Mavzu; Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy tafakkurini shakllantirishda Sharq mutafakkirlarining asarlaridan


Download 72.85 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi72.85 Kb.
#1346162
Bog'liq
Mavzu-13

Mavzu; Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarixiy tafakkurini shakllantirishda Sharq mutafakkirlarining asarlaridan

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yashab ijod etgan o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida ilmning amaliy va hayotiy ahamiyatini nazarda tutib shunday fikrlarni bildirgan edi: “Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayirib berur. To‘g‘ri yo‘lga rahnamolik qilub, dunyo va oxiratda mas’ul bo‘lishimizga sabab bo‘lur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur”. Pedagog olim o‘z fikrini davom ettirib, faqatgina amaliy ahamiyatga ega bo‘lgani uchun fanlarni o‘rganish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shunday ilmlar ham borki, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliyot, hayot bilan bog‘lanmagan. Biroq ular insoniyat taraqqiyoti, jamiyat rivoji uchun amaliy bilimlardan kam bo‘lmagan ahamiyatga egaligini alohida ta’kidlaydi. Tarix fanining bugungi kundagi ahamiyatini esa, siyosiy fanlar doktori, professor N.Jo‘raev quyidagicha izohlaydi: “Tarix – inson haqidagi, odamlar haqidagi fan. Biroq u bugunning odamlari, kechinmalari, his-tuyg‘ulari, faoliyatlari va munosabatlari xususida emas, balki o‘tgan ajdodlarimiz turmush tarzi, ma’naviy-ruhiy kechinmalari, sodir etgan voqea-hodisalari, maqsad-intilishlari haqidagi fandir. Aslini olganda tarix faqat o‘tmish haqidagi ma’lumotlar, xotiralar ham emas. Uning buyuk qudrati, tarbiyaviy kuchi, murabbiylik mohiyati o‘tmishni o‘rganish, tadqiq etish orqali bugunni baholash, bugunni anglash, bugungi odamlarni tushunish va ularni yo‘naltirish borasidagi fikrlarni, g‘oyalarni o‘zida mujassam etganida! Agar biz tarixga ana shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, uning butun ko‘lamini, insoniyat va jamiyat taraqqiyotidagi rolini chuqurroq anglaymiz”. Olim tarix tushunchasini «insoniyat tarixi» tarzida qo‘llashni taklif etadi. Mazkur tarixiy-falsafiy yondashuv yoki «Insoniy tarix» konsepsiyasi shu paytgacha biz qo‘llab kelayotgan «Tarix» degan rasmiy tushunchadan boy va ustun.

Zardo‘shtiylik ta’limotida ta’lim – tarbiya Ma’lumki, Markaziy Osiyo hududida qadim – qadimdan turli dinlar, diniy aqidalar paydo bo‘ldi. Ularda aholining ijtimoiy – madaniy hayoti, turmush tarzi va an’analari ma’lum o‘lchovga solindi va belgilandi. Bunday dinlardan eng qadimiysi va eng mashhuri zardo‘shtlik dini, uning ta’limotidir. Zardo‘shtlik dinining asoschisi Zardo‘sht atalmish buyuk tarixiy shaxsdir. Zardo‘sht sharqning faylasufi, notig‘i, shoiri, donishmandi bo‘lgan. Zardo‘sht – o‘z nasihatlari, o‘gitlarida adolatni targ‘ib etadi, yaxshi xulq – odobni e’zozlaydi. Uning ta’limoti uch nuqtada: Xumata – yaxshilik, Nuxta – to‘g‘ri so‘z, Xvarishita – yaxshi xulqlarda mujassamlashgan. U chorvadorlar, dehqonlar va hunarmandlar hayotini badaviy ko‘chmanchi yo‘lto‘sarlar chopqinidan himoya qiladi. Adolat va odillik g‘oyasini olg‘a suradi. «Avesto» eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklar namunasi sifatida VII-XIII asrlarda O‘rta Osiyoda ijtimoiy va madaniy hayot, maktab va pedagogik fikr. «Avesto» zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi bo‘lishi bilan birga, ilm – fan, hayotiy voqealar haqida mukammal ma’lumot beradigan eng qo‘hna manba hisoblanadi. Unda O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi marosimlari: urf – odat, e’tiqod, ibodat, qiroat qiladigan oyatlar, diniy marosimlarda ijro etiladigan og‘zaki ijodlari haqida ma’lumot berilgan. «Avesto»da yaxshilik, unib –o‘sish, erda hayotni saqlash uchun intiluvchi kuchlar bilan razolat va qabohat, zulmat va halokat kuchlari o‘rtasidagi kurashda mardlik, jasorat va matonat, ma’rifat va insoniylik g‘alaba qozonadi. «Avesto»da inson tozalikka, sog‘lomlikka da’vat qilinib, ularga badan tarbiya bilan shug‘ullanish, kunda yuz – qo‘lni bir necha marta yuvish, sochni toza tutib, tirnoqlarni olib tozalab turish tavsiya etiladi. Inson me’yori bilan ovqatlanib, doimo to‘q yurishi lozimligi uqtiriladi. «Avesto»da ta’kidlanishicha, qarindoshlar o‘zaro oila qurmasligi, qavm va urug‘ qoni toza, avlod benuqson saqlanishi kerak, ko‘p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozim, bir yo‘la 2 – 3 ta tuqqan ayollar mukofot olishga sazovordir.


Download 72.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling