Mavzu; Bolalarda suyak mushak tizimini tekshrish usullar


Download 193.74 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi193.74 Kb.
#1315268
Bog'liq
bolalarda suyak mushak tizimini tekshirish

Mavzu; Bolalarda suyak mushak tizimini tekshrish usullar

  • Bolalarda suyak tizimi shikastlanishi tug'ma va orttirilgan bo´ladi. Tug'ma nuqsonlarda son suyagining tug'ma chiqishi, skelet ba'zi qismlarining tug'ma nuqsonlari, ikkinchi o'rinda skelet tug'ma displaziyasi turadi. Ular xondrova osteodisplaziyaga bo'linadi va skeletning turli xil deformatsiyasi bilan kechadi, bolaning o'sish jarayonida yuzaga keladi. Erta yoshdagi bolalarda orttirilgan suyak kasalliklaridan raxit ko’p uchraydi, unda suyaklar yumshoqligi, suyaklarning yoysimon qiyshiqligi, oyoqlarning O va X-simon qiyshiqligi, shuningdek raxitik gidrosefaliyauchraydi. Orttirilgan suyak kasalliklaridan ba'zida osteomielit uchrab turadi. Maktab yoshidagi bolalarda suyak to'qimasining jarohatlanishi ko'p kuzatiladi. Suyak sinishlari. Suyak tizimini ob'ektiv tekshirish ko'rik, palpatsiya va o'lchash bilan o'tkaziladi. 

Tekshirish usullari 

  • Bolalarda suyak tizimi shikastlanishi tug'ma va orttirilgan bo´ladi. Tug‘ma nuqsonlarda son suyagining tug'ma chiqishi, skelet ba'zi qismlarining tug'ma nuqsonlari, ikkinchi o'rinda skelet tug'ma displaziyasi turadi. Ular xondro vaosteodisplaziyaga bo'linadi va skeletning turli xil deformatsiyasi bilan kechad bolaning o'sish jarayonida yuzaga keladi. Erta yoshdagi bolalarda orttirilgan suyak kasalliklaridan raxit ko’p uchraydi, unda suyaklar yumshoqligi, suyaklarnin yoysimon qiyshiqligi, oyoqlarning O va X-simon qiyshiqligi, shuningdek raxitik gidrosefaliyauchraydi. Orttirilgan suyak kasalliklaridan ba'zida osteomielit uchrab turadi. Maktab yoshidagi bolalarda suyak to'qimasining jarohatlanishi ko'p kuzatiladi. Suyak sinishlari. Suyk tizimini ob'ektiv tekshirish ko'rik, palpatsiya va o'lchash bilan o'tkaziladi. 
  • Ko'rikni yotgan, o'tirgan va tik turgan holatda, qo'llari erkin tushgan holda o'tkazish kerak. Keyin boladan yotish, otirish, qo'l-oyoglarini bukish, ochish va boshqalar talab qilinadi. Kichik yoshdagi bolalarda suyak - boqim tizimini baholash uchun bola oynayotgan vaqtda uni kuzatish kerak. Old tomondan korik bosh, boyin, ko'krak qafasining shakli, xolati va proporsiyasini aniqlashga yordam beradi. Orqa tomondan ko'rikda kurak, umurtqa pog'onasi, oyoq-qo'l bo'g'imlari burchaklari bukilishi va yozilishiga e'tibor beriladi. 
  • Suyak tizimi quyidagi ketma-ketlik tartibida tekshiriladi: bosh, umurtqa pog'ona, ko'krak qafasi, oyog va qo'llar. Bosh ko'rigida uning olchami va shakli aniqlanadi, bosh aylanasi o'lchanadi. Normada bosh aylana shaklida bo´ladi. Paypaslash bilan liqildoq, choklarning holati, suyaklarning zichligi aniqlanadi. Paypaslash ikkala qo'l bilan o'tkaziladi, bosh barmoq peshonaga, kaft, chakka soxasiga, o'rta va ko'rsatgich barmoqlar bilan tepa suyaklar tekshiriladi, ensa sohasi, choklar va kichik liqildoq ham tekshiriladi. 
  • Katta liqildoq peshona va tepa suyaklar o'rtasida joylashgan, to'g'ri romb shaklida bo´ladi. Kichik liqildoq ensa va tepa suyaklar o'rtasida joylashgan. Tug'ilgandan keyin ko’pgina chaqaloqlarda kichik liqildoq yopiq, 25% bolalarda esa 4,8 haftada yopiladi. Yetuk tugilgan bolalarda yon lihildoqlar yopiq bo´ladi. Chaqaloqlarda o'qsimon, ensa choklari ochiq va 3,4 oylikda yopiladi. Katta liqildoqni paypaslab, liqildoq o'lchami aniqlanadi, liqildoqning ikkita qarama qarshi tomonlaridagi masofasi o'lchanadi, diagonali bo'yicha o'lchanmaydi. Tug'ilganda katta likildoq o'lchami 2,5x2,5 sm yo’ki 3,0x3,0 smga teng, 1,1,5 yoshda katta liqildoq yopiladi (normada). Oxirgi yillarda, uning 9,10 oylarda yopilishi kuzatilmoqda. 
  • Boshni ko'rish vaqtida kallaning miya va yuz qismi taqqoslanadi, ularning taqqoslanishi bolaning biologik shakllanishini belgilaydi. Miya va yuz qismini taqqoslash erta yoshdagi bolalarda 2:1, kattalarda 1:2 ga teng. Ko'krak qafasini ko'rganda uning shakli baholanadi. Chaqaloqlarda ko'krak qafasi shakli bochkasimon, ya'ni oldorqa o'lchami ko'ndalangiga teng. Ko'krak qafasi keng va kalta. Maksimal nafas olish holatini egallaydi, qovurg'alar gorizontal joylashgan. Erta yoshdagi bolalarda silindrik, 7,8 yoshdan keyin epigastral burchak o'lchamini aniqlash uchun quyidagi usul qollaniladi: ikkala qo'l kafti qirrasi (qovurg'asi) bilan to'sh va qovurg'alar yoyi o’rtasitda hosil bolgan burchak tomonga yo'naltiriladi, 15- yoshda - ko´krak qafasi ko'ndalang diametri kattalashadi. 

Mushak tizimini tekshirishda mushak 

  • Mushak tizimini tekshirishda musha vazni yoki rivojlanish darajasi aniqlanadi. Tonusi, kuchi, shuningdek hajmi va harakat xarakteri baholanadi. Mushaklarning og'irligi, mushaklarni ko'rish va paypaslash bilan aniqlanadi, bolaning tanasi va oxirlari xolatiga qarab, mushaklar tonusi vizual baholanadi. Sog'lom chaqaloqlarning qo'llari tirsakka bukilgan, tizza va son qorniga tortilgan bo´ladi. Mushaklar tonusi palpator aniqlanadi, navbat bilan turli xil muskul guruxlari palpatsiya qilinadi, oxirlar sekin bukiladi va yoziladi. Ko'krak yoshidagi bolalarda yuqori oxirlar muskul tonusi traksiya sinamasi yordamida tekshiriladi. Orqasi bilan yotgan bola kaftidan ushlanib va sekin o'ziga tortiladi, uni o'tirgan holatga keltirishga harakat qilinadi. Bola oldin qo'llarini ochadi, keyin xuddi shifokorga yordam bergandek butun tanasi bilan tortiladi. Ko'krak yoshidagi bolalarda mushak kuchi o'yinchoqni olib qo'yish bilan aniqlanadi, katta yoshda (5-6 yosh) dinamometr yordamida tekshiriladi. Shifokor passiv harakatlar hajmini aniqlaydi, bo'g'imlarni bukish va yozish bilan aniqlanadi, bo'g'imlarda aktiv harakatlar hajmini bola o'zi aniqlaydi. 
  • E’tiboringiz uchun rahmat

Download 193.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling