- Peshob chiqarishga chorlov yuzaga kelganda uyg’onish refleksini hosil qilish yoki tiklash;
- Asab to’qimasida metabolik jarayonlarni rag’batlantirish;
- Peshob chiqarish jarayonini tartibga soluvchi qavatlarning yetilishini tezlashtirish;
- Kasallik paytida yuzaga keladigan nevrotik kasalliklarni tuzatish.
- Amalda davolashning har xil turlari qo’llaniladi, ulardan enurezli uyg’otgich (alarm-terapiya) va farmakologik terapiya katta ahamiyatga ega.
- Enurezli uyg’otgich — uyg’onish refleksi buzilishida terapiyaning eng yaxshi usuli hisoblanadi, ayniqsa kechasi ajraladigan siydik miqdori unchalik katta va siydik pufagi sig’imi unchalik kichik bo’lmasa. Ushbu usul hech qanday nojo’ya ta’sirga ega emas. Tasdiqlangan samaradorlik 80%. Bundan tashqari, kasallikning qaytalanish darajasi juda past.
Medikamentoz terapiya - Agar tunda ishlab chiqariladigan siydik miqdori ko’p bo’lsa va uyg’otgichli terapiya samara bermasa, medikamentoz terapiyaga murojaat qilinadi. Bunda tabletka shaklida desmopressin (200-400 mg) yoki til ostiga qo’yiladigan liofilizat (120-240 mg) bilan davolashning samaradorligi 70% ni tashkil qiladi. Dozani oshirib yuborish xavfi yuqori bo’lganligi sababli, hozirgi paytda nazal spreylar tavsiya etilmaydi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, antidiuretik gormonni qabul qilish to’xtatilganidan keyin kasallikning qaytalanish darajasi yuqori bo’lishi qayd etilgan.
- Siydik pufaginig hajmi kichik bo’lsa, davolash spazmolitiklar yoki antikolinergik preparatlar bilan olib borilishi mumkin.
- Enurezni davolashda keng qo’llaniladigan Imipramin, faqatgina 50% samaradorlik ko’rsatadi va terapiya ko’pincha kasallikning qaytalanishi bilan birga kechadi. Bundan tashqari, dozani oshirib yuborishda kardiotoksik ta’sir va o’lim holatlari qayd etilgan. Shuning uchun hozirgi vaqtda undan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Fizioterapiya - Fizioterapevtik muolajalardan mikrotok, ultratovush, siydik pufagi sohasiga issiq ta’sir ettirish, terapevtik mashqlar, massaj buyurilishi mumkin.
- Kasallikni davolashda kegel mashqlari ham yordam beradi. Bunday holda, bola ma’lum bir muddat peshob oqimni 5-10 soniyadan ushlab turishi, keyin chiqarib yuborishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |