Mavzu: Bolalarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining o'rni Reja: mtt bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda mttda olib boriladigan ishlar
Download 0.49 Mb.
|
Slayd
Vatanga muhabbat eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda Vatanga muhabbat hissi baynalmilalchilik bilan uyg‘unlashib ketadi. Vatanga muhabbat maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda kattalar tomonidan bolalarning ruhiy rivojlanishini va ular tafakkurining aniq hamda obrazliligini e’tiborga olgan holda ma’lum izchillik bilan tarbiyalab boriladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda Vatanga muhabbatni, ularga yaqin va tanish bо‘lgan aniq faktlar, yorqin misollar orqali tarbiyalab boriladi. Tarbiyachilar bolalarda о‘z oilasiga, uyiga, bog‘chasiga va ularni о‘rab turgan tevarakatrofga muhabbat hamda ularga sodiq bо‘lishni tarbiyalayotib eng muhim ijtimoiy tuyg‘u Vatanga muhabbatni tarbiyalab boradi.
Dastavval, u tug‘ilgan va yashayotgan joylar. Jonajan ona tabiat Vatanga muhabbatni tarbiyalashning kuchli omillaridan hisoblanadi. Uning gо‘zalligidan zavqlanish, tabiatiga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lish, inson mehnatining tabiatdagi о‘zgartiruvchanlik rolini tushunish — bularning hammasi jonajon о‘lkaga muhabbatni shakllantirish manbalaridir.
Maktabgacha yoshdagi bolada vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish birgalikdagi faoliyat jarayonida ro'y beradigan psixologiya va pedagogikaning eng muhim pozitsiyasiga asoslanib, bu ularga yangi bilimlarni olish imkoniyatini beradi, axloqiy va vatanparvarlik tarbiyasining eng samarali vositasi loyiha usuli hisoblanadi.
Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling