Mavzu: “Bizning yaxshi ishlarimiz” Maqsad: Talimiy
Download 1.04 Mb.
|
bizning yaxshi ishlarimiz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jixozlar
- Bolalar javobi: Tarbiyachi
- Tarbiyachi
- 1- bola
- Qurish yasash markazi
- Syujetli- rolli o’yinlar markazi
Sirdaryo tumani 21-DMTT tarbiyachisi Xolmuxamedova Oysanamning noyabr oyining 4-haftasi “Bizning savobli ishlarimiz” mavzusidagi mashg’ulot ishlanmasi. Sirdaryo – 20__ Mavzu: “Bizning yaxshi ishlarimiz” Maqsad: Talimiy: Bolalarga kasblar haqida tushunchalar berish; hizmat mashinalari bilan tanishtirish, ularning vazifalari haqida ma’lumotlar berish; Tarbiyaviy: Bolalar tevarak atrof haqidagi bilimlarini kengaytirish, qilinayotgan yaxshi ishlar haqida umumiy tushuncha berish. Kasblarga nisbatan mexr uyg’otish; Bolalarga yaxshi va yomon tushunchalarini berib tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: Bajargan ishlariga ijobiy munosabatda bolishga, birlik va ko`plik qo`shimchalari, savollarga aniq va to`liq javob berishga o`rgatish. Topishmoqlarni sezgirlik bilan topib, javoblarini to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish. Kerakli jixozlar: Mavzuga oid rasmlar, oq qog’oz, rangli qalamlar, legolar, AKT, kasblarga oid kiyimlar; Mashg’ulotning borishi: Tarbiyachi: Assalomu alaykum, bolajonlar. Bugungi mashg`ulotimizda sizlar bilan “Bizning yaxshi ishlarimiz” mavzusida suhbatlashamiz. - bilasizlarmi bolajonlar yerdagi barcha kasblarning o’z hizmat vazifalari bor. Hozir men sizlarga rasm ko`rsataman, sizlar esa kasblarning nomini aytasizlar. (quruvchi, o’qituvchi, tikuvchi, muhandis, shifokor, ichki ishlar hodimi, o’t o’chiruvchi rasmlari ko`rsatiladi). Bolalar javobi: Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar sizlar kasb egalarining nomlarini yaxshi bilib olibsiz. Endi ularning qanday vazifa bajarishini so`rayman. O’qituvchi nima qiladi? Bolalar javobi: O’qituvchi bolalarga dars o’tadi, bilim beradi. Tarbiyachi: darsda o’quvchilar o`zimizni qanday tutishi kerak? bolalar: darsda o’quvchilar partada to’gri o’tirishi kerak, ko`p kulish, o’qituvchiga halaqit berish mumkin emas. Tarbiyachi: Kim menga o’t o’chiruvchi kasbi haqida aytib bera oladi? Ular nima ish qilishadi? bolalar: O’t o’chiruvchilar agar biron joyda yong’in chiqsa darhol yetib borib olovni o’chirishadi. Tarbiyachi: Bolajonlar demak siz ham olovdan extiyot bo’lib foydalanishingiz kerak. Kattalar nazoratisiz gugurt bilan, olov bilan foydalanmang. Bu juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu hizmat uchun maxsus hizmat mashinalari ham berilgan. Ular olov o’chirish uchun mo’ljallangan. Bu rasmda o’t o’chirish mashinasini kuztishingiz mumkin. ( rasm ko’rsatiladi) Tarbiyachi: Endi kim menga Ichki ishlar hizmati haqida gapirib beradi? bolalar: Bu kasbda hizmat qiladiganlar tinchlik uchun hizmat qiladilar. Tarbiyachi: Juda to’g’ri bu kasb egalari yurtimizni tinchligini ta’minlab beradi, har hil jinoyatlarni oldini oladi. Yo’l qoidalarini tartibga soladi, vatanimizni qo’riqlaydi ekan. Ichki ishlar hodimlari bor ekan biz tinch dam olamiz ekan. Tarbiyachi: Ko`chani kesib o`tayotganda nimaga e’tibor berib o`tishimiz kerak Bola: Svetaforni chirog`iga qarab o`tishimiz kerak Tarbiyachi: Svetaforni nechta chirog`i bor? Bola: 3 ta qizil, sariq, yashil Tarbiyachi: Yo`lni kesib o`tganda qaysi chiziqni kesib o`tamiz? Bola: Zebra chizig`ini bosib o`tamiz. Tarbiyachi: Shifokor nimalar bilan shug`ullandi? 1- bola: biror joyimiz og`risa davolaydi 2-bola: Issig`imizni o`lchaydi, ukol qiladi. Tarbiyachi: Bolalar bizlarga kimlar shoshilinch hizmat ko`rsatadi ekan? Bolalar: Shifokorlar, o`t o`chiruvchilar, ichki ishlar hodimlari. Tarbiyachi: Barakalla bolalar shifokorlar qandey hizmat ko`rsatadilar? Bolalar: Birinchi tez yordam beradilar Tarbiyachi: O`t o`chiruvchilar qandey hizmat ko`rsatadilar? Bolalar: Yong`inni bartaraf etadi. Tarbiyachi: Ichki ishlar hodimlari qandey hizmat ko’rsatar ekan? Bolalar javobi: Har hil jinoyatlarni oldini olar ekan. Tarbiyachi: Bolajonlar biz sizlar bilan hizmat turlari bilan tanishdik va ular haqidagi bilimga ega bo`ldik. Piyodalar harakati, shoshilinch harakat hizmatlari haqidagi tushunchalarga ega bo`ldik. Kelinglar bolajonlar endi faoliyatimizni markazlarda davom ettiramiz. Qurish yasash markazi: Bolajonlar bu markazda “Shifoxona quramiz” mavzusida legolar, konstruktorlar yordamida shifoxona yasashadi.
San’at markazi: Bugun bu markazda bolalar “Mening qaxramonim” mavzusida rasm chizishadi. O’zlari hohlagan kasb egalarini rasmlarini namunaga qarab chizishadi.
Syujetli- rolli o’yinlar markazi: “Shifokor qabulida” mavzusida syujetli o’yin o’ynashadi. Shifokor kasbi haqida tushunchaga ega bo’ladilar. Shifokorning ish jarayoni bilan yaqindan tanishadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling