TUZUVCHI: SHODJONOVA ZULFIYA Agar oshiqligʻim aytsam, kuyib jon-u jahon oʻrtar, Bu ishq sirrin bayon etsam taqi ul xonumon oʻrtar. “YALPI FIKRIY HUJUM” METODI Bu metodda 30ta o’quvchi ishtirok etadi. O’quvchilarga Mashrab hayoti va ijodidan savollar beriladi. BOBORAHIM VALIBOBO O’G’LI MASHRAB QACHON VA QAYERDA TUG’ILGAN? KIM MASHRABGA “ MASHRAB ISHQ SHAROBINI ICHGAN”- DEB NOM BERADI?
Bozor Oxund
Ofoqxo’ja
Mavlavi Sharif
Mashrabning ustozlari:
Mashrab asarlari “ Klaster” metodi asosida tushuntiriladi:
Kimyo
Mehribonim qaydasan
Mabdai nur
“Lavha – savol” usuli
Man kimga aytay, do’stalarim, devona qildi ishq mani,
Sadpora qildi yurakim devona qildi ishq mani.
“Lavha – savol” usuli
Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lolu, ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar.
“Lavha- savol” usuli
Malaksan yo bashar, yo huru g’ilmonsan,bilib bo’lmas
Bu lutfu, bu nazokat birla sendin ayrilib bo’lmas.
“ O’rtar” radifli g’azal tahlili. { G’azal “Ikki qismli kundalik” metodi orqali beriladi} - Agar oshiqlig’im aytsam, kuyib jonu jahon o’rtar,
- Bu ishq sirrin bayon etsam, taqi ul xonumon o’rtar.
- Kishig’a ishq o’tidin zarraye yetsa bo’lur giryon,
- Bo’lub besabru betoqat yurak bag’ri chunon o’rtar.
- Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lib hayron,
- G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.
- Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
- “Nigoro!” deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar.
- Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
- Tilim lolu, ko’zim giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar.
- Na qattiq kun ekan dilbar, visolingdan judo bo’lmoq,
- Mening ohim o’tiga bul zaminu osmon o’rtar.
- Bu Mashrab dardini ,jonoki, hech kim boshig’a solma,
- Agar Mahsharda oh ursam, behishti jovidon o’rtar.
- Taqi – tag’in , yana.
- Giryon – yig’i, giryon bo’lmoq-yig’lamoq.
- Bexonumon – moddiy borliqdan mahrum.
- So’ngak- suyak.
- Ustuxon – qoq suyak.
- Mahshar- Ollohning irodasi ila hamma jonzotlar bu dunyodagi hisob-kitobi uchun qayta tiriladigan kun.
- Behishti jovidon – abadiy jannat.
“YELPIG’ICH” USULI {G’azaldagi badiiy san’atlarni topishda ushbu metoddan foydalanamiz} I
Tanosub
Tadrij
Saj
Tashbeh
Tazod
“O’rtar” g’azalidan lirik qahramon ruhiy kechinmalarni aniqlang.
5ta bilganim metodi
O’quvchilar ushbu metoddan quyidagi ma’lumotlarni bilib olishi mumkin: O’quvchilar ushbu metoddan quyidagi ma’lumotlarni bilib olishi mumkin: 1} Mashrab lirik qahramoni Haq vaslini istab, unga yetishmaguncha o’rtanishdan to’xtamaydigan o’tli yurak sohibi. 2} Oshiqlik asosi bo’lmish ishq sirrining bayoni xonumonni o’rtab yuboradi. 3} Oshiq yorga yetish g’ami bilan yashaydi. 4} Lirik qahramon Yaratgan ishqida bor-yo’g’idan kechgan. 5} Oshiq o’zini xarob etgan dard sababchisi- yordan e’tibor kutadi, shu umidda yorga murojaat qiladi. “ Tushunchalar tahlili” metodi { Tasavvuf atamalari izohi} UYGA VAZIFA: Mashrabning “O’ttum” radifli g’azalini tahlil qilishga urinib ko’ring
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |