qadali protseduralar
biznesni loyihalashtirishni tasniflovchi belgilashlar tizimi;
aniqlangan maqsadlarga loyihalashtirilgan biznesning mos kelish darajasini o‘lchashga imkon beruvchi evristik va pragmatik echimlar.
Biznes injiniringi kompaniyaning berilgan maqsadlarini qondiruvchi, biznesni loyihalashtirish uchun foydalaniladigan uslublar yig‘indisi hisoblanadi ushbu uslublar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

Biznes injiniringi – bu kompaniya tomonidan o‘z maqsadlariga mos ravishda biznesni loyihalash uchun foydalaniladigan yondashuvlar va usullar to‘plamidir1. Biznes – jarayonlar reinjiniringi bu biror korxonada uning uhim faoliyat ko‘rsatkichlarini sezilarli yaxshilash maqsadida ish jarayonlarini to‘la ro‘yxatdan o‘tqazish, tahlil qilish va qayta tashkillashtirish. Biznes - jarayon– iste’molchi uchun ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan, bir maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘langan faoliyat turlarining majmuasidir. Biznes – jarayonlar - bu mijozlar uchun mahsulotlar yoki xizmatlar yaratishga asoslangan yo‘nalish bo‘lib, o‘zida tadbirlar va vazifalarni mujassamlashtiradi. Faoliyatni grafik ko‘rinishda tasvirlash uchun biznes – jarayon blok–sxemalaridan foydalaniladi.

Reinjiniring – bu korxonadagi murakkab jarayonlarni turli grafiklar, diagrammalar, jadvallar shaklida aks ettirilishidir. Umuman korxonalarda reinjiniringni o‘tkazishning 2 xil turi mavjud: 1. Inqirozli reinjiniring. 2. Rivojlanish reinjiniringi. Inqirozli reinjiniringni (biznes-jarayonini qayta loyihalash va reinjiniringi) korxonaning ishlari yomon ahvolga kelib qolganda va yechilishi tezda lozim bo‘lgan murakkab muammolarni hal qilishda kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish orqali qo‘llaniladi. Muvaqqiyatning eng asosiy kalitlaridan biri.

Rivojlanish reinjiniringida (biznes-jarayonlarini takomillashtirish) korxonaning rivojlanish dinamikasi yomonlashganda, ba’zi bir iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha raqobatchilardan ortda qolayotgan paytda qo‘llaniladi. Reinjiniring masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab adabiyotlarda [Hennikov, Oyxman, Telnov] korxonalarda o‘tkaziladigan rivojlanish reinjiniringi ayrim jarayonlarda sezilarli natijalarga olib kelishi mumkin. Lekin bu faqat mavjud biznesning “o‘sish” ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday takomillashish korxona unumdorligini oshirishga va talab qilinadigan resurslarni tejash maqsadida kam qiymatli qo‘shimcha faoliyat turlaridan voz kechish, bo‘linmalarni birlashtirish, xodimlar vakolatlarini kengaytirish orqali amalga oshiriladi. Korxonalarda faoliyatlarni oddiy takomillashtirishga qarama-qarshi holda reinjiniring tub o‘zgarishlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Bu korxonaning butun biznes-jarayonlarini hamda etkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tubdan o‘zgartirish zarurligini anglatadi. Korxonalarni bunday qayta tarkiblashtirish mavjud kamchiliklarni, personal, jarayonlar, axborotlar va texnologiyalardagi yashirin, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni chuqur va har tomonlama tadqiq qilishdan hamda yangi usullarning o‘zaro harakat samaradorligini qayta o‘ylab ko‘rgandan keyin amalga oshiriladi.

Biznes jarayonlarni qayta loyihalash tamoyili. Vazifalarni reintegratsiyalash – bir biriga bog‘liq juda kichkina jarayonlarni kattaroq blokka birlashtirish: ya’ni mahsulotning qismlar sonini kamaytirish va h.o Ishchi kuchlarni reintegratsiyalash – bu har ishchiga yuqoridagi shartdan kelib chiqib jarayonning ko‘proq qismini yuqlatish. Bilimlarni reintegratsiyalash – ya’ni har bir ishchi umumiy jarayonning ko‘proq qismi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling