Mavzu: bolalar tarbiya jamoasi yagona pedagogik jarayonning asosiy shakli


Download 88.5 Kb.
bet1/2
Sana07.02.2023
Hajmi88.5 Kb.
#1172845
  1   2
Bog'liq
BOLALAR TARBIYA JAMOASI YAGONA PEDAGOGIK JARAYONNING ASOSIY SHAKLI


MAVZU: BOLALAR TARBIYA JAMOASI YAGONA PEDAGOGIK JARAYONNING ASOSIY SHAKLI

Reja:



1.Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish


2 .Axloqiy tarbiyani tashkil etish.
3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, axloqiy me’yorlar, axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish
4. Aqliy tarbiya, tafakkurni shakllantirish, dunyoqarashni rivojlantirish.
5.Jismoniy tarbiya. Jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlanish.




Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayoning asosiy shakli. Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelishida jamoa faoliyatining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, namuna bo‘lishi o‘z burchini aniq va puxta bajarishi hamda o‘z mavqelarini suiste’mol qilmasliklari juda muhimdir. Bu o‘rinda A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan «jamoa vijdoni» deya bergan ta’rifini eslab o‘tish joizdir. Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo‘lsada, ayni paytda uning o‘ziga ham oshirilgan talablarning qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to‘xtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat ko‘rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina holos. Jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to‘xtatib qolinsa, jamoa faolini guruhning boshqa a’zolari bilan qarama-qarshi qo‘yish havfi tug‘ilishi mumkin.
Bu bosqichda jamoaning barcha a’zolarining faol faoliyatga o‘tishi zarur sanaladi. Jamoa-kishilarning shunday muayyan guruhi bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari o‘zaro birlik, a’zolarning munosabatlar jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish va bir-biriga bo‘ysunishi, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarligi asosida muayyan faoliyatni olib boradilar.XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o’zining «Tadbiri manozil» nomli ilmiy asarining maxsus «Amuzish va parvarishi modrasas farzand» («Bolalarni maktabda o’qitish va tarbiyalash») bo’limida o’quvchilarga jamoali o’qitish haqida quyidagi tavsiyalarni beradi: 1.Agarda o’quvchilar birgalikda o’qisalar, ular zerikmaydilar, fanni o’rganishga qiziqish kuchayadi; ularda bir-birlaridan ortda qolmaslik uchun o’zaro musobaqalashish istagi rivojlanadi, ular bolaning o’qishi yaxshilanishiga yordam beradi; 2.O’zaro suhbatlarda o’quvchilar kitobdan o’qish yoki kattalardan eshitgan qiziqarli ma`lumotlarni bir-birlariga aytib beradilar va bolalar birgalikda, yig`ilganlarida bir-birilari bilan do’stlashadilar va bir-birlarini hurmat qiladilar; 3. Ular faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir-birlariga o’quv materiallarini 80 o’zlashtirishda yordam beradilar; bu bilan bolalar mag`rurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni o’rganadilar6. Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatining maqsadi hisoblanadi. Ayn ko‘rsatgich, uni shakllantirish vositasi bo‘lib, uning yordamida jamoaning barcha yoki har bir a’zosini tarbiyalar yaxshi samaralar beradi.Jamoaning yetakchi tarbiyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni hosil qilish. Mustahkam xayotiy jarayonni qaror topshirishdan iboratdir. Umumiy o‘rta ta’lim va boshqa ta’lim muassasalarida jamoani shakllantirish ma’suliyatli vazifa sanaladi.Jamoani tashkil etganda o‘quvchilar muhitida mavjud haqiqiy guruhlarni to’plab, bir-biriga va o‘zaro do‘stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur.
Jamoa so‘zi lotincha «Kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi va jamoa bu kishilardan iborat guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «Jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda kishilarning istalgan tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan: ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, xo‘jalik jamoasi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. O‘quvchi (tarbiyalanuvchi)larning birlashmasi o‘ziga xos muhim belgilarga egadir. Quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so‘z yuritamiz. Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash – tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‘ynash to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yotarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi. Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me’yorlari o‘z ifodasini topadi. Jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o‘zaro birlik, uzviy maqsadga muvofiq tashkil etiladi. Shu bois jamoa hayoining bir (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalganligi uning yetakchi belgisi sanaladi. Har bir jamoa boshqa bir jamoalar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Uning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoani tushunish, uni his etish hamda shaxsni shakllantirishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri baholay olish umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsadning qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatning birligini namoyon etadi hamda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umummilliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir. Jamoa faoliyatning ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir.Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, ya’ni jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblanadi. Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa faoliyati natijasida jamoa a’zolari o‘rtasida ishchanlik, bir-biri uchun g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun javobgarlik hissi qaror topadi.Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma’suliyat hissini uyg‘ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, jamoa mansublik hissini paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi, jamoaga bilan munosabatda bo‘lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari orasida yaqinlik, hissiy birlik (bir-birini yoqtirish) yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko‘pincha pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun qo‘l keladi. Ruhiy va hissiy jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini mazmuniga ular orasidagi hosil bo‘lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir.
Rahimov S.R. Abu Ali ibn Sinoning psixologik-pedagogik qarashlari. — Toshkcnt, O’qituvchi, 2004, - 103-bet. 81 Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy jihatlari ko‘zda tutiladi. Mazkur tuzilma bir tomondan jamoa a’zolari qo‘shilgan ishchanlik munosabatlarini ifoda etsa, ikkinchi tomondan rahbarlik vazifasini bajaruvchi tarbiyachilar hamda jamoa a’zolari o‘rtasidagi mavjud boshqarish munosabatlari mazmunini ifoda etadi. Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari o‘rtasidagi shaxslararo ma’naviy psihologik munosabatlarining umumiy tizimi va mikroguruhni tashkil qiluvchi ayrim a’zolar o‘rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. Tarbiyalanuvchi shaxsning jamoadagi o‘rni uning shakllanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo‘lganda, jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bo‘la oladi. Norasmiy guruhlar (ijroguruhlar umumjamoa ijtimoiy manfaatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lgandagina jamoa o‘z-o‘zini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin. Yashash joylarida o‘zaro birikkan bolalar guruhlari qanchalik ahil va inoq munosabat zaminidan tashkil topgan bo‘lmasin haqiqiy jamoa bo‘la olmaydi. Jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a’zolari o‘rtasida ijtimoiy ahamiyati faoliyat, maqsad, ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabatlarni o‘rnata olishi lozim. Jamoaning majburiylik belgisi unga pedagogik rahbarlikning bo‘lishidir. Shunday qilib, jamoa-kishilarning shunday muayyan guruhi bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari o‘zaro birlik, a’zolarning munosabatlar jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish va bir-biriga bo‘ysunishi, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarligi asosida muayyan faoliyatni olib boradilar. Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatining maqsadi hisoblanadi. Ayni ko‘rsatgich, uni shakllantirish vositasi bo‘lib, uning yordamida jamoaning barcha yoki har bir a’zosini tarbiyalar yaxshi samaralar beradi. Jamoa tashkil etganda o‘quvchilar muhitida mavjud bo‘lgan haqiqiy guruhlarni tutish, bir-biriga va o‘zaro do‘stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur. Pedagog bu guruhlarni xususiyatlarini ularning yo‘nalishi, qiziqishlari, malakasini bilishlari hisobga olish va foydalanish kerak. Jamoa ishni tashkil etishda va amalga oshirishda vazifalarni taqsimlash vaqtida mazkur xusiyatlarni hisobga olish ishining samarodorligini oshiradi. Jamoa faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchilarning shaxslararo real mavjud bo‘lgan aloqalarni hisobga olish ikki xil maqsadga erishish: guruh a’zolarini jamoa hayotiga jalb qilish va ular o‘rtasiga muomalaga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi.
Jamoa sо‘zi lotincha «kollektivus» suzining tarjimasi bо‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh manolarini anglatadi. Yoki jamoa deganda kishilardan iborat guruh tushuniladi.
Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash tarbiya tizimida alohida ahamiyat kasb etadigan tamoyillardan biridir. Bolaning har tomonlama rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida jamoaning yetakchi о‘rin tutishi haqidagi fikr pedagogika faniniig rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan.
Shuning uchun ham bolalar jamoasining rivojlanishi pedgagogik jihatdan boshqariladigash jarayondir. Jamoaga rahbarlik kilishning asosiy vazifasi pedagogik yondoshishning ilmiy asoslangan sistemasi yordamida jamoa a’zolarini tarbiyalab, voyaga yetkazishdai iborat. Jamoaning tarbiyaviy vazifalari uning a’zolari olib boradigan mazmunli, bilish, aloqa faoliyagi jarayonida amalga oshiriladi.
Jamoada bolalar eng avvalo muomala meyorlarini amalda
о‘zlashtiradilar, о‘z xatti-xarakatlarini boshqa odamlar manflatlariga muvofiq tarzda qо‘rishni, rejali va adolatli bо‘lishni о‘rganadilar.
Bolalar jamoasi turli yosh bosqichlarida muayyan xususiyatlarga ega bо‘lgan holda, tobora rivojlanib boruvchi tizimdir.
Maktabgacha tarbiya yoshda jamoaning dastlabki asoslari shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar jamoasi bu bolalar bog‘chasidagi jamoa, turmush tarzi birgalikdagi faoliyat asosida bir -biriga bog‘lik maqsad, manfaat va kechiimalar bilan tarbiyachi rahbarligida birlashgan va uyushgan bolalar guruhidir.
Maktabcha tarbiya yoshdagi bolalar jamoasida tarbiyachi bosh tashkilotchi rolini о‘ynaydi va bolalarda asta – sekin jamoaning axamiyati haqida umumiy natijalarga erishishda birgalikda kuch-g‘ayrat sarflash quvonchi haqida har bir bolaning jamoa hayotidagi roli haqida tasavvur hosil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy quvonchli kechinmalari, birgalikda qilingan maroqli faoliyat bolalar jamoasi rivojlanishning asosidir.
Maktabgacha tarbiya yoshi oxirlariga borgapda makabgacha yoshdagi bolalar guruhida tarbiya tо‘g‘ri yо‘lga quyilgan bо‘lsa, hamkorlik, о‘zaro yordam, mas’uliyatlilik kabi xususiyatlar namoyon bо‘ladi.
Shunday qilib, jamoa kishilarning muayyan guruhi bо‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bо‘lgan maqsad hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yо‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari о‘zaro birlik, a’zolarining munosabatlar jarayonidagi tenglik asosida unga rahbarlik qilish va bir-biriga buysunish, shuningdek, jamoa oddidagi javobgarlik asosida muayyan faoliyatni olib boradilar. Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatning maqsadi hisoblanadi. Jamoaning yetakchi tarbiyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash unda ijobiy sifatlarini hosil qilish mustahkam hayotiy vaziyatni qaror toptirishdan iborat.
Bolalar jamoasi tarbiyachi pedagog hamda bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi о‘z - о‘zini nazorat. О‘z -о‘zini boshqaruv jarayonini tashkil etuvchi mustaqil tizim, shuningdek, о‘zining psihologik muhitiga va an’analariga ega gurux hisoblanadi. Bugungi kunda pedagog olimlar (L.I Novikov va boshq.) bolalar jamoasi rivojlanish jarayonini tahlil qilar ekan, uni quyidagi uch jihatiga e’tibor boradilar:
A) Jamoani dastlabki shakllantirish.
V) Jamoani shakllantirish, uning har bir a’zosini individual rivojlantirish,
G) Tarbiyalanuvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi.
Tarbiyachi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijobiy tajribaga qо‘shish imkonini beradigan о‘zaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir etadigan - shakl va metodlardan foydalanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jamoasi mashg‘ulotlarning umumiyligi va о‘zaro munosabatlarning muayyan tizimi tufayli birlashgan bolalar guruhidir. Uning shakllanishi butun tarbiyaviy jarayonning natijasi bо‘lib, tarbiyalanuvchilar hayoti va faoliyatini tо‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq bо‘ladi.
Demak, inson xulqidagi ijobiy sifatlardan biri kishilar jamoasiga qо‘shila olish va о‘sha jamoa a’zolari orasidan munosib о‘rin olishdir. Bu har bir kishidan yuqori saviya va odob - axloqni talab etadi.
Kishining odobi, bilimi, jismoniy kamoli, jamoa ichida tez kо‘rina boshlaydi.
Bola yoshligidan boshlab о‘zida boshqalar bilan, bolalar jamoasi bilan muloqotga extiyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani о‘zi tanlay olmaydi. U biron jamoaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi.
Bola yashayotgan jamoa jozibali etib tashkil qilinsa bola
bunday jamoada о‘zini erkin sezishi mumkin. Buning uchun esa
jamoa - mazmunan boy, undagi о‘zaro munosabatlar insonparvarlikka asoslangan bо‘lishi muhim. Jamoani shakllantirshda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qо‘yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, bolalar tomonidan о‘z - о‘zini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlari boshqasidan ustun kelishiga yо‘l qо‘ymasligi kerak.
Shu bois tarbiyachi bolalarni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim.
Demak, tarbiyachi bola bilan amalga oshiradigan yakka tarbiyadagi ishlarni uyushtirishda ma’lum shart - sharoitlarga rioya qilishi lozim. Masalan, yakka tarbiyadagi suxbatlar, mashg‘ulotlar, rasm va kitoblarni kо‘rish, didaktik о‘yinlar ertalabki soatlarda, sayrda kechki soatlarda о‘tilsa, maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Bolalar bilan kanday ishlar olib borish tarbiyachining
umumiy rejasida kо‘rsatilishi kerak. Olib borgan kuzatishlari
natija va xususiyatlarini tarbiyachi о‘zining kundalik daftariga yozib boradi.
Tarbiyalanuvchi shaxsning jamoadagi o‘rni uning shakllanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo‘lganda, jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bo‘la oladi. Norasmiy guruhlar (ijroguruhlar umumjamoa ijtimoiy manfaatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo‘lgandagina jamoa o‘z-o‘zini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin. Yashash joylarida o‘zaro birikkan bolalar guruhlari qanchalik ahil va inoq munosabat zaminidan tashkil topgan bo‘lmasin haqiqiy jamoa bo‘la olmaydi. Jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a’zolari o‘rtasida ijtimoiy ahamiyati faoliyat, maqsad, ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabatlarni o‘rnata olishi lozim. Jamoaning majburiylik belgisi unga pedagogik rahbarlikning bo‘lishidir. Shunday qilib, jamoa-kishilarning shunday muayyan guruhi bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari o‘zaro birlik, a’zolarning munosabatlar jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish va bir-biriga bo‘ysunishi, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarligi asosida muayyan faoliyatni olib boradilar. Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatining maqsadi hisoblanadi.



Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling