Mavzu: Bog'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi. Kirish


Bargoyoqli qisqichbaqasimonlar (Phyllopoda) turkumi


Download 211.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana21.06.2023
Hajmi211.56 Kb.
#1639905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bog\'imoyoqlilar (arthropoda) tipi sistematikasi, filogeniyasi va ekologiyasi(16)

Bargoyoqli qisqichbaqasimonlar (Phyllopoda) turkumi. Bargoyoqlilarning 
ko‘krak oyoqlari bargsimon, asosan chuchuk suvlarda yashaydi. Bargoyoqlilar 
qalqondorlar, chig‘anoqlilar va shoxdor moylovlilar kenja turkumlariga bo‘linadi. 
3-rasm 


17 
Qalqondorlar (Notostraca) kenja turkumi. Qalqondorlarning boshko‘krak 
va qisman qorin bo‘limini yopib turuvchi ko‘krak qalqoni yaxshi rivojlangan. 
Ko‘krak bo‘g‘imlarida oyoqlar soni har xil bo‘ladi. Oldingi 1- 10 ko‘krak 
bo‘g‘imlarida bir juftdan, keyingi bo‘g‘imlarida esa 4—6 juftdan oyoqlar bor. 
Qalqondorlar hovuz va ko‘lmak suvlar tubidagi balchiqdan har xil organik qoldiqlar 
va mayda jonivorlarni topib yeydi. Oziqni ko‘krak oyoqlar o‘simtalariyordamida 
tutib, oyoqlar o‘rtasidagi tarnovchasi orqali og‘izga haydaydi. Oziqlanishning 
bunday usuli eng qadimiy hisoblanadi. Qalqondorlar partenogenez ko‘payadi. 
Tuxumlari noqulay sharoitga chidamli. Turkum 9 turni o‘z ichiga oladi. Quyosh 
nuri tushib turadigan suv havzalari, ba‘zan yomg‘irdan so‘ng hosil bo‘ladigan 
halqob suvlarda Triops concriformis va Lepidurus apus uchraydi. Shoxdor mo’ 
ylovlilar (Cladocera) kenja turkumi. Shoxdor mo‘ ylovlilar tanasi ikki yondan 
yassilashgan bo‘lib, ikki tavaqali tiniq xitin chig‘anoq ichida joylashgan. Bir qancha 
turlari (masalan, dafniya) bosh qismi pastga egilgan tumshuqsimon o‘simta - 
rostrumni hosil qiladi. Boshida bitta fasetkali ko‘z, uning oldida oddiy nauplius ko‘zi 
joylashgan. Dafniyaning fasetkali ko‘zida 22, yirtqich vakillarida 300 tagacha 
ommatidalar bor. Rostrum ostida kalta cho‘ psimon antennulalari joylashgan. 
Antennalar esa kuchli rivojlangan uzun va ikki shoxli patsimon qillar bilan 
qoplangan bo‘ lib, harakatlanish vazifasini bajaradi. Dafniya ikkala antennalarini 
orqaga siltab, oldinga sakrab harakatlanadi. Shu sababli shoxdor mo‘ ylovlilarni 
―suv burgalari‖ ham deyishadi. Shoxdor mo‘ ylovlilarning ko‘krak bo‘limi 4-6 
bo‘g‘imdan iborat. Ko‘krak oyoqlari juda ko‘p patsimon qillar bilan ta‘minlangan. 
Qillar yordamida suvdan mayda oziq zarralarini filtrlab oladi. Ko‘krak oyoqaridagi
xaltasimon o‘simtalar nafas olish funksiyasini bajaradi. Oldinga egilgan qorin 
bo‘limi bo‘g‘imlarga bo‘linmagan. Qorni uchki qismi ikkita tirnoqsimon o‘simta 
bilan tugaydi. Shoxdor moylovlilar rangi qon plazmasi tarkibidagi gemoglobin 
miqdoriga, gemoglobin esa suv tarkibidagi kislorodga bog‘liq bo‘ladi. Suvda 
kislorod ko‘p bo‘lganida qon och qizg‘ish, kislorod tanqislida to‘q qizil rangga 
kiradi. Qon tomirlari bo‘lmaydi. Ko‘krak orqasida joylashgan pufaksimon yuragi 


18 
qonni tana bo‘shlig‘ida aralashtirib turadi. Dafniya yuragi bir minutda 150—500 
marta qisqaradi.
Shoxdor mo‘ ylovlilarning dengiz va chuchuk suvlarda 400 ga yaqin turi bor. 
Chuchuk suvda Daphnia pulex va bosmina Bosmina longirostris ko‘p uchraydi. 
Ko‘pchilik shoxdor moylovlilar bahor va yozda partenogenez ko‘payadi. 
Tuxumlarini tanasi orqa tomoniga qalqon ostidagi kameralarga qoyadi. Ulardan 
yana urg‘ochilari chiqadi. Kuzda havo sovishi bilan tuxumlar qishlaydigan stadiya 
efippiy hosil qiladi. Shunday qilib, dafniyalar va ayrim shoxdormoylovlilar 
rivojlanish sikli kolovratkalarga o‘xshab geterogoniya usulida boradi.
Ko‘pincha shoxdor moylovlilar chig‘anog‘i shakli va o‘lchami yil davomida 
o‘zgarib turadi. Yoz mavsumida dafniya chig‘anog‘i bosh qismida qalpoqcha paydo 
bo‘ladi; chig‘anoq o‘simtasi cho‘ziladi. Siklomorfoz deb ataladigan bu fasliy 
o‘zgarishlar bosmina (Bosmina logirostris) uchun ham xoc. Siklomorfoz harorat 
ta‘sirida suv zichligi o‘zgarishi bilan bog‘liq. Yuqori haroratda suv zichligi 
kamayganidan suzish uchun tana yuzasi kengroq bo‘ lishi lozim. Shoxdor mo‘ 
ylovlilar chuchuk suvlarda har xil umurtqasizlar va baliqlar, ayniqsa baliq chavoqlari 
uchun qimmatli oziq bo‘ ladi. Baliqchilik xo‘ jaliklarida maxsus hovuzlarda dafniya 
va ayrim boshqa qisqichbaqasimonlar ko‘paytiriladi.

Download 211.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling