Mavzu: Bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan


Download 20.09 Kb.
Sana30.10.2023
Hajmi20.09 Kb.
#1735336
Bog'liq
Amaliy mashg`ulot 1


1 - AMALIY MASHG`ULOT
Mavzu: Bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan
me’yoriy hujjatlar.
Xalq xo'jaligida qurilish materiallarining ahamiyati juda katta. Sanoat va uy-joy qurilishining kun sayin o‘sib borishi qurilish matcriallariga bo'lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda. Shuning uchun qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi, ulardan yasalgan buyumlar tarkibini bilish va o‘rganish har bir mutaxassis uchun muhimdir. Shuning uchun mutaxassis avvalo quyidagilarni yaxshi bilishi lozim:
a) materiallar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyoni;
b) xomashyoni ishlash va buyum tayyorlash jarayonini;
d) qurilish materiallarining xossalari, ularni sinash usullari v i i qabul qilishni;
e) tashish va saqlash usullarini;
f) matcriallarning qurilishda va kerakli joylarda ishlatilishini;
g) materiallarni tejash yo‘llarini.
Qurilish materiallaridan tayyorlangan mahsulot qurilish buyumlari yoki konstruksiyalar deb ataladi. G‘isht bloklari, temirbeton buyumlar va konstruksiyalar, yog‘och fermalar va boshqalar shular jumlasidandir. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish va ularni xalq xo‘jaligida ishlatishning o‘ziga xos tartibi bor. Qadimda ko‘p tarqalgan qurilish materiallari gil hisoblangan. Gil qurilish materiali sifatida insoniyat lnmqqiyotining boshlang‘ich davridayoq ishlatilgan. Inson gildan har xil shakldagi buyumlar tayyorlagan ekan, vaqt o‘tishi bilan nlaruing mustahkamligini oshirish maqsadida uni quritish hamda kuydirishni ham kashf etgan.
Bog'lovchi moddalarning bundan 4-5 ming yil awal sun’iy yo‘l bilan hosil qilinganligi ma’lum. Misr, Gretsiya, Rim va Vavilonda ohak qorishmasi va gidravlik qo‘shimchalardan tayyorlangan beton inshootlar hozirgi davrgacha saqlanib kelmoqda. inshootlami barpo etishda qo‘shilmalar bilan birga ganch qorishmasi, giltuproqdan pishirilgan yapaloq g'ishtlar hamda tabiiy toshlar ishlatilgan.
Qorishma tayyorlashda quruvchilar vulqon shishasi, oq gil (kaolin)dan keng foydalanganlar. Bunda hayvon qoni, tuxum sarig'i, suyak yelimi, shirali moddalar qorishmalaming mustahkamligi va chidamliligini oshiruvchi moddalar vazifasini o'tagan.
XIX asming oxiri va XX asming boshlariga kelib sement sanoati tez taraqqiy eta boshladi.
Sementning ixtiro qilinishi beton xossalarining yaxshilanishiga, qurilish texnikasida esa yangi davr ochilishiga olib keladi. Gidrotexnik inshootlar qurish zarurati suvga chidamli bog`lgan bog‘lovchi moddalar izlashni talab etsa, temir-beton konstruksiyalarining qurilishda keng ishlatilishi portlandsementning yangi, tez qotuvchi, mustahkam turlarini yaratish ehtiyojini tug‘dirdi. Sementning dengiz suvi ta’sirida buzilishi aniqlangach, bu boradagi tadqiqotlar natijasida yangi sement turi - sulfatga chidamli portlandsement ixtiro qilinadi. Natijada qurilish materiallari ishlab chiqarish bir necha marta ortdi. Mahsulotning sifati yaxshilandi, turlari ko‘paydi va yangi texnologik usullar joriy qilindi.
Download 20.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling