Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


Narsalar yasash uchun loy qanday tayyorlanadi?


Download 0.73 Mb.
bet68/75
Sana06.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1750451
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Narsalar yasash uchun loy qanday tayyorlanadi?
Turli joylardan olingan loy rangi bilan farqlanadi; u sarg‘ish, jigar rang, qizg‘ish, kul rang, oq, yashil-ko‘kish, qo‘ng‘ir rang bo‘lishi mumkin. Loy, uning tarkibida qum kam bo‘lsa, kuchli bo‘ladi, qum aralishmasi uni sochiluvchan qiladi. Loyni bevosita yerning o‘zidan tanlash mumkin.
P lastilin – loy, mum, yog‘, bo‘yoq va boshqa qo‘shilmalardan tayyorlangan sun’iy plastik massa. U yumshoq va qayishqoq, u uzoq qotmaydi, ammo temperatura oshganda yumshaydi va eriydi. Narsalar yasashda plastilinni qo‘lda uzoq muddat ezish tavsiya qilinadi. Plastilin bilan ishlashdan oldin uni qutisi bilan issiqroq joyga yaqin qo‘yib, bir oz isitiladi. Katta guruhlar tarbiyalanuvchilarida plastilinning yakka tayyor to‘plamlari bo‘lishi kerak. Ular plastilinning holatini o‘zlari nazorat qilib, qolgan plastilinni rangiga ko‘ra joylab qo‘yadilar.
Applikatsiya mashg‘ulotlari uchun qog‘oz, mo‘yqalamlar uchun taglik; to‘mtoq uchli qaychilar kerak bo‘ladi. Applikatsiya ishlarida oq va rangli qog‘ozlardan foydalaniladi. Asos uchun oq qalin qog‘oz: rasm albomlarning varaqlari yoki rangli qog‘oz, yupqa karton ishlatiladi. Maktabgacha katta yoshdagilar har xil rang va tusdagi jilosiz rangli qog‘ozlardan ham foydalanadilar. Katta guruhlarda har bir bola uchun turli rang va tusdagi qog‘ozlar yig‘masiga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Tasviriy faoliyatga mo‘ljallangan barcha ashyolar turlarga ajratilgan va ma’lum tartib bilan har qaysisi joy-joyiga qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Qaychilar qutichada saqlanadi. Tartibli joylashtirilgan ashyo kam joyni egallaydi, yaxshi saqlanadi, ulardan foydalanish ham qulay bo‘ladi.





TASVIRIY FAOLIYATGA O‘RGATISH FANIDAN NAZORAT SAVOLLAR



  1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasining ahamiyati.

  2. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi.

  3. Tasviriy faoliyatning boshqa faoliyatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.

  4. Bolalarning tasviriy faoliyatlarining rivojlantirish vazifalari.

  5. Bolalarning mustaqil tasviriy faoliyatlari burchagining jihozlari va materiallari.

  6. Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyatga o‘rgatish metod va usullari.

  7. Ko‘rgazmali metod va o‘rgatish usullari.

  8. Namunadan foydalanish.

  9. Rasmlardan foydalanish.

  10. Tarbiyachi tomonidan ishlash usulini ko‘rsatib berish.

  11. Bolalar ishlarini tahlil qilish.

  12. Og‘zaki metod va o‘rgatish usullari.

  13. Badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanish.

  14. Mashg‘ulot davomida tarbiyachining ko‘rsatmalari va tushunchalari.

  15. Maktabgacha ta’lim muassasasida rasm solishga o‘rgatish.

  16. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishda rasm turlari.

  17. Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida predmetlarning rasmini chizishga o‘rgatishning vazifalari.

  18. Maktabgacha ta’lim muassasasida mazmunli rasm solishga o‘rgatishning vazifalari.

  19. Maktabgacha ta’lim muassasasida dekorativ rasm solishga o‘rgatishning vazifalari.

  20. Maktabgacha ta’lim muassasasining turli yosh guruhlarida bolalarni tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirish.

  21. Maktabgacha ta’lim muassasasida loydan buyum yasashga o‘rgatish.

  22. MTMda loydan buyum yasashga o‘rgatishning axamiyati.

  23. Kichik guruhda loydan buyum yasashga o‘rgatish.

  24. O‘rta guruhda loydan buyum yasashga o‘rgatish.

  25. Katta guruhda loydan buyum yasashga o‘rgatish

  26. Maktabga tayyorlov guruhda loydan buyum yasashga o‘rgatish.

  27. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni applikatsiya qilishga o‘rgatish

  28. Applikatsiyada qirqishni har xil usullarini bajarish

  29. Applikatsiya uchun materiallar.

  30. Applikatsiya turlari

  31. Maktabgacha ta’lim muassasasining turli yosh guruhlarida bolalarni buyumlarni bosqichma-bosqich rasmini chiza olishga o‘rgatish.

  32. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni qurish-yasashga o‘rgatish

  33. Qurish-yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan o‘rni.

  34. Qurish-yasash materiallarining turlari.

  35. Kichik guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari.

  36. O‘rta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari.

  37. Katta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari.

  38. Maktabga tayyorlov guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari.

  39. Qog‘oz va tabiat materiallaridan qurish –yasash

  40. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalarni maktabga tayyorlash.

  41. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etish

  42. Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyati bo‘yicha ishlarni rejalashtirish

  43. Tasviriy faoliyati bo‘yicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi bolalar bilan ishlashda foydalanadigan metod va usullar

  44. Maktabgacha ta’lim muassasasining turli yosh guruhlarida bolalarni plastilin va loydan turli oyinchoqlarni yasay olishga o‘rgatish.

  45. Maktabgacha ta’lim muassasasining turli yosh guruhlarida bolalarni qirqish usullaridan foydalanib applikatsiya qilishga o‘rgatish.

  46. Maktabgacha ta’lim muassasasining turli yosh guruhlarida bolalarni buyumlarni tabiat ashyosidan, tashlandiq ashyodan, qog‘ozdan yasashga o‘rgatish.

  47. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etish

  48. Turli guruhlarda tasviriy faoliyat mashgulotlarini tashkil qilish.

  49. Mashg‘ulotga tarbiyachining tayyorlanishi.

  50. Bolalarga mashg‘ulotlarda ta’lim berish

  51. MTM dasturi va maktabda tasviriy san’at dasturi o‘rtasidagi uzviylik

  52. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotida oyin metodidan foydalanish

  53. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotida og‘zaki metodlardan foydalanish.

  54. Oilada bolalarni tasviriy faoliyat asosida maktabga tayyorlash usullari









Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling