Mavzu: Boshlang‘ich sinf ona tili milliy o‘quv dasturining tahlili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili fanini o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasi haqida ma’lumot
Download 208.87 Kb.
|
1-amaliy(1)
1-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Boshlang‘ich sinf ona tili milliy o‘quv dasturining tahlili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili fanini o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyasi haqida ma’lumot Reja: 1. Tashkiliy qism. 2. Boshlang‘ich sinf ona tili dasturining tahlilini eshitish. 3. Eshitilgan tahlil asosida 5-11-sinf fan dasturlarini o‘zaro qiyoslash. 4. Talabalarning mavzuga oid bilimlarini savol-javob va topshiriqlar asosida mustahkamlash. 5. V-IX sinflar ona tili dasturi tahlili. 6. Mashg‘ulotni yakunlash. Mashg‘ulotning maqsad: Milliy o‘quv dasturi tahlili. 1-2-3-sinflar ona tili va o‘qish darsliklari bilan taqqoslash. Boshlang‘ich ta’limning ona tili fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi. Ushbu o‘quv dasturida 1-4-sinf o‘quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Mazkur ona tili o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish. 2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish. Savodga o‘rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo‘lgan muddatni, ya’ni ikki o‘quv choragini qamrab oladi. Savodga o‘rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‘ra matndan gap, gapdan so‘z, so‘zdan bo‘g‘in va tovush, yoki aksincha, tovush > bo‘g‘in > so‘z > gap > matn uzviy aloqada butundan bo‘lakka, bo‘lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o‘quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi. "Alifbe" darsligida berilgan: yangi so‘zlar, matn, kichik hikoya va she’rlardan foydalanib, o‘quvchilarni so‘z ma’nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she’riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e’tibor beriladi. Sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borishga, ularni mustaqil o‘qishga, o‘qituvchi va ota-onalar yordamida badiiy o‘qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi. Ona tili erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olish, kishilar bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ona tili (1-4-sinf) mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Nutq va gap. Ona tilining fonetik tizimi: nutq tovushlari va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil); bo‘g‘in va bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish. So‘z va so‘z ma’nolari (lug‘aviy tahlil: bir ma’noli so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar); So‘z tarkibi: asos va qo‘shimcha (turlovchi, tuslovchi va yasovchi), asoslarda tovush o‘zgarishi, asos va qo‘shimchalar imlosi; So‘z ma’nosi: so‘zlarning ma’nosiga ko‘ra guruhlash: shaxs-narsalar nomini bildiruvchi so‘zlar, shaxs-narsalarning harakatini, belgisini, sanog‘ini va tartibini bildiruvchi so‘zlar, shaxs-narsaga ishorani ifodalovchi so‘zlar (shaxsga nisbatan kishilik olmoshi). Gap, gapning fikr bildirishi, gapning maqsadga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, buyruq va his-hayajonni bildiruvchi gaplar), gapda tinish belgilarining ishlatilishi (nuqta, so‘roq, undov va h.k.), yozma nutqda ishlatiladigan muhim (ayrim) belgilar: vergul, qavs, ikki nuqta, ko‘p nuqta; gapning gap bo‘laklariga ko‘ra tuzilishi: gapning asosiy mazmunini bildiruvchi bo‘laklar (ega va kesim), gapning asosiy mazmunini to‘ldiruvchi bo‘laklar (ikkinchi darajali bo‘laklar – ularning turi va nomlaridan mustasno); gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi, so‘z birikmasi, gapning uyushiq bo‘laklari, ularning o‘zaro bog‘lanishi (ohang, bog‘lovchi so‘zlar yordamida); Undalma uning shaxsga qarab bilishi, undalmali gaplarda tinish belgisining ifodalanishi. Gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog nutq, bayon, kichik hikoya; Husnixatga o‘rgatish. Husnixatga o‘rgatishning vazifasi harf, so‘z, gap va matnni to‘g‘ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir. Yozuvni o‘rganish jarayonida o‘quvchi tovushning shakli bo‘lgan harfni, so‘z va gapni kitobdan va doskadan to‘g‘ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko‘chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo‘l qo‘ygan grafik kamchilik hamda xatolarini o‘qituvchi rahbarligida o‘zi tuzata olishi kerak. Bu davrda eshitib yozish ko‘nikmalari ham rivojlantirib boriladi. 1-sinfda o‘quv yilining 2-yarmidan boshlab husnixat malakalari takomillashtirib boriladi. Shuningdek, 2-4-sinflarda esa har bir ona tili darsining 5-8 daqiqasi “Husnixat daqiqasi”ga ajratiladi. 1-4-sinflarda “Iqtisod va soliq alifbosi” fanining sodda elementlari ona tili fani mazmuniga, ya’ni mavzular kesimida ham singdirib o‘qitilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 1-4-sinflarda ona tili fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi qobiliyat va iste’dodni yanada kamol toptirish uchun ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturi kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturiga moslashtirildi. Bunda yillik o‘quv soatlari A1 bosqichda 608 soat bo‘lsa, A1+ bosqichida esa 680 soatni tashkil etadi. Jumladan, nutq o‘stirish va husnixat darslari uchun har bir sinflar kesimida 68 soatdan ajratilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch va fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning shakllantirilishi belgilab berilgan. Bunga ko‘ra, Ona tili fanini o‘qitish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida quyidagi tayanch kompetensiya elementlari shakllantirilib boriladi. Shuningdek, me`yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi. TK - tayanch kompetensiyalar TK1 -kommunikativ kompetensiya TK2 - axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi TK3 – o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi TK4 - ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi TK5 - milliy va umummadaniy kompetensiya TK6 - matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi FK - fanga oid kompetensiyalar FK1 - nutqiy kompetensiya FK2 - lingvistik kompetensiya Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida (1-9-sinf) ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. S avol va topshiriqlar 1. DTS qachon qabul qilingan? Maqsadi? 2. DTSda o‘quvchilar bilimi qaysi parametrlar bilan o‘lchanadi? 3. DTSning har bir parametri necha qismdan iborat? 4. DTS talablari hamma o‘quvchilar uchun majburiymi? 5. Dastur nima? 6. Dastur qanday tamoyil asosida tuzilgan? 7. Dastur necha qismdan iborat? 8. O‘quv dasturining O‘qitirish xaqida nimalar yoritilgan? 9. Dasturning asosiy qismi necha bo‘limdan iborat? Har bir bo‘lim-chi? 10. 5-9-sinflar ona tili dasturi qanday tamoyil asosida tuzilgan? Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1 . Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b. 2. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H., Masharipova U., Sattorova X. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. -T.: TDPU, 3. Adizova N.B, Jumayev R.X., Qo‘ldoshev R.A., Ismatov S.R. Ona tili o‘qitish metodikasi. Buxoro, Durdona.: 2021. -292 b. 4. Safarova R., Inoyatova M. Alifbe kitobi (1-sinf uchun darslik). –T.: O‘zbekiston. 2021. – 80 b. 5. Safarova R., Inoyatova M., G‘ulomov M., Sayfurov D., Malikova D. Alifbe Metodik qo‘llanma [Matn] : o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma.–T.: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 96 b Download 208.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling