Mavzu: Bolalar va erkaklar kiyimi uchun turli XIL cho’ntak namunalarini tikish


Download 3.33 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi3.33 Kb.
#1143840
Bog'liq
Mavzu Bolalar va erkaklar kiyimi uchun turli XIL cho’ntak namun-fayllar.org


Mavzu: Bolalar va erkaklar kiyimi uchun turli XIL cho’ntak namunalarini tikish

Mavzu: Bolalar va erkaklar kiyimi uchun turli xil cho’ntak namunalarini tikish.

Mana chizmani chizib oldik. E’tibor bering A B C nuqtalar tushgan vertikal chiziqni orasini ochib chizdim. Bu chok haqqi hisobi. Shtrix chiziqlar esa chok haqqi chiziqlari bo’lib, qaychi bilan kesish chiziqlarimiz hisoblanadi..Mana shtrix chiziqlar bo’ylab qirqib bichib ham oldik.Faqat 1 juft old bo’laklarni ajratib olamiz.Cho’ntak chizig’ini chizib olamiz. 5-6 yoshli bolalar uchun mo’ljallangan shortikda man bu masofani 5 cm ga 12 cm qilib oldim. Kattalar kiyimida bu masofani 8cm ga 18 cm qilib olishingiz mumkin.Cho’ntak chizig’ini avaylab buklab cho’zmasdan dazmollaymiz.Shu buklov chizig’iga 3cm kenglikdaki qotirma flizilin yopishtirib olamiz. Flizilin asosiy ip yo’li bo’ylab qirqilgan bo’lishi kerak.

Flizilin yopishtirgandan so’ng yana qayta cho’ntak chizig’ini buklab dazmollaymiz.Navbatdagi ishimiz cho’tak qopini bichib olish bo’ladi. Men bezak mato sifatida mana shu matodan foydalanyapman va shu matoning o’zidan cho’ntak qopini bichib olaman.Mana cho’ntak qopini bichib ham oldik,Cho’ntak qopi va asosiy gazlama birlashtirilib cho’ntak chizig’I ustidan yordamchi chok bilan mana shu shaklda tikib olinadi.Yordamchi chokning ustidan mashina choki yurg’izamiz.Yordamchi choklarni olib tashlaymiz, mana shunday ko’rinishga keladi.Cho’ntak qopining keraksiz qismini kesib tashlaymiz. E’tibor berib kesing, Asosiy kiyim matosini kesib yubormang.Cho’ntak buklanish chizig’ining yuqori burchagiga overlik bilan ishlov beramiz.Overlok qilingan joy cho’ntak qopiga bostirib tikiladi.

Agarda siz bezak matoli emas, oddiy cho’ntak tikayotgan bo’lsangiz cho’ntak qopining mana bu yeriga asosiy gazlamadan yopuvchi mato bostirib tikib qo’yishingiz kerak.Yordamchi chok ustidan mashinkada tikib olamiz.Yordamchi choklarni olib tikilgan choklarni dazmollab olamiz.cho’tak chizig’ini buklab yana yaxshilab dazmollab olamiz.Mana chho’ntagimiz deyarli tayyor.Chontak qopiga tikish chizig’imizni chizib olamiz.Chizilgan chiziq bo’ylab tikib, ortiqcha joylarini kesib tashlab, chok uchlariga overlok bilan ishlov beramiz.cho’ntak boshi va oxiriga zakrepka choklarini berib mustahkamlab lamiz.Orqa va old bo’lak yon choklarini tutashtirib tikamiz. Cho’ntak mana shunday ko’rinishga keldi.Kiyimning orqa va oldi o’rtasidagi choklarni tikamiz.

Mana tikib oldik, eslatib o’taman har bir chokka avelok bilan ishlov berish orqali tikayotgan buyumimizning sifatini oshirayotgan bo’lamiz.Qadam choklarini ham tikib overlok qilib olamiz.Shortikchamizning bel va pocha qismi uchun bezak matoimizdan tasmalar bichib olamiz.Tasmalar uchlarini ulaymiz.so’ngra choklarini yorib dazmollaymiz.Undan so’ng tasmalarning o’ngini o’girib teng 2 ga buklab qirralarini dazmol yordamida chiqarib olamiz.Mana bezak matoimizni shortikchamizga ulab, choklariga ishlov berib oldik.Tikkan kiyimimizni so’nggi marta yaxshilab dazmollaymizbel qismiga rezinka o’tkazib qo’yamiz.



http://fayllar.org
Download 3.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling