Mavzu: bola hayotida kun tartibi va uning ahamiyati
Download 1.56 Mb.
|
IBODULLAYEVA SARVINOZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM – TARBIYA BERISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Kurs ishi vazifalari:Bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga qoʻyilgan talablar va ularga ota –onalar tomonidan rioya qilinishi pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabga tayyorlashda kun tartibining mazmunini ishlab chiqish. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga qoʻyilgan talabalar va rioya qilish usullarini ishlab chiqish va tajribada tekshirish. MTM tarbiyachilari va ota –onalar uchun bolani maktabga tayyorlashda kun tartibi va unga rioya qilish usullari boʻyicha metodik tavsiyalar tayyorlash. Kurs ishining obyekti: maktabgacha, yoshdagi bolani maktabga tayyorlashda kun tartibi va unga rioya qilish jarayoni. Kurs ishi predmeti: maktabgacha yoshdagi bolalarning kun tartibining mazmuni. Kurs ishining tuzulishi: Kirish, 2 bob, 4 ta paragrif xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovadan iborat. BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM – TARBIYA BERISHNING PEDAGOGIK ASOSLARIMaktabgacha ta`lim tushunchasiMaktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlangʻich qismi hisoblanadi. U bolaning sogʻlom va rivojlangan shaxs boʻlib shakllanishini ta`minlab, oʻqishga boʻlgan ishtiyoqini uygʻotib, tizimli oʻqitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha boʻlgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi oʻqishga tayyorlash, bolani sogʻlom, rivojlangan, mustaqil shaxs boʻlib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, oʻqishga, tizimli ta`limga boʻlgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yongʻin xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga boʻlgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom” bilan tartibga solinadi. Maktabgacha ta`lim tizimi Maktabgacha ta’lim muassasalari – Oʻzbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi boʻlib, turli yoʻnalishdagi maktabgacha boʻlgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalashni, oʻqitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sogʻlomlashtirishni ta`minlaydi. Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul mablagʻlari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari toʻgʻrisidagi kerakli ma`lumotlarni “Oʻzbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi toʻgʻrisida Nizom” dan olishinigiz mumkin. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling