Mavzu: boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga to‘g‘ri to‘rtburchak, va kvadratning perimitri, yuziga doir masala echishni o‘rgatish Reja
I.1. Geometriyani vujudga kelish tarixidan
Download 141.05 Kb.
|
qosimovaN kvadrar (1)
I.1. Geometriyani vujudga kelish tarixidan
Geometriya 2500 yildan avvalroq paydo bo'lgan. Geometriya yunoncha so'z bo'lib, "yer o'lchash" degan ma'noni bildiradi (geo -yer, metreo - o'ichayman). Geometriyaning fan sifatida shakllanishiga qadimgi Misr, Bobil, ayniqsa, Yunoniston olimlari katta hissa qO'shdilar. Yer maydonlari sathini o'lchash, ariqlar o'tkazish, turli ko'rinishdagi idish, savatlar, omborlarga qancha suyuqlik, don va boshqa mahsulotlar sig'ishini bilish zarurati geometriyaga old dastlabki ma'lumotlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Nuqta, kesma, siniq chiziq, to 'g'ri chiziq, ko 'pburchak, kvadrat, to 'g'ri to'rtburchak. uchburchak, aylana, doira, shar, kub-bularning hammasi geometrik shakllardir. Har qanday geometric shakl nuqtalar to 'plamidan iborat. Buyuk yurtdoshlarimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug'bek va ulaming shogirdlari geometriya fanini o'z asarlari va ilmiy natijalari bilan boyitishdi. Geometriya turli shakllarning xossalarini aniqlash, tekshirish, ularning uzunliklari, yuzi, hajmlarini hisoblash bi/an shug 'ullanadi. Siz, aziz o'quvchilar, sodda geometrik shakllar (to'g'ri to'rtburchak, kvadrat, uchburchak va ulardan tuzulgan shakllar)ning tomonlari uzunligini, yuzini o'lchash va hisoblash bilan shug'ullanasiz. Har bir kattalikni o'lchash uchun esa o'lchov birligi zarur. Shuning uchun ham hayotimizda juda muhim bo'lgan uzunlik, yuz o'lchov birliklari bilan tanishasiz. <<10 gacha bo'igan raqamlami raqamlash» mavzusllll o'rganishda bolalar nuqta va kesmalar bilan tanishadilar,ulardagi uchburchak, to'rtburchak, beshburchaklar va boshqa kO'pburchaklar haqidagi tushunchalari kengayadi. «100 raqamigacha bo'lgan sonlami qO'shish va ayirish» mavzusini o'rganishda esa to'g'riburchak, to'g'riburchakli to'rtburchak, kvadratlar, kO'pburchaklaming bir ko'rinishi sifatida o'rganadiJar. 3- va 4-sinflarda geometrik shakllari haqida tasavvur kengayadi va chuqurlashadi. Bunday tasavvurlami shakllantirishda quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin: a) Geometrik shakllar va ulaming elementIari chiziladi. (Bu holatda zaruriy atamalar o'rganiladi, geometrik shakllami tanib olish va o'zaro farqlash ko'nikmalari shakllanadi. b) Katak daftarda chizg'ich va uchburchak shakllami yasash. d) Shakllami guruhlarga ajratish. e) Shakllarni qismlarga ajratish va bu qismlardan boshqa shakllar yasash. t) Turli predmetlar va ular qismlarining geometrik shaklni yaratish. g) (4-sinfda) shartli belgilar yordamida geometrik chizmalami o'qiy olish ko'nikmalarini shakllantirish. Kichik yoshdagi maktab o'quvchilarida geometrik tasavvumi shakllantirish metodikasida ma'lum shakldagi real predmetdan uning tasviri tomon va aksincha, tasvirdan real predmet sari bormoq kerak. Geometrik elementlarni o'rganishda quyidagi metodlardan: masalan, geometrik. modellashtirishdan foydalanish, qog'oz, cho'plar, plastilin va simlardan shakllarning modellarini yasash, qog'ozda geometrik shakllarni chizish - bolalar ongida geometrik tasovvumi rivojlantirishga omil bo'ladi. Bunday sharoitda materialning turi, rangi, o'lchamlari, tekislikdagi holatini nazarda tutmagan holda shakllarni shunday tanlash kerakki, bolalar ularning asosiy belgilarini (shakli, geometrik sifatlarini) aniqlay olsinlar. Shunga diqqat qaratish kerakki, o'quvchilar geometrik shakllaming barcha sifatlarini ajrata bilsinlar. Bu shakllar tasavvuming to'g'ri bo'lishiga yordam beradi. Masalan, to'g'riburchakli to'rtburchakni o'rganishjarayonida bolalar uning ikki asosiy sifati-to'rtburchak ekanligi va burchaklari to'g'ri ekanligini tushunib yetishlari kerak. Geometriyaning maktab kursida uning asosiy tushunchalari sinfdan-sinfga o'tgan sari o'zgarib boradi. Masalan, «kesma», «burchak», "ko'pburchak" kabi tushunchalar noaniq tushunchalar guruhiga kiradi. Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilariga «Uchburchak nima?» deb savol berish noto'g'ri bo'lar edi. Lekin bu savolni boshqa shaklda, «Uchburchak haqida nima deya olasiz?» de- gan savolga bolalar o'z bilimi doirasida javob bera oladilar (uchburchakning uchta burchak, uchta tomonlari bor). Quyi sinf o'quvchilarini geometrik shakllar bilan tanishtirishni erta boshlashga bo'igan harakat nafaqat dasturiy talablami oshirishga, shu bilan birga materialni noto'g'ri o'zlashti-rishga qadar xatolarga yo'l qo'yishga, masalan, o'quvchilar kvadratning to'g'ri burchakli to'rtburchak ekanligini sezmaydilar, kO'pburchakli shakllar hisobiga faqat besh-olti burchakli shakllami kiritadilar. Boshlang'ich sinflarda geometrik materialni o'rganishda bolalar eng oddiy tushunchalar: to'g'ri va to'g'ri bo'lmagan burchaklar, ko'p burchakli shakllar (burchaklar soniga ko'ra uchburchak, to'rtburchak,beshburchak) bilan tanishadilar. Mashg'ulotni shunday tartibda olib borish kerakki, unda bolalar kvadratni to'g'ri to'rtburchak, to'rtburchak yoki kO'pburchakli shakl deb atay olsinlar. Geometrik materialni o'rganishda chizma va o'lchov asboblarini qo'llash, oddiy chizmalarni chizish, geometrik shakllar tasvirini yasash bilan bog'liq bo'lgan muntazam amaliy ishlar bolalarda tegishli ko'nikmalar hosil qilishga xizmat qiladi. Bunday holatlarda bajarilayotgan ishlarni so'zlar bilan tariflay olish, dasturda ko'zda tutilgan simvolika(belgi, ramz) va atamalarni qo'llay olish muhim ahamiyatga egadir. Shuni ham nazarda tutish zarurki, boshlang'ich sinflarda olingan geometrik shakllarni yasash va o'Ichashga doir ko'nikmalar bolalar ongida uzoq vaqtlar saqlanib qoladi. Qurilmalarning aniqligi va o'lchashga oid dastlabki tasovvurlar bolalar ongida boshlang'ich sinflardayoq shakllana boshlaydi. I sinf o'quvchilari chizg'ich yordamida kesmalarni 1 sm.gacha aniqIik biIan o'Ichash ko'nikmasiga ega bo'lishlari kerak. Bunday sharoitda zaruriy amaliy ishlarni bajarilishi aniqligini muntazam kuzatib borish zarur bo'ladi. Chizish asboblari va qalamlardan foydalanishda bolalar oldiga yozish va hisoblash ko'nikmalarini shakllantirish kabi jiddiy talablar qo'yish kerak. Chizish va o'Ichashga oid ko'nikmalarni shakllantirish ishlarini asta - sekin va izchillik bilan, buning uchun nafaqat matematika, boshqa fanlardan, jumladan, mehnat darsi, tasviriy san'at, tabiatshunoslik mashg'ulotlaridan ham foydalanish lozim. 10> Download 141.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling