Mavzu: Bolalarda Raxit kasalligi


Download 79 Kb.
bet5/5
Sana28.03.2023
Hajmi79 Kb.
#1303733
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bolalarda Raxit kasalligi

Raxit profilaktikasi
Hozirgi vaqtda asosiy e'tibor raxitning nospesifik profilaktikasiga qaratilgan bo’lib, u bola tuhilganigacha va tuhilgandan so’ng olib boriladi.
 Raxitning antenatal profilaktikasi homiladorlarni to’g’ri ovqatlantirish, toza havoda sayr qilish, jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish, homiladorlar uchun doimiy ravishda vitamin komplekslarini mikroelementlar bilan birga qo’llash (pregnavit). homiladorlik davrida UBN qabul qilgan ayollarning bolasida MNSning perinatal zararlanishi ko’p uchraydi va og’ir kechadi. Vitamin D katta dozada yoldosh tosig’ini zararlaydi va homilaning homila ichi rivojlanishini orqada qolishiga sabab bo’ladi.
 Raxitning postnatal profilaktikasi tabiiy ovqatlantirish, kun tartibiga rioya qilish, bolani chiniqtirish, massaj, gimnastika, emizikli onalarga doimiy ravishda vitamin komplekslarini qabul qilish, ochiq havoda sayr qilish buyuriladi. Sayr vaqtida bolaning yuzini yupqa toqima bilan yopish tavsiya etilmaydi, chunki bu teriga quyosh nurlari tushishiga to’sqinlik qiladi. Shuningdek, bolani quyosh tik tushishidan asrash zarur. Yozda bolaning vitamin Dga bo’lgan haftalik ehtiyojini qondirish uchun daraxtlar soyasida 10-30 minutli havo vannasi yetarli hisoblanadi.
Oqibati
Raxit oqibati uning og’irlik darajasiga, o’z vaqtida tashxis qoyishga va adekvat terapiyaga bog’liq. Og’ir holatlarda raxit skeletning deformasiyasiga olib keladi, asab-ruhiy rivojlanish va jismoniy rivojlanishning orqada qolishi, ko’rishni buzilishi, shuningdek, pnevmoniya va oshqozon-ichak kasalliklari kechishi uzayadi. Lekin, og’ir oqibatlari odatda ekstremal holatlarda yuzaga keladi (urush vaqtida, ochlikda va boshqalar). Odatdagi sharoitda raxitning bunday oqibati kuzatilsa, boshqa sabablarni hidirish zarur. Chala tug’ilgan bolalarda raxit (kam vaznli bolalardagi suyak kasalligi)
Kasallik uzoq muddat davomida parenteral ovqatlanishda bo’lgan, kam vaznli bolalarda uchraydi; ko’krak suti yo’ki chala tug’ilgan bolalar talabiga moslashtirilmagan ko’krak suti aralashmalarini iste'mol hilganda kelib chiqadi. Chala tug’ilgan bolalarda raxitni aniqlash qiyin, raxitning aniq manifestasiyasi kam uchraydi, 6-8 haftagacha klinikasi aniqlanmaydi.
Chala tug’ilgan bolalarda raxitni rivojlanishiga olib keladigan omillar Suyak substrati tanqislikligi: kalsiy, fosfor, oqsilni noadekvat iste'mol qilish;Substratni yuqori miqdorda yo'qotish: asidozda giperkalsiyuriya, siydik qaydovchi dorilar bilan o'tkazilgan terapiyadan keyin giperkalsiuriya (asosan furosemiddan keyin)
Suyak mineralizasiyasi uchun gormonlar aktivligining mosemasligi: vitamin D: ko’krak sutida kam miqdordaligi, nisbiy steatoreyada absorbsiyaning kamayishi, chala tug’ilgan bolalarda vitamin D sintezining pasayishi.
Paratgormon: chala tug’ilgan bolalarda nisbatan javob yo'qligi.
Taxminan 2-oylik davrida quyidagi o’zgarishlar aniqlanadi:
1) uzun suyaklar diafizlari oxirining kengayishi;
2) qovurga-toqay birikkan joyining kengayishi ("raxitik tasmalar");
3) bo’rtib chiqqan, yonboshlari yassilangan yumshoq bosh suyagi
4) kalla suyagining yomon rivojlanganligi hisobiga, katta lihildoqning olchami nisbatan katta;
5) qovurgalar yoki uzun suyaklar yorig'i
Odatda rentgenologik o’zgarishlar xarakterli bo.ladi. Suyaklar rentgenogrammasida quyidagi o’zgarishlar aniqlanadi:
1) yaqqol rivojlangan hamma suyaklar osteoporozi;
2) yalliglanish genezli metafiz oxirlari giperemiyasi;
3) metafiz oxirlarida konturlanishning yo'qligi;
4) kalsinoz boshlanish chizigining rivojlanishi bilan erta tiklanish belgilari;
Epifiz rivojlanishi orqada qoladi. qonning bioximik tahlilida ishqoriy fosfataza ko’rsatgichi yuqori bo.ladi (800 MEdan), plazmada fosfor miqdori kamaygan, kalsiy miqdori kam yo’ki normada. Rentgenologik belgilari darrov rivojlanmaydi va kasallikni og’ir kechishini ko’rsatadi, chala tug’ilgan bolalarda raxit borligiga ko'rsatma bu ishqoriy fosfatazaning doimiy yuqoriligidir, agar bunga boshqa asoslar bo’lmasa (misol, xolestaz).
Hozirgi vaqtda chala tug’ilganlarda raxitni kelib chiqish sababi, vitamin D tanqisligi, uning metabolizmining noadekvatligi emas, balki, suyak mineralizasiyasi substratining tanqisligi deb tushuntirilgan. Oqsil, kalsiyni noadekvat iste'mol qilinishi chala tug’ilgan bolalarda raxit rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin, lekin fosfor yetishmasligi eng asosiy sabablardan biridir. Yaqqol fosfor tanqisligida, kalsiy utilizasiyasi kamayadi, shuning uchun giperkalsiemiya aniqlanadi. homiladorlikning oxirgi uch oyligida homila qar kuni 7,5 mmol/l (300mg) kalsiy va 5 mmol/l (150mg) fosfor oladi, kam vaznli bolalar kalsiy va fosfor yuqoridagi miqdorda parenteral va enteral ovqatlantirilganda hazm hilaolmaydi. Buning natijasida suyak toqimalarida depolashgan mineral moddalar tanqisligi rivojlanadi. Chala tug’ilgan bolalarni ovqatlantirish uchun tavsiya qilingan aralashmalarda fosfor ko’p miqdorda bo’ladi, bundan tashqari ular fosfor va kalsiyni absorbsiya jarayonini ko’krak sutiga nisbatan katta miqdorda ta'minlaydi.
Bunday aralashmalarni qo’llaganda raxit kam uchraydi. Maxsus tavsiya qilingan aralashmalarda kalsiy fosfor nisbati 2 ga teng, bunda kalsiy 100 ml aralashmada 50-80 mg, fosfor esa 20-45 mg bo’lishiga kerak. Chala tug’ilganlarda raxitni davolashda suyak mineral moddalariga talabni oshirish uchun 100 ml sut aralashmasiga 10-15 mg neytral fosfor qo’sqiladi yoki infuzatda fosfor miqdori ko’paytiriladi (parenteral ovqatlantirilganda). Qon zardobida fosfor miqdori korsatgichi tushsa, ishqoriy fosfataza aktivligi ortsa (800MEdan yuqori), fosforni
qo’shimcha berishga ko’rsatma bo’lib hisoblanadi. Ko’krak suti bilan ovqatlantiriladigan bolalar hayotining birinchi kunidan boshlab, qo’shimcha fosfor olishlari kerak. Ko’krak sutini qo’shimcha kalsiy bilan 20-40 mg/100 ml sutkada to'yintirish ham tavsiya etiladi (standart aralashma).
Bundan tashqari chala tug’ilganlarga hayotining 10-14 kunlaridan vitamin D profilaktik dozasini berish ko’rsatilgan. Lekin vitamin Dni yuqori dozada tavsiya qilish (2000 ME/kuniga) sezilarli natijalarga olib kelmagan. Chuqur chala tug’ilgan bolalarga neonatologiya bo’limlarida yotganda vitamin D qo’shimcha 800ME sutkada tavsiya etiladi (1600 MEdan oshmasligi zarur), kasalxonadanchiqarilgandan song ( yo’ki 1,5-2 oyga yetganda) vitamin D dozasi kamaytiriladi, yetuk tug’ilgan bolalarnikidek - 400mg/sutkada bo’ladi.
Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling