Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш
Download 0.73 Mb.
|
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dekorativ rasm chizish.
Mazmunli rasm chizish. Mazmunli rasm chizishning asosiy maqsadi bolaning atrof-muhitdan olgan taassurotlarini ifodalashga o‘rgatishdir.
Mazmunli rasm – bu bir necha mazmunning ma’lum rangda tasvirlanishini tushuniladi. Bolalar qaysi mazmun bo‘yicha rasm chizadilar? Bolalar kichik hikoya, ertak asosida va bolalarni o‘rab turgan tevarak-atrofni, tabiatni chizishga harakat qiladilar. Bolalar tomonidan chizilgan «Biz shanbalikda» va «Kech kuz» rasmlari bunga misol bo‘la oladi. Bolalar bilan olib boriladigan bunday mashg‘ulotlar ularning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi. Bunda bolalarning aqliy qobiliyati rivojlanadi. Bu bolada asta-sekinlik bilan rivojlanadi, shuning uchun mazmunli rasm chizish o‘rta guruhdan boshlab kiritilgan. Bunda ham yonma-yon turgan 2-3ta predmetni tasvirlash o‘rgatiladi. Mazmunli tasvirlashda predmetlarning bir-biridan ajratish uchun uning o‘lchamini, fazodagi o‘rinlariga qarab, predmetlarning katta yoki kichikligini o‘rgatish kerak. Maktabgacha yoshdagi bola uchun predmetlar orasidagi fazoviy munosabatlarni farqlay olish juda qiyin. Mazmunli rasm chizishni, bog‘chada o‘rgatishning umumiy vazifalari quyidagilar: Dekorativ rasm chizish. Dekorativ rasm chizish tasviriy faoliyatning boshqa turlari kabi bolada estetik tuyg‘uni rivojlantiradi. Bolalarni xalq amaliy san’ati namunalari bilan tanishtirishda tarbiyachi ularda vatanparvarlik ruhini, shu san’at asarlarini yaratayotgan odamlarning mehnatiga hurmat bilan qarash kabi tuyg‘ularni tarbiyalashi kerak. Bolalarni dekorativ rasm chizishga o‘rgatishda tarbiyachi ularda naqsh komponentlarining o‘zaro bog‘liqligini, rangini, kompozitsiyasini, forma elementini ko‘rishga o‘rgatadi. Dekorativ rasm chizishda rang qobiliyatining rivojlanishi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya muassalarida rasm chizishga o‘rgatish 2 yoshdan boshlanadi. Bu davrda bolalarni tasviriy faoliyatga tayyorlash davri hisoblanadi. Bu davrda bolalar qalamni ushlash va qog‘oz ustida yuritishga o‘rganadi. Lekin bu jarayonda rivojlanmaydi, bola qalamni to‘g‘ri ushlashni bilmaydi, tarbiyachi asta sekin to‘g‘ri ushlashga odatlantiradi, bolani bajarayotganligini emas balki, qalamning harakatini, uning uchi bilan qog‘oz betiga taqillatishi qiziqtiradi. Qalam bilan to‘g‘ri turli xil shtrixlar, nuqtalar chizadi, qog‘oz betida turli harakatlar qiladi, keyin sodda chiziqlar asta sekin murakkablashadi. Bu vaqtda bola qog‘oz ustiga tushirilgan turli xil izlarni ko‘rib xursand bo‘ladi. Shuning uchun bu davr «Ala - buji» davr deyiladi. Bu davr bolada tasviriy faoliyatini vujudga keltirishga ta’sir ko‘rsatadi. Bu guruhda maktabgacha ta’lim-tarbiya dasturi guruhiy mashg‘ulotlarni talab qilmasada, agar bolalar xohlashsa ularni stol atrofiga o‘tirib rasm chizdirishga imkon yaratish mumkin. Ilk yoshdagi guruhlarda bolalarga bir yarim yoshdan boshlab qalam berish mumkin. Lekin bolalar qilayotgan harakatining tasvirlash ma’nosi kichik guruhdan boshlab tushuna boshlanadi. Bu davrga kelib, nutqi o‘sadi, tasavvur doirasi kengayadi, ashyolar bilan mustaqil harakat qilishi faollashadi. Bu guruhda tarbiyachi bolalarni qilayotgan harakatlarini kuzatishga o‘rgatadi. Chizayotgan turli chiziqlar bilan predmetlarni turlarini bilishga, ularni ayrim narsalarga o‘xshatishga o‘rgatadi. Bolalarga savollar bilan murojaat qiladi, sen nimani chizding deb bolani chizgan ishini qaysi predmetga o‘xshashligini aniqlaydigan ko‘plab savollar beradi. Bola harakati ixtiyorsiz bo‘ladi. Hamma bolalar bir vaqtda o‘z harakati natijasida hosil bo‘lgan ishida predmet o‘rtasidagi o‘xshashlikni aniqlay olmaydi, bu xususiyatni o‘sishi o‘z-o‘zidan nutqini rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ular ishlarida oddiy predmet va hodisalarni tasvir etadi. Masalan: Yomg‘ir yog‘ayapti, qor yog‘ayapti, barglar uchayapti, daryoda suv oqmoqda va boshqalar. 3 yilda asta-sekin bolalarda ranglarga qiziqish ortadi. Ular turli ranglardan foydalanib uni predmetga o‘xshatadilar. Masalan: uncha katta bo‘lmagan qog‘oz betiga qizil bo‘yoqda bo‘lib, “men gul soldim” deydi. Bu guruhda tarbiyachi bolalarga predmetning qaysidir bir qismini chizib, tugatishlarni taklif qiladi. Masalan: sharga ip, bayroqchaga tayoqchani va qizil, yashil, ko‘k, sariq ranglarni bilishga va foydalanishga o‘rgatiladi. “Quyosh”, “ko‘m-ko‘k o‘tlar”, “gullar”. Bolalar dastlab qalam bilan chizishadi, 3-4 mashg‘ulotdan keyin bo‘yoqdan foydalanib bo‘yaydi, undan foydalanishni o‘rgatiladi. Bolalarga quyidagi mavzularda bo‘yoqlar bilan rasm chizdirish mumkin. Masalan: Barglar daraxtlardan to‘kilayapti, “uyda chiroqlar yoqildi”. Yilning 2-yarmida tarbiyachi bolalarni predmetni oddiy tasvirlashga o‘rgatadi. Tarbiyachi shar chizadi, bolalar – ipini, tarbiyachi koptok chizadi, bolalar – yo‘l. Yilning 2-yarmida bolalar bilan mashg‘ulot uyushtirib, uni (mo‘yqalam qo‘yib olish) qo‘g‘irchoqni ko‘ylagini yoki dastro‘molcha va qo‘lqopni dog‘lar bilan bezashga o‘rgatiladi. Bu yoshdagi bolalarni tasvirlashga o‘rgatishda tarbiyachi turli xil usullardan foydalanadi. Sifatli o‘rgatish uchun usullardan biri passiv harakatlar usuli, ya’ni bola o‘zi mustaqil harakat qiladi. Tarbiyachi bola qo‘liga qalam berib chizish harakatlarini bajaradi yoki o‘yin o‘tkazadi. Bolalar qo‘l harakatining koordinatsiyasini rivojlantirib borib, tarbiyachi qog‘oz betida bir xildagi ritmik harakatlarni bajaradi, o‘ngga-chapga keyin asta-sekin murakkab harakatlarni bajarishga o‘rgatadi. Masalan: ip o‘rami yoki tutin chiqayapti va boshqalar. Tarbiyachining badiiy so‘zdan foydalanishi, bolalarga tasvirlanayotgan narsani obrazli tasavvur etishga yordam beradi. Masalan: quyosh to‘g‘risida shunday she’r va ashulalardan foydalanish usuli muhim usullardan hisoblanadi. 1 kichik guruhda tarbiyachi bolalar bilan hamjihatlik keng qo‘llaniladi. Tarbiyachi katta qog‘oz betida archani chizadi, bolalar esa chiroqlar yoqadi (mo‘yqalamni tikka qog‘ozga qo‘yish usuli bilan). Bunday mashg‘ulotlarni tarbiyachi 5-6 ta bolalar guruhi bilan uyushtirish mumkin. 2,5 yoshdagi bolalar bilan ham mashg‘ulotlar uyushtirish mumkin. Masalan: bolalarga rasmlar berib, unda nimalar tasvirlanganligini kabi o‘yinlar o‘tkazish mumkin. Masalan: quyosh, bayroqcha, gullar tasvirlangan bo‘lishi mumkin. Bolalar ularni aytib beradi, qiynalgan bolaga tarbiyachi yordam beradi. Tarbiyachi bolalar ishini tahlil qilib ularning ishlarining xilma-xilligi va predmet bilan tasvir o‘rtasidagi o‘xshashlikni ko‘rsatib beradi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling